Reja Kirish Asosiy qism Eftalitlar davlati tashkil topishi Madaniy hayot Elchilik aloqalari


Eftalitlar davlati tashkil topishi



Yüklə 49,81 Kb.
səhifə2/5
tarix30.12.2023
ölçüsü49,81 Kb.
#165357
1   2   3   4   5
Jamshid

Eftalitlar davlati tashkil topishi
Eftaliylar, ularning etnik tarkibi, davlat tashkil etishlari xususida tarixiy manbalarda turli xil qarashlar mavjud. Rim va Vizantiya tarixchilari Martselin (IV asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofan Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchilari Lazar Parbskiy (V asr), Favst Buzand (IV asr), xitoy solnomalaridan Bey-shi (VI asr) bergan ma’lumotlar shular jumlasidandir. Masalan, eftaliylar Xitoy manbalarida «i-da», «e-da», armanlarda idal, xeptal, arablarda haytal, Suriya va lotin manbalarida eptal, abdal deb nomlanadi. Bunday turlicha atamalar har bir til va yozuvning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan. Rus va Vizantiya tarixchilarining aksariyati eftaliylarni turkiy qabila-massagetlarning so‘nggi bo‘g‘inidan kelib chiqqan deb fikr bildiradilar. Muqaddas «Avesto»da esa ular tatlar nomi bilan tilga olinadi. F. Vizantiyskiy esa eftallar nomini V asrning ikkinchi yarmida podshohlik qilgan Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog‘laydi. Biroq nima bo‘lganda ham shu narsa faktki, eftaliylar Turkiston mintaqasida yashab kelgan turkiy qavmlardandir.
Eftaliylar hukmdori Vaxshunvor Eftalon 457 yilda Chag‘aniyon (hozirgi Surxon erlari) va Badaxshonni o‘ziga bo‘ysundiradi. So‘ngra Eftaliylar Sug‘dda ham mustahkamlanib oladi. Ular ko‘p o‘tmay o‘z hududiy erlarini kengaytirshda davom etib, Qobul va Panjob vodiysini, Kuchu, Qashqar va Xo‘tonni (Sharqiy Turkiston) zabt etadilar. Xullas, ular avvalda Kushonlar saltanati egallagan hududlarni birinketin qo‘lga kiritib, O‘rta Osiyoda yirik davlatni barpo etadilar. Eftaliylar bir necha bor o‘zlarining g‘arbiy-janubdagi qo‘shnisi va eng kuchli raqibi Eron sosoniylari bilan ham urushlar olib boradilar. Xususan Eron shohi Peroz bilan bo‘lgan urushlarda ularning qo‘li baland kelib, Eron hukmdori ikki bor asirlikka tushadi. Katta to‘lov va majburiyatlar evaziga arang qutilgan Peroz o‘g‘li Kovadni uzoq muddat eftaliylarga garovga berishga majbur bo‘ladi. Perozdan so‘ng hokimiyatga kelgan Kovad (488-551) davrida ham Eron eftaliylarga xiroj to‘lashga majbur bo‘lgan. V asr boshlariga kelib Eftaliylar davlati shu qadar kuchayib ketdiki, ular 502-yilda Vizantiyaga ham yurish qilib unga katta talofat etkazadilar. 506 yilda ikki o‘rtada tuzilgan sulx shartnomasi bo‘yicha eftaliylar Vizantiyadan katta miqdorda o‘lja olib qaytganlar. Kovadning o‘g‘li Xusrav I Anushirvon ham 554 yilga qadar eftaliylarga har yili xiroj to‘lab turgan. Keyinroq Turk xoqonligining eftaliylarga bergan kuchli zarbasi natijasidagina Eron eftaliylar ta’siridan qutilishga muvaffaq bo‘lgan.
Eftaliylar davrida davlat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan, biroq taxt otadan bolaga qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Mamlakatni markaziy hokimiyat noiblar orqali idora etgan. Davlatni boshqarish qonun-qoidalari bo‘lgan. Mamlakat lashkarini asosan otliq askarlar tashkil etgan.
Eftaliylar davlatida asta-sekin erga egalik qilish tartibida yangicha munosabatlar shakllanib bordi. Bu davrga kelib sinfiy tabaqalanishning keskin kuchayishi orqasida ayrim mulkdorlarning mavqei ko‘tarilib, ular jamoaning oddiy a’zolarini o‘z qo‘l ostigi kiritib, mulklarini ular hisobiga kengaytirib borganlar. Bu xil mulkdorlar dehqonlar deyilgan. O‘zining chek eridan ajralib, dehqonlar ta’siriga tushib, ularning erlarida ishlashga majbur bo‘lgan kishilar esa kadivarlar, ya’ni ijaradorlar deb atalgan. Shuningdek erkin jamoa asosida dehqonchilik qiluvchi aholi – kashovarzlar ham mavjud edi. Shu tariqa, kadivarlar boy dehqonlar foydasiga ma’lum to‘lov va majburiyatlar asosida ishlab berganlar. Shu bilan birlikda bu davlatda hali patriarxal-qulchilik munosabatlarining qoldiqlari ham mavjud edi. Chunonchi, boy dehqonlar mulklarida juda ko‘plab qullar bo‘lganligi, ulardan turli yumushlarda foydalanilganligi tarixiy manbalarda tilga olinadi Bu davrda yangi tipdagi ko‘rkam va gavjum shahar-qal’alar vujudga keladi. Xorazmdagi Berkutqal’a, Bozorqal’a, Toshkentdagi Oqtepa shular jumlasidandir. Bir necha oilalardan tashkil topgan mazkur manzilgohlar qalin paxsa devorlar bilan o‘ralgan. Ularda hukmron tabaqa kishilariga xos hashamatli, bezakli ark-qasrlar, ko‘p xonali binolar bilan birlikda oddiy fuqarolarga mos qilib qurilgan odmiroq turar joylar ham o‘rin olgan. Eftaliylar poytaxti Poykand o‘z davrining eng ko‘rkam, obod shaharlaridan sanalgan. Bu erda hunarmandchilik, savdo-sotiq, qurilish ishlari ancha rivojlangan. Shahar Buyuk ipak yo‘lida joylashganligidan, unda turli mamlakatlarning savdo karvonlari xilma-xil mollari bilan kelib savdo qilganlar. Buning uchun shaharda ko‘plab bozoru rastalar, karvonsaroylar mavjud bo‘lgan. Mamlakatning savdo-sotiq ishlarida Eronning tanga pullari bilan bir qatorda buxorxudotlar tangasi, Sug‘diy va Xorazm tangalari ham keng muomalada yurgan. Eftaliylar Eron, Hindiston, Xitoy va uzoq Vizantiya davlatlari bilan ham qizg‘in savdo aloqalarida bo‘lganlarki, bu esa ularga foyda, manfaat keltiribgina qolmay, ayni chog‘da o‘zaro yaqinlashuvlarida ham muhim rol o‘ynagan.

Yüklə 49,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə