Reja: Kirish Asosiy qism


Muammoli vaziyatni hal etish darajalari



Yüklə 89,25 Kb.
səhifə2/4
tarix22.12.2022
ölçüsü89,25 Kb.
#97568
1   2   3   4
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:
- O’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi yechadi;
- O’qituvchi muammoni qo’yadi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda topadi;
- O’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar:
- Muammoni turli nuqtai nazardan o’rganish, tahlil qilish;
- Solishtirish, umumlashtirish;
- Dalillarni aniqlash va qo’llash;
- Vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish;
- O’quvchilarning o’zlari aniq savollar qo’yishi va boshqalar.
Muammoli ta’lim bosqichlari: 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish. 3. Yechimning to’g’riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog’liq axborotni tizimlashtirish orqali).
Muammoni hal etish bosqichlari:
1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to’g’ri deb tan olingan sabablar bilan bog’liqlarini topish asosida amalga oshiriladi.
2. Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo’lishi to’g’riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.
3. Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to’g’riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi
Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog D.Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60 yillarida bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80 yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi.  Muammoli o’qitishni chuqur o’rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo’lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g’oya yotadi.
Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o’qitish g’oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan.
Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko’rinishga ega.
1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.
2. Muammoning qo’yilishi.
3. Muammoning yechimini topish.
Muammoli vaziyatni o’quv mashg’ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko’p shakllantirish o’qituvchiga bog’liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o’quvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o’quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o’rgatadi.
Muammoli ta’lim o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi.
Muammoli o’qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar o’quvchilarga tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo’yicha topshiriqlar beriladi.
Bunda:
• nostandart masalalarni tuzish bo’yicha;
• shakllantirilmagan savol bilan;
• ortiqcha ma’lumotlar bilan;
• o’zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish;
• yo’riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon etish;
• olingan natijalarni qo’llash chegaralarini va darajalarini aniqlash;
• hodisaning namoyon bo’lish mexanizmini aniqlash;
• «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin.
Muammoli vaziyatlarda yechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda amalga oshiriladi Muammoni qo’yish, ma’lumotlar fondini to’plash, qayta ishlash, yechim modelini aniqlash, qo’shimcha ma’lumotlar to’plash va ularni tanlangan yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli o’rtasidagi zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan iboratdir.Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillarijahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin olish uchun ma’naviysalohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiytexnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi.Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o‘zgartirish, ularning bilim vama’naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur. Bugun jamiyat ta’lim
maskanlari oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga
muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo‘ydi. Ana shu vazifalarni hal etishda
muammoli ta’lim texnologiyasi etakchi o‘rinni egallaydi.
Muammoli ta’lim - bu mantiqiy fikrlash jarayoni (tahlil, umumlashtirish va
boshqa shu kabilar) va o’quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini
(muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehqtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta’lim va
o‘qitishning ilgari ma’lum bo‘lgan usullarini qo‘llash qoidalarining yangi tizimidir.
Shuning uchun ham muammoli ta’lim ko‘proq o‘quvchi fikrlash qobiliyatining
rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e’tiqodining shakllanishini ta’minlaydi.
Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holda
muammoli ta’lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs
va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida
rivojlantiruvchi ta’lim bo‘lib qoladi. Muammoli ta’lim nazariyasi talaba intellektual
kuchining rivojlantiruvchi ta’limni tashkil qilishning psixologik - pedagogik
usullarini tushuntiradi.
Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash talaba faol fikrlash
faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish
asosida o‘quv jarayonini qayta qurish g‘oyasiga olib keldi. Yangi pedagogik faktlarninazariy jihatdan mulohaza qilib ko‘rish asosida muammoli ta’limning asosiy g‘oyasi aniqlanadi: muammoli ta’limda bilimning deyarli katta qismi o‘quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o‘quvchilarning tomonidan muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi [1-30].
Ma’lumki, shaxsning har tomonlama va garmonik rivojlanishining muhim
ko‘rsatikichi - yuqori darajada fikr yuritish qobiliyatining mavjudligidir. Agar ta’lim
ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga olib borsa, u holda uni so‘zning zamonaviy
ma’nosida rivojlanuvchi ta'lim deb hisoblash mumkin. Rivojlanuvchi ta’lim deb, ya’ni umumiy va maxsus rivojlanishga olib keladigan
shunday ta’limni hisoblash mumkinki, unda o‘qituvchi fikr yuritishning qonuniy
rivojlanishni bilimga tayangan holda, maxsus pedagogik vositalar yordamida o‘zo‘quvchilarini fan asoslarini o‘rganish jarayonida fikrlash qobiliyati va bilish
ehtiyojini shakllantirishga oid maqsadga yo‘naltirilgan ish faoliyatini olib boradi.
Muammoli ta’lim metodiga asoslangan ta’lim jarayoni quyidagi to‘rtta
bosqichda amalga oshiriladi:
muammoli vaziyat hosil qilish;
muammolarni shakllantirish va muammoni echish uchun umumiy taxlil
qilish;
tahmin qilingan echimni tekshirish;
amaliy va nazariy xarakterdagi masalalarda qo’llash,ularni tartibga solish
hamda siyosiylashtirish.
Muammoli ta’limni tadqiqot metodi bilan aynan bir narsa deb emas, balki talaba
tafakkuri va uning xotirasining rivojlanishini ta’minlaydigan, bilimlarni ijodiy
o’zlashtirishiga, ilmiy faktlarni jamlashga ko‘maklashadigan hamda e’tiqodni tarkib
toptiradigan ta’limning bir turi deb qarash lozim. Biroq muammolilik saviyasi va
mustaqil bilish darajasi talabalarning yosh va individual xususiyatlariga, ularning
muammoli ta’lim texnologiyasi bilan o‘qitilganlik darajasiga qarab farqlanadi.
Dars jarayonlarida muammoli texnologiyalaridan FSMU texnologiyasini
qo‘llash haqida to‘xtalamiz.
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar
o‘tkazishda yoki amaliy mashg’ulotlar yakunida (tinglovchilarning mashg‘ulotlar
haqidagi fikrlarini bilish maqsadida), yoki o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib
bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini
himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda
bahslashishga, shu bilan qatorda o‘quvchi talabalarni, o‘quv jarayonida egallagan
bilimlarini tahlil etishda, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda
tinglochilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.

Yüklə 89,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə