Reja Kirish Asosiy qism Eftalitlar davlati tashkil topishi Madaniy hayot Elchilik aloqalari



Yüklə 49,81 Kb.
səhifə4/5
tarix30.12.2023
ölçüsü49,81 Kb.
#165357
1   2   3   4   5
Jamshid

Elchilik aloqalar Eftaliylar davlati o‘z davrining yirik saltanatlaridan biri o‘laroq faol tashqi siyosat olib borgani ko‘plab yozma manbalarda saqlanib qolgan. Eftaliylar yirik imperiyalar bo‘lmish Xitoy, Sosoniylar Eroni, Hindistondagi mahalliy sulolalarga nisbatan yuritgan tashqi siyosati va siyosiy-harbiy yurishlari turli tillardagi yozma manbalarda u yoki bu darajada o‘rin olgan. Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoning kunchiqar tomonlarida, asosan, Tangritog‘ning shimoli­sharqiy qismi‚ Oltoy tog‘larining sharqiy etaklari, Janubiy Sibir va Mo‘g‘ulistonni o‘z ichiga olgan kengliklarda Juan-juan yoki Avar xoqonligi (402- 552) deb ataladigan yirik imperiya ko‘plab el-uluslarni o‘z bayrog‘i ostida birlashtirgan edi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerak, “Avar xoqonligi” ostida aksariyat hollarda VI–IX asrlarda Sharqiy Yevropa asosan, Qora dengizning shimoli, Pannoniya /Avstriya, Tuna daryosi bo‘ylarida hukm surgan turkiy saltanat tushuniladi. O‘sha kezlarda mintaqada yana bir yirik siyosiy kuch – Eftaliylar davlati (420– 565) o‘rtaga chiqib, Amudaryo-Sirdaryo oralig‘i, Shimoliy Hindiston (Gandxara / Pokiston, Afg‘oniston) va qisman Xurosonni o‘z qo‘l ostida tutdi. Xitoy yilnomalarida eslatilishicha, Yeda (Eftaliy) davlati kuch-qudratga erishgan paytda (450 yillarda) unga G‘arbiy o‘lkalardagi Kangyuy (Choch yoki Sug‘d), Xo‘tan, Shale/Sule (Koshg‘ar), Kucha‚ Yansi (Qorashar), kabi 30 ga yaqin kichik hukmdorliklar bo‘ysunishgan2 . Har ikkala saltanat o‘zaro qo‘shni bo‘lib, mintaqada Sharqiy Turkiston va Yettisuv ularning chegara hududlarini tashkil qilardi. Bu davrda Markaziy Osiyoga sharqdan qo‘shni hudud – Xitoyda Shimoliy Vey (Toba; 385-556) sulolasi еtakchilik qilardi. Mintaqaga janubi-g‘arbdan qo‘shni hudud Eronda esa yirik siyosiy kuch – Sosoniylar imperiyasi boshqaruv tizginini qo‘lda tutib, Xurosonni egallash uchun Eftaliylarga qarshi kurash olib borardi. 560 yillarda Sosoniylar ham xuddi Xitoyga o‘xshab mintaqada yangi siyosiy kuch-Turk xoqonligining o‘rtaga chiqishini xayrixohlik bilan kutib oladi va oradan ko‘p o‘tmay xoqonlik bilan aloqa o‘rnatib, uning Eftaliylarga qarshi siyosatini qo‘llab-quvvatlay boshlaydi. Eftaliylar – Xitoy aloqalari Xitoy manbalaridan ma’lum bo‘lishicha, Eftaliylar davlati va Xitoy sulolalari orasida bir necha yillarda, bir qator yo‘nalishlarda diplomatik aloqalar o‘rnatilgan edi. Eftaliylar davlatining markaziy boshqaruv hududi Toxariston bo‘lib, bu еrda davlatning bir necha boshqaruv markazlari bo‘lgan shaharlar o‘rin olgandi. Chog‘aniyon, Termiz, Balx, Qunduz kabi shaharlar Kushon va Xioniylar davrida boshqaruv markazi vazifasini o‘taganidek Eftaliylar davrida ham bu holat saqlanib qoladi. Shuning uchun yozma manbalarda Eftaliylar davlati Toxariston o‘lkasi o‘laroq tilga olinadi. «Vey-shu» yilnomasida 464 yilda Tuxolo (Toxariston)dan Shimoliy Vey sulolasiga elchi kelgani tilga olingan bo‘lib, ular Eftaliylarga tegishli bo‘lsa kerak. Boshqa tomondan esa Idan (Eftaliy) va Tuxolo davlati bir-biriga qo‘shni davlatlar sifatida ko‘rsatiladi. “Suy-shu” va “Tan-shu” yilnomalarida esa 615 yilda Toxaristondan Xitoyga elchi jo‘natilgani, ular xitoyliklarga Idan (Eftaliy)lar bilan yonma-yon yashashlari to‘g‘risida so‘zlab berishganiga urg‘u beriladi. Eftaliylar davlatining yana bir nomi o‘laroq xitoy yilnomalarida “Xua” atamasi uchraydi. Yilnomalarda bu atamaga quyidagicha tushuntirish beriladi: “Xua elati – bu Cheshi (o‘lkasining) alohida elatidir”. Shuningdek, yilnomalarda Xua davlati borasida so‘z borib, 516, 520, 526 yillarda ulardan Xitoyga elchiliklar kelgani aytib o‘tiladi . “Tyan-szyanning 15 yilida (516 y.) (Xua hukmdorligi) boshqaruvchisi Yaday Ilito ilk bor Lyan sulolasiga elchi yuborib, o‘z o‘lkasining mahsulotlaridan tortiq qildi”; “Yuan-Vey saltanati chog‘ida Xua elati Sansyan (o‘lkasi)da yashar edilar. Xua o‘sha chog‘larda kichik hukmdorlik bo‘lib, Jujanlar qo‘l ostida edi. Keyinchalik ular ko‘payib, yanada kuchliroq bo‘lishdi va qo‘shni o‘lkalarga qarshi urushlar olib borib, Bosi (Fors), Panpan, Szibin (Kobul/Kashmir), Yansi (Qorashar), Guysi (Kucha), Shule (Koshg‘ar), Gumo, Yuytyan (Xutan) va boshqa hukmdorlikliklarni bo‘ysundirib, o‘z chegaralarini kengaytirdi”; “Xua (Avar) o‘lkasi ... Yozuvi yo‘q, bitimlar tuzish uchun yog‘och taxtachalarni ishlatishadi. Qo‘shni o‘lkalar bilan bordi-keldi qilgandagina “Xu”larni yuborib, Xu yozuvida maktub yo‘llaydilar”5 . “Xua” atamasini ko‘pchilik izlanuvchilar Eftaliylar davlatining yana bir nomi bo‘lmish “Avar” bilan tenglashtiradilar. Birinchi ma’lumot, “Cheshi o‘lkasi” Sharqiy Turkistondagi Turfon (Urumchi) tegrasiga tegishli bo‘lib, geografik o‘rni Tangritog‘ (Tyanshan)ning kunchiqar etaklariga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi ma’lumot esa Toxaristondagi Eftaliylar davlatiga tegishlidir. L.A.Borovkovaga ko‘ra, birinchi ma’lumotdagi “Xua elati – bu Cheshi (o‘lkasining) alohida elatidir” deganda Gaochelar to‘g‘risida so‘z borib, ayni o‘sha chog‘larda Turfon va tevaraklari ular tomonidan egallangan, Yada (Eftaliylar) esa kunbotardagi o‘lkalarga ko‘chib ketgan edi. Eftaliylar – Sosoniylar aloqalari Sosoniylar va Eftaliylar o‘rtasidagi dastlabki aloqalar V asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Pahlaviy yozuvida bittilgan «Bahman-yasht»dagi Sosoniylarning eftaliylar va boshqalar bilan munosabatiga doir quyidagi tarixiy tasdiqlar e’tiborni tortadi: “(Erondagi) podshohlik va oliy hokimiyat eroniy bo‘lmagan qulvachchalarga, ya’ni xion, turk, haftal (eftal), tibetliklar ... qo‘liga o‘tdi” 8 . Bundan ko‘rinadiki, Sosoniylar va Eftaliylar orasida turli voqeliklar yuz bergan bo‘lib, bu holat sosoniy yozma adabiyotida aks etmasdan qolmagan. Eftaliylar tarixi bo‘yicha Sosoniylar davriga tegishli “Xvatavnamak” (Hukmdorlar kitobi), “Ayatkari Zariron” (Zarir to‘g‘risidagi esdalik kitobi), “Kornamak-i Artaxsher-i Papakon” (Papak o‘g‘li Artasherning qilmishlari kitobi), “Shahristonho-i Eron” (Eron shaharlari) asarlarida birmuncha ma’lumotlar o‘rin olgan. Ahamiyatlisi shuki, ushbu manbalar keyinroq yozilgan arab va fors tillaridagi tarixiy adabiyotlar uchun manba vazifasini ham o‘tagan. Jumladan, arab-fors tilli asarlardagi ma’lumotlarning bir qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri eftaliy – arab to‘qnashuvlarini ko‘rgan yoki to‘qnashuv qatnashchilaridan eshitgan mualliflar tomonidan yozilgan bo‘lsa, bir qismi esa pahlaviy tilli asarlardan olingandir. Ular orasida ayniqsa o‘rta fors (pahlaviy) tilida yozilgan “Xvatav-namak” (Hukmdorlar tarixi) asaridan yoki uning ko‘plab arabcha o‘girmalari negizida yozilgan. Arab-fors asarlaridagi ma’lumotlar ko‘proq Sosoniylar Eroni, Eftaliylar davlati va Turk xoqonligi orasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar yoritilganligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, ularga tayanib Eftaliylarning davlat tuzumi, etnomadaniyati va turmush tarzi to‘g‘risida birmuncha tasavvurlarga ega bo‘lish mumkin. Pahlaviy tilli manabalarda uchraydigan “xyaon” atamasining Eftaliylar bilan bog‘liq tomonlari tadqiq qilgan A.A.Ambarsumyan ushbu manbalariga ancha keng to‘xtalgan Sosoniylar Eroni qo‘l ostida bo‘lgan, keyinchalik Eftaliy davlatiga qo‘shib olinib, har ikkala davlat orasida chegara bo‘lgan Xuroson ancha muddat Eftaliylarning tayanch hududlaridan biri bo‘lgani sababli bu yеr ularning o‘lkasi sifatida bilina boshlagan bo‘lsa kerak. Turk xoqonligi davrida ham Xurosondagi Badg‘is hukmdorligini kelib chiqishi Eftaliylarga taqaluvchi sulola boshqargan. Bu sulola vakillaridan biri Nizak Tarxon xoqonlik noibi sifatida arablarga qarshi kurashgan . Eftaliylar va Sosoniylar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarni xitoy yilnomalaridagi quyidagi ma’lumot ham tasdiqlaydi. “Vey-shu” yilnomasida eslatilishicha, Yada (Eftaliy) davlatiga “G‘arbiy o‘lkalarda Kangyuy, Yuytyan (Xo‘tan), Shale (Koshg‘ar). Shu o‘rinda Xioniylar va Eftaliylarni ko‘pincha bitta elat deb qaragan arman mualliflarining ma’lumotlarini keltirib o‘tish kerak bo‘ladi. IV asrning so‘nggi o‘n yilliklari - V asr boshlarida o‘z asarini yozgan arman tarixchisi Favost Buzand va boshqa arman tarixchilari 370 yillarda Kushonlar еrida hukmronlik qiluvchi “Xon”lar Sosoniylar Eroniga qarshi urushlar olib borganini yozadi. IV asrning o‘rtalarida Kushon davlatining (to‘g‘rirog‘i, boshqaruvini Sosoniylar qo‘liga olgan SosoniyKushonshohlarning) so‘nggi yillari bo‘lib, shu asrning ikkinchi yarmidagi boshqaruvini Xioniylar qo‘lga kiritadi. Ular arman manbalarida “xon” (xo‘n) atamasi ostida tilga olinadi. Arman manbalarini sinchiklab o‘rgangan K.V.Trever “Xon”lar kushonlarga qarindosh elat bo‘lib, yirik massaget uyushmasidan ajralib chiqqan va “xun”lar bilan qandaydir bir darajada aralashgan elat bo‘lganini yozadi12. U va boshqa ko‘pchilik tadqiqotchilar arman manbalaridagi “Xon”ni yunon va lotin manbalarida “xioniy”, suryoniychada “xionaye”, “Avesto”da esa “xiaona” deb tilga olingan Xioniylar bilan tenglashtiradilar. K.V.Treverning bu qarashlari birmuncha to‘g‘ri, biroq u negadir arman manbalaridagi “xon” (xo‘n) bilan boshqa manbalardagi “xun” atamasi bir ekani masalasiga to‘xtalib o‘tmaydi. Bir qator izlanuvchilar qatorida Ya.Xarmatta Kidariylar bilan Xioniylar (Xyon)ni tenglashtiradi. Uning yozishicha, Sosoniylar shohi Peroz Kidariylarga qarshi urush olib borganda raqiblarini “Xyonlar, qaysiki bular Xunlardir” deb atagan bo‘lib, ushbu ma’lumot bu qarashni kuchaytiradi14. Biroq har uchala siyosiy uyushmani alohidaalohida deb yoki ulardan ikkitasini bir, qolgan bittasini esa alohida etnik va siyosiy asosga ega deb qarovchi tadqiqotchilar ham bor. A.Bivarga ko‘ra, Kidariylar Xun elatlari ichida еtakchi siyosiy uyushma bo‘lib, ularning boshqa xunlar bilan yaqinligi etnik emas, ko‘proq siyosiy tomondan ustuvor edi. 380 yilda Xioniylar boshlig‘i Kidara Sosoniylar qo‘l ostidagi Kushon o‘lkasini ustidan ustunlik o‘rnatib, Sosoniycha “Kušānšāh” (Kushonlar hukmdori) unvoniga ega bo‘ladi. U Kushon-Sosoniylarga xos baqtriycha oltin tangalar bostiradi. Bu turdagi tangalarda uning ismi Kidaro ko‘rinishi o‘rin oladi. Keyinroq esa hind draxmalarida uning ismi brahmiy yozuvida Kidara ko‘rinishida uchray boshlaydi15. Ko‘pchilik izlanuvchilarga ko‘ra esa V asr boshlarida Baqtriya - Toxaristonga kirib kelgan Xunlarning ikkinchi to‘lqini bo‘lmish Eftaliylar Kidariylarni Gandxara (Pokiston)ga siqib chiqaradilar

Yüklə 49,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə