Reja: Kirish. Adabiyotshunoslik metodologiyasi xususida so’z



Yüklə 45,55 Kb.
səhifə3/8
tarix20.02.2023
ölçüsü45,55 Kb.
#101151
1   2   3   4   5   6   7   8
Jumaxon adabiyotshunoslik

3. Ijtimoiy-tarixiy asos.Adabiyotshunoslik ijtimoiy soha sifatida ma’lum bir ijtimoiy-tarixiy davr bilan uzviy bog’langan. Muayyan
ijtimoiy-tarixiy davrda kechayotgan o‘zgarishlar, yangilanish
jarayonlari shubhasiz adabiyotshunoslik faoliyatida ham o‘z aksini topadi.
Mustaqillikdan so‘ng vujudga kelgan yangicha ijtimoiy-tarixiy
jarayon, avvalo, iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar adabiyotshunoslikda yangicha konsepsiya va tamoyillarning paydo bo‘lishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Adabiyotshunoslik metodologiyasi faol va hozirjavob fan sifatida yuz berayotgan ijtimoiy-tarixiy jarayonning barcha qirralarini o‘z substansiyasida to‘la aks etgiradi, ushbu jarayonning faol ishtirokchisiga aylanadi. Bu xususiyat adabiyotshunoslik metodologiyasining muhim jihatlaridan biridir.
4. Mafkuraviy asos.Adabiyotshunoslik metodologiyasining muhim asoslaridan biri – mafkura. «Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddao, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g’oyalar tizimidir». Muayyan g’oyalar tizimi sifatida u inson dunyoqarashining in’ikosi. Insoniyat tarixidan ma’lumki, dunyoqarashning o‘zak masalasini ezgulik bilan yovuzlik, go‘zallik bilan xunuklik, ozodlik bilan bosqinchilik, ma’rifat va jaholat, odob-axloq va axloqsizlik kabi g’oyalarning izchil kurashi tashkil etib kelgan. Shunga ko‘ra g’oyalar ikki xil - progressiv va reaksion g’oyalarga bo‘linadi: biri jamiyat taraqqiyotiga, insoniyat ma’naviy kamolotiga xizmat qilsa, reaksion g’oyalar uning tanazzuliga olib keladi. Adabiyot o‘zida ushbu kurashning ma’naviy-ruhiy, ijtimoiy asoslarini mujassamlashtirishi, namoyon qilishi bilan xarakterlanadi. Binobarin, adabiyot va sanatni mafkuradan xoli ko‘rish mumkin emas. Bu borada hozir adabiyotshunoslikda jiddiy bahslar kechmoqda. Adabiyotda mafkuraning mavjudligini inkor etuvchilar ham, zarurligini ta’kidlovchilar ham ko‘plab topiladi. Bugungi adabiyotshunoslik metodologiyasining mafkuraviy asosi haqida gap ketganda, uni sho‘ro davridagi mafkuradan tamoman farqlash zarur bo‘ladi. Negaki, sho‘ro davridagi mafkura asosan yakkayu yagona siyosat yuritgan kommunistik partiya g’oyalariga xizmat qilgan va xalq manfaatlari bilan izchil bog’lanmagan mafkura edi. Bu mafkura sinfiy mezonlar asosida adabiyotshunoslik tafakkurini boshqaruvchi kuchga aylantirilgan. Shu bois sinfiylik tamoyillariga asoslangan mafkura haqidagi nazariyalar adabiyot va san’at ravnaqigagina emas, balki adabiyotshunoslik rivojiga ham katta zarar yetkazdi, uning vazifalarini tamoman boshqa yo‘nalishga burib, g’oyaviy kurash quroliga aylanishiga sabab bo‘ldi. Hatto estetik tushuncha hisoblanmish umuminsoniy kategoriyalar - ijobiylik yoxud salbiylik, go‘zallik va fojiaviylik, ma’naviy barkamollik va tubanlik kabi xislatlar ham sinfiy mezonlarga bo‘ysundirildi. Bu xil zo‘ravonlikka asoslangan talablar badiiy asarning ma’lum bir qolipda, ma’lum bir andozalar asosida yaratilishiga, ijodkorlik va ijod erkinligining bo‘g’ilishiga olib keldi. Natijada, adabiyotda bir xillik, sxematizm avj oddi. Sinfiylikka asoslangan soxta gumanizm, soxta axloq normalari tasvir etila boshladi. Adabiyotshunoslikning badiiy asarni baholashdagi erki cheklandi. U g’oyaviy kurashda kommunistik partiyaning avangard kuchlaridan biri deb e’lon qilindi. Hokim mafkura sinfiylik va partiyaviylikni adabiyotshunoslikning zarur shartlaridan biriga aylantirdi.



Yüklə 45,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə