Reja Kirish Asosiy qism Eftalitlar davlati tashkil topishi Madaniy hayot Elchilik aloqalari



Yüklə 49,81 Kb.
səhifə3/5
tarix30.12.2023
ölçüsü49,81 Kb.
#165357
1   2   3   4   5
Jamshid

Madaniy hayot Eftalilar davlati. Eftalilar davlati O‘rta OSiyo, Sharqiy Erton, Shimoliy Hindiston, Sharqiy Turkiston hududlarni birlashtirib 450-550-yillarda mavjud bo‘lgan davlat. Poytaxti POykand shahri bo‘lgan. Eftaliylar davrida davlat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan, biroq taxt otadan bolaga meros bo'lib qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Mamlakat hududlari markaziy hokimiyat noiblari orqali idora etilgan. Davlatni boshqanshning o'ziga xos qonun-qoidalari bo'lgan. Mamlakat lashkarini asosan otliq askarlar tashkil etgan. Eftaliylar davrida madaniyat ham o‘sdi. Varaxsha shahri obidalari, Termiz yaqinidagi Bolaliktepadan topilgan saroy, uning devorlariga ishlangan betakror tasvirlar, o'ymakorlik va ganjkorlik namunalari - bular ajdodlarimiz yuksak badiiy mahoratidan yorqin dalolatdir. Bu davrning moddiy madaniyatiga oid yodgorlik sifatida Xorazmdagi Tuproqqal’a to‘g‘risida bir qadar ma’lumot keltirib o‘tish joizdir. Uning tuzilishi to‘g‘ri burchakli bo'lib (500x360 m), gumbazsimon yo‘lakli va burjli mudofaa devori bilan o‘ralgan. Devorning janubiy qismidagi darvozadan ibodatxona tomon asosiy ko'cha o‘tgan. Ko‘ndalang tushgan ko‘chalar shaharni 10 ta mavzega bo‘lgan. Tuproqqal’aning shimoli-g‘arbiy qismida maxsus ko‘tarma supa ustiga xom g‘ishtdan saroy qurilgan. Unga yonma-yon ark binosi joylashgan. Bundan tashqari 100 ga yaqin turarjoy, xo‘jalik binolari va 8 ta saroy zali mavjud bo‘lgan. Qal’aning janubi-sharqiy burchagidagi 4 ta xonada teri va yog‘ochga yozilgan qadimgi Xorazm yozuvidagi 80 dan ortiq hujjatlar topildi. Bu davrda o'lkamizda yozuv madaniyati ham rivoj topgan. Aholi o‘rtasida keng tarqalgan So‘g‘d yozuvi bilan birga undan bir qadar farq qiluvchi xorazm va eftaliy yozuvlari ham qo‘llanilgan. Bu yozuvlarda ajdodlarimizning tarixi, taqdiriga oid ko'plab qimmatli bitiklar, ma’lumotlar bayon qilingan. Shuningdek, eftaliylar davri qo’shiqlari va eposlari A.Firdavsiyning mashhur «Shohnoma»sida ham o'z ifodasini topgan. Sharqda qadimdan nishonlanib kelingan Navro‘z va unga xos xalq marosimlari Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda va hududlarda keng bayram qilingan. Eftaliylar shaharlarida mangu olov uylari - otashkadalar bo'lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas maskanlari sifatida aholi tomonidan ziyorat etilgan. V-VI asrlarda dehqonchilik vohalarida eftalitlarning o‘rtoqlashuvi kuchayadi. Buning oqibatida esa obikor yerlarga bo‘lgan muhtojlik ortadi. Kichik-kichik sug‘orish kanallari qazib chiqarilib minglab gektar yangi yer maydonlari o‘zlashtiriladi. Sug‘orish texnikasi takomillashadi, shohariqlar chuqurlashib, yer-suv va sershoha sug‘orish tarmoqlariga aylanadi. Hozirgi vaqtda ham mavjud bo‘lgan Zahariq, Bo‘zsuv, Darg‘om kanallari V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan bo‘lgan. Shuningdek, tog‘ oldilariga suv chiqairsh uchun suv chiqarish asboblaridan keng foydalanilgan. Yangi o‘zlashtirilgan yerlarda zodagon dehqonlarning qalin va kata-katta hom g‘ishtdan urib chiqilgan hamda mustahkam asos (fundament) ustiga qurilgan qo‘rg‘onlari, istehkomlari yuzaga kela boshlagan. Istehkomlarning to‘rt burchagi baland minoralar bilan mustahkamlanib, devour yo‘llar bir necha qator kamondan o‘q uzgich nishon tuynuklari bilan ta’minlangan. Qaloin mudofaali qo‘rg‘onlar ilk o‘rta asrning o‘ziga xos me’morchilik namunalaridan bo‘lib, Naxshab vohasidagi Zahkori-Maron qal’asi, Buxorodagi Shahri Vayron, Xorazmdagi Fir qal’asi shular qatoridandir. Vohalarni tashqi dushmanidan himoya qilish maqsadida bir necha chaqirimlab uzunlikdan qalin devorlar barpo etilgan. Samarqand vohasidagi 12 ta darvozaga ega bo‘lgan “Devori qiyomat”, Buxoro vohasidagi uzunligi 336 kilometrli “Kampirak” Toshkemt vohasidagi “Kampirdevor” istehkom devorlari shular jumlasidandir. Bu davr me’morchiligida qasrlar qurilisgi ayniqsa ahamiyatli bo‘lgan. Qasrlar odatda 2 qavatli, shipi tekis, gumbazsimon va ravoqsimon yopilgan bir necha xonadan iborat bo‘lgan. V asrdan saroy, qasrlar qurilishida paxsa va xom g‘isht bilan bir qatorda pishiq g‘ishtlarda ham ishlatila boshlagan. Saroy va ibodatxonalar devorlari odatda rangdor tasvirlar bilan bezatilgan. Bunday tasviriy san’at namunalaridan biri Bolaliktepa (Surxandaryo) qasri devorlarida topilgan. U nodir tasviriy san’at asarida bashing kiyingan ayol va erkaklarning ziyofat tasviri berilgan rasmlar kata di va mohorat bilan ishlangan. Shu davr moddiy madaniyat yodgorligi sifatida Xorazmdagi Tuproqqal’a harobasini ham ko‘rsatish mumkin. Bu qa’la o‘zining istehkom devoriga ega bo‘lib, qal’ a ichida to‘g‘ri yo‘naltirilgan ko‘chalar shaharni 10 ta mavzega bo‘lib turgan. Eftalilar me’morchiligining ajoyib namunalaridan biri bo‘lgan Buxoro yaqinidagi Varaxsha saroyidir. Bu qo‘rg‘on ulkan kvadrat shakldagi tepa ustiga qurilgan. Devorlari ganch qilinib devoriy suratlar bilan bezatilgan. Xonalar keng-keng bo‘lib qalin devorlar bilan bir-biridan ajralib turgan. Tadqiqotchilarning fikricha, VI-VII asrlarda bu yerda buxorxudotlarning qarorgohi bo‘lgan. Shuningdek, Toshkent vohasidagi Oqtepadan, Jo‘nariq yaqinidan, Poykanddan va boshqa bir qator joylartdan eftalilar davri yodgorliklari topib tadqiq qilingan. Eftalitlar davrida hunarmandchilik ham rivoj topgan. Ayniqsa, kulolchilik, chilangarlik, shishasozlik, zargarlik, qurolsozlik kasb-hunarlari ravnaq topgan. Shoshda yasalgan o‘q va yoy “kakon chochiy” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Ayrim ma’lumotlarga kora Poykand shahri eftalitlarning poytaxti bo‘lgan (xitoyliklar Bi deb, arablar keyinchalik “Madinat-ut-tujjor” deb atashgan) Poykand shahri ayniqsa zirhli po‘lat qurollar ishlab chiqarish bilan ham mashhur bo‘lgan. Eftalitlar “ Ipak yo‘li” savdo yo‘lini nazoratda tutishga harakat qilganlar. Ipak yo‘li savdosida va umuman savdogarlar ichida sug‘diylar yetakchi o‘rinni egallashgan edi. Bu paytda O‘rta Osiyodan oltin, kumushg, turli xil mevalar, ip-gazlama, qorako‘l zotdor tulporlari olib chiqilib savdo qilin ardi. V-VI asralarda diniy e’tiqod va tasavvur bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tasviriy san’at ─ koroplastika ─ ma’budlarning spool haykalchalarini yasash va ularga topinish eng yoyildi. Sopol haykalchalar joy turlariga ko‘ra turli bo‘lib, kiyim-kechaklari, yuz siymolari, taqinchoqlari jihatidan ham bir-biridan farqlangan. Din tizmlari va madaniyati: Mazdiazmmimg mahalliy e’tiqodilari birikkan mahalliy shakli, Buddizmning mahalliy shakli, moniylik, iudaizm, xristianlikning provaslav shakli VI asrda nesterianlik.

Yüklə 49,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə