Reja: Kirish. Adabiyotshunoslik metodologiyasi xususida so’z



Yüklə 45,55 Kb.
səhifə7/8
tarix20.02.2023
ölçüsü45,55 Kb.
#101151
1   2   3   4   5   6   7   8
Jumaxon adabiyotshunoslik

Psixologik metod. Psixologik metodning o‘ziga xos xususiyati, eng avvvalo, psixologiya fani bilan bog’liq ekanligida ko‘rinadi. Bu metodda nafaqat badiiy asar qahramonlari ruhiyati, psixologiyasi, balki muallif ruhiyatini ham qiyosiy o‘rganish joizdir. Z.Freyd, E.Fromm asarlariga qiziqishning kuchayganligi psixologik metodning adabiyotshunoslikdagi mavqyeini kuchaytirdi deyish mumkin.
XIX asr oxirlari - XX asrning boshlarida shakllanish bosqichiga kirib, butun yuz yil davomida dunyoni ta’sir doirasida tutib kelayotgan psixoanaliz avstriyalik vrach-psixoanalitik Zigmund Freyd (1856-1939) nomi bilan bog’liq. Z.Freyd o‘zining ko‘p yillik amaliy faoliyati, izlanishlari natijasi o‘laroq «Ruhiy bezovtalik tadqiqi» (1895), “Tushlar talqini» (1900), «Kundalik hayot psixopatologiyasi» (1904), «Chechanlik va uning ongsizlikka munosabati» (1905), «Seksuallik nazariyasi xususida uch ocherk» (1905), «Leonardo da Vinchi psixoseksuallik nazariyasiga chizgi sifatida» (1910), «Totem va tabu» (1913), «G’ayriodatiy lazzatlanish tamoyili», «Omma psixologiyasi va inson «men»i tahlili» (1921), “Men va U» (1923), «Tamaddun va undan norozilar» (1929), «Muso va yakkaxudolik” (1939) kabi qator tadqiqotlar yozgan. Psixoanalizning markaziy konsepsiyalarini ishlab chiqqan, asoslashga uringan va amaliyotda qo‘llagan. Shu bois Z.Freyd tom ma’noda psixoanaliz amaliyoti va nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Psixoanaliz falsafasi va nazariyasiga tatbiqan freydizm istilohining qo‘llanishi ham shu sabablidir.
Freyddan so‘ng psixoanaliz taxminan uch yo‘nalishda davom etdi. Birinchi yo‘nalish freydizmning o‘zak muammolari, konseptual jihatlarini rivojlantirish, ba’zi holatlarda boshqacharoq talqin etishga qaratilgan bo‘lib, o‘zining A.Adler, K.Yung, J.Klayn, J.Lakan, E.Fromm kabi mashhur vakillariga ega - ular freydizmning nazariyotchilari sanaladilar. Ikkinchi yo‘nalish anchayin keng miqyos kasb etadi va, asosan, freydizm nazariyasini turli sohalarga tatbiq etishga qaratilgan - bu yo‘nalish vakillari sirasiga dunyo miqyosidagi faylasuf va falsafashunoslar, siyosatchi va siyosatshunoslar, san’atkor va san’atshunoslar, pedagoglar, antropologlar, etnograflar kiradi. Uchinchi yo‘nalish esa tor professional faoliyat bilan cheklanadi - ruhiy bemorlarni psixoanaliz usulida muolaja qilish bilan shug’ullanadi. Ular vrach-psixoanalitik deb nomlanib, hozirda dunyoning barcha hududlarida faoliyat yurgizadilar.



Yüklə 45,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə