Reja: Kirish. Adabiyotshunoslik metodologiyasi xususida so’z



Yüklə 45,55 Kb.
səhifə6/8
tarix20.02.2023
ölçüsü45,55 Kb.
#101151
1   2   3   4   5   6   7   8
Jumaxon adabiyotshunoslik

Sosiologok tahlil metodi tadqiotchini badiiy asar voqeligi bilan real voqelik munosabatlari, uning tarixan haqqoniylik darajasi, hayot haqiqati bilan badiiy haqiqat munosabati kabi masalalarni o‘rganishga yo‘naltiradi. Bu xil yondashuv asarning g’oyaviy-mafkuraviy tomonlarini tahlil qilarkan, qahramonlarning xarakter xususiyatlari, asardagi konfliktlar tabiati, obrazlar tizimi va h. badiiy unsurlarning ijtimoiy ildizlarini ochib beradi. Hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylanish jarayoni, xarakter va prototip, tarixiy shaxs obrazi va real tarixiy shaxs munosabati kabi ijod jarayoni bilan bog’liq muammolarni o‘rganishda ham sosiologik yondashuv asos vazifasini o‘taydi. Sosiologik metod adabiyotshunoslikda muhim ahaiyatga molikligi shubhasiz, biroq uni boshqalardan ustun qo‘yishlik, unga ayricha e’tibor berishlik adabiyot uchun zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinki, bunga yorqin misollarni sho‘ro adabiyotshunosligidan istalgancha topishimiz mumkin bo‘ladi. Masalan, sho‘ro adabiyotshunosligidagi vulgar sosiologizm ko‘rinishlari ayni shu metodning mavqyeini mutlaqlashtirilishining natijasi edi. Badiiy asar tahlilida shu metodgagina tayangan va shuning asosidagina baholagan tanqidiy maqolalar keyincha ularning mualliflarini qatag’on qilish uchun dastakka aylandigina emas, o‘quvchi ommani o‘sha ijodkorlarni "xalq dushmani", asarlarini "zararli" deb tushunishga tayyorladi.
Biografik metod. Biografik metod badiiy asarni muallifining hayot yo‘li kontekstida o‘rganishni nazarda tutadi. Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati akslangani bois undagi qator o‘rinlar muallif biografiyasi kontekstida yorqinroq anglashiladi. Shunga ko‘ra biografik metod asarga muallif tomonidan yuklatilgan mazmunni anglashda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Masalan, A.Qahhorning "O‘g’ri" va "Dahshat" hikoyalari o‘tmishdan bahs yuritadi, biroq ularni biografik kontekstda olinsa, adib har ikki hikoyada ham ular yaratilgan davr muammolarini badiiy idrok etishga, o‘sha davr haqidagi, davr kishilari haqidagi fikrlarini ifodalashga harakat qilgani anglashiladi. Biografik metodning qanchalik samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan tadqiqotchi qo‘l ostidagi biografik materialga bog’liq bo‘lib qoladi. O‘zbek adabiyotshunosligida biografik metodning yetarli darajada samara bilan qo‘llanilmay kelayotgani ayni shu narsa - biografik materialning yetarli emasligi bilan izohlanadi.
Ijodiy-genetik metod biografik metodga yaqin va u bilan birlikda qo‘llanib, badiiy asarning ijodiy tarixini o‘rganishni maqsad qiladi. Bu metod adabiyotshunosga hayot materialining badiiy obrazga aylanish jarayoni, badiiy matnning sayqallanish yo‘lini kuzatish imkonini beradi. Mazkur metod tadqiqotchining asar qoralamalari, uning turli nashr variantlari, tarixiy hujjatlar va h.ni chuqur o‘rganishini, konkret faktlar asosida asarning yaratilish tarixi va omillarini ochib berishini taqozo etadi. Adabiyotshunosligimizda ijodiy-genetik yondashuv samara bilan qo‘llangan tadqiqotlardan biri sifatida R.Qo‘chqorning A.Qahhor romanlarining ijodiy tarixi haqidagi ilmiy ishini ko‘rsatish mumkin.
Badiiy ijod namunasini biografik o‘rganish yo‘lidagi ilk qadamlar XIX asrning birinchi yarmi fransuz ilmiy-adabiy muhitida ko‘zga tashlanadi. Yevropa ijtimoiy muhitiga uyg’onish davridan meros o‘laroq shakllangan gumanizm konsepsiyasi inson shaxsiyatining ekssentrik tadqiq obyekti maqomini egallashiga olib keldi. Borliq va mavjudlik, voqelik va harakat, makon va zamon kabi global hodisalar inson va uning shaxsiyati negizida talqin etila boshladiki, mohiyatan ularning barchasini qamrab olish qudratiga ega bo‘lgan ba­diiy ijod muammosi ayni jarayondan chetda qolishi mumkin emas edi.
Jahon adabiyotshunoslari tomonidan biografik metodning asoschisi deb e’tirof etilgan Sharl Sent-Byov (1804-1869) 1821 yili Burbon nomidagi kollejda ta’lim olar ekan, falsafa o‘qituvchisi Damiron o‘z shogirdlariga har qanday ijod namunasi muallif shaxsiyati bilan bir butunlikda o‘rganilishi lozim, degan fikrni uqtirar edi. Damiron ma’ruzalariga asos bo‘lgan «Fransuz falsafasi tarixi» talaba Sharlning eng sevimli kitobiga aylanadi. Uning dastlabki ilmiy tadqiqoti ham aynan falsafiy mavzuda bo‘lib, «Barhayot ruh haqida» deb nomlanadi. Kollejda va keyingi ta’lim jarayonlarida tabiat, fiziologiya, ximiya, medisina, mantiq, til va adabiyot ilmlarini mukammal o‘rgangan Sent-Byov uchun Damiron fikrlari tayanch konsepsiya bo‘lib qoladi.

Yüklə 45,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə