Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 89,25 Kb.
səhifə3/4
tarix22.12.2022
ölçüsü89,25 Kb.
#97568
1   2   3   4
Maqsad: Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z
fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi
fikrlarini bayon etishga yordam beradi.
O‘tkazish texnologiyasi.
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi.
1-Bosqich
- trener tinglovchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak
bo‘lgan muammoni, yoki o‘rganilgan bo‘limni belgilab oladi;
- trener o‘quv mashg‘ulotida avval har bir tinglovchi yakka tartibda ishlashi,
keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa bo‘lib
ishlanishi haqida tinglovchilarga ma’lumot beradi;
- mashg‘ulot davomida har bir tinglovchi o‘z fikrini erkin holda to‘liq bayon
etishi mumkin ekanligi eslatib o‘tiladi.
2 - Bosqich
Har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 4-bosqichi yozilgan qog‘ozlar
tarqatilgan:
F - fikringizni bayon eting.
S - fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating.
M - ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.
U - fikringizni umumlashtiring.
Har bir tinglovchi yakka tartibda qog‘ozdagi FSMU-ning 4-bosqichini o‘z
fikrlarini yozma bayon etgan holda to‘ldiradi.
3- Bosqich
Har bir tinglovchi o‘z qog‘ozlarini to‘ldirib bo‘lgach, trener ularni kichik
guruhlarga bo‘linishlarini iltimos qiladi yoki o‘zi turli guruhlarga bo‘lish usullaridan
foydalangan holda tinglovchilarni kichik guruhlarga bo‘lib yuboradi;
trener har bir guruhga FSMU texnologiyasining
4 - bosqich yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi;
trener kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta
formatda umumlashtirgan holda
4 - bosqich bo‘yicha yozishlarini taklif etadi.
- kichik guruhlarda avval xar bir tinglovchi o‘zi yozgan har bir bosqichdagi
fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari
o‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi;
- guruh a’zolari FSMU ning 4-bosqichini har biri bo‘yicha umumlashtirib, uni
himoya qilishga tayyorgarlik ko‘radilar;
- fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir tinglovchi o‘z fikrlarini himoya etishi,
isbotlanishi mumkin.
5 - Bosqich
- kichik guruhlar umumlashtirilgan fiklarini himoya qiladilar: guruh vakili har
bir bosqichni alohida o‘qiydi iloji boricha izoh bermagan holda. Ba’zi bo‘limlarni
isbotlashi, ya’ni guruhlarning aynan nima uchun, shu fikrga kelganini aytib o‘tishi
mumkin.
6 - Bosqich
- trener mashg‘ulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini
bildiradi;
- quyidagi savollar bilan tinglovchilarga murojat qiladi:
1. Ushbu trening yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarga o‘rgandingiz?
2. Ushbu texnologiyani o‘quv jarayonida qo‘llanilishi qanday samara berdi?
3. Ushbu texnologiyani qo‘llanilishi o‘quvchi qanday xislatlarni tarbiyalaydi,
nimalarni shakllantiradi, ularning qanday fazilatlarini rivojlantiradi?
4. Ushbu texnologiyaning o‘quv jarayonining qaysi bosqichida qo‘llanilgani
ma’qul va nima uchun?
5. Ushbu texnologiyani dars jarayonida qo‘llanilishi o‘quvchi talabalarga nima
beradi va nima o‘rgatadi?
6. Ushbu texnologiyani yana qanday tartibda yoki qanday shaklda o‘tkazish
mumkin?
Ushbu treningning asosiy vazifasi nimadan iborat.
IZOH: yuqorida keltirilgan savollar har bir treningning mazmuni, maqsadidan
kelib chiqib trener tomonidan tinglovchilarga yoki o‘quvchilarga berilishi mumkin.
Tarqatma materialning taxminiy nusxasi.
(S) - fikringizni bayoniga biron sabab ko‘rsating
(M) - ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring
(U) - fikringizni umumlashtiring.
Bu texnologiyani qo‘llashda avval o‘qituvchi mavzu yuzasidan har bir
talabaningning fikrini formatga tushuirish topshirig’ini beradi. Talabalar fikrlarini
bayon qilib bo‘lgandan keyin, o‘qituvchi ularni ikkita kichik guruhlarga bo‘lib, guruh a’zolarini fikrlarini isbotlashga buyuradi. Har bir o‘quvchi o‘z fikrini isbotlagach, guruhning barcha fikri umumlashtirilib guruh a’zolari bir-biri bilan fikr almashadilar va bir-birlarining fikrlarini o‘rganadilar. Natijada har bitta talabada mavzuga oid bir
qancha yangi fikrlar paydo bo‘ladi va mavzu mohiyatini chuqur anglaydilar. Oxirida
o‘qituvchi ikkala guruhning barcha fikrlarini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini isbotlab
beradi. Bunaqa fikrdan kamida 15 ta bo‘ladi, shu 15 ta fikrni har bir talaba
o‘zlashtiradi.
Demak FSMU texnologiyasining afzalligi shundaki, mavzu yuzasidan har bir
ishtirokchi o‘z fikrida to’xtalibgina qolmay, balki bir qancha yangi yangi fikrlarga
ega bo‘ladilar. Talabalarning tafakkurini o’stiradi, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi,
ushbu texnologiyani qo‘llashda ko‘proq o‘qituvchimas, talabalar faolligi oshadi.
Muammoli ta’lim o‘qituvchidan aniq harakat qilishni, darsning har bir
daqiqasini hisobga olishni, ushbu vaqtda kerakli samara hosil bo‘lishi uchun o‘zining
barcha imkoniyatlarini va mahoratini ishga solishni talab etadi. Bu masalani hal
etishning muhim sharti o‘qituvchining bo‘lajak o‘quv mashg‘ulotiga tayyorgarligidir.
Tayyorgarlik jarayonida muammoli ta’limning barcha ko‘rinishlarini hisobga olish va
uning uslubini ishlab chiqish zarur. Muammoli ta’limga tayyorgarlik ko‘rishda
o‘qituvchilar qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklarni yengishda
o‘qituvchini innovatsion ijodiy laboratoriyasining ahamiyati katta. Ana shunday qiyinchiliklardan biri darsni muammoli tashkil qilish va
muammoni o‘rganish usullarini tanlashdadir. Chunki tanlangan usul faqat o‘quv
materialini o‘zlashtirishni ta’minlabgina qolmay, balki talabalar faoliyatida
mustaqillikni ham ta’minlashi zarur.
Ikkinchi qiyinchilik muammoli ta’limning ko‘rinishini aniqlashda yuzaga keladi,
ya’ni o‘qituvchi muammoni yechishga auditoriyadagi barcha talabalarni jalb qiladimi
yoki vazifani ayrim guruh talabalariga bajartiradimi? Bu qiyinchilik o‘qituvchida
muammoli vaziyat va muammoning bayoni haqidagi tasavvurlarning
yetishmasligidan kelib chiqadi.
Uchinchi qiyinchilik esa darsda talabalarning qiziqishini uyg‘otish va uni
uzluksiz rivojlantirib borishida ko‘rinadi. Chunki talabalar diqqatini bir nuqtaga
muntazam to‘plashga o‘qituvchining tajribasi va mahorati yetmasligi mumkin.
Muammoli ta’lim haqida to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib, shuni ta’kidlash
lozimki, bu ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 ko‘rinishga ega.

Yüklə 89,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə