Reja: Kirish. I bob. Braziliya Federativ Respublikasining geografik xususiyatlari


Braziliya, rasmiy nomi Braziliya Federativ Respublika



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə2/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#142640
1   2   3   4   5   6   7
KURS ISHI....D.POKIZA.

Braziliya, rasmiy nomi Braziliya Federativ Respublika( Brasil yoki República Federativa do Brasil) — Janubiy Amerikadagi eng katta va aholisi eng koʻp boʻlgan mamlakat boʻlib, ham aholi soni, ham maydoni jihatidan dunyoda beshinchi oʻrinni egallaydi. Maydoni 8512 ming km2. Aholisi 192,376,496 kishi (2012). U Janubiy Amerika markazidan to Atlantika okeaniga qadar yoyilgan hududni egallab Janubiy Amerikalarning deyarli yarmini egallab oladi va „eng sharqiy“ mamlakatidir. Braziliyaning quruqlik chegarasi 16000 km ga cho`zilgan. Shimoldan janubga 4320 km , sharqdan g`arbga 4330 km ga cho`zilgan U bilan chegaradosh mamlakatlar: Urugvay, Argentina, ParagvayBoliviyaPeruKolumbiyaVenesuelaGuyanaSuriname va Fransuz Giyanasining  fransuz qismi. Aniqrogʻi, u Ekvador va Chilidan tashqari, Janubiy Amerikaning har bir davlati bilan chegaradosh. Mamlakat rel'efi yirik Amozonka pastekisligi , botqoqli Pantanal pastekisligi, Braziliya yassitog`liklari va Gviana yassitog`liklaridan iborat. Nomi, dastlabki kolonistlar tomonidan juda qadrlanganBraziliya daraxtidan(pau-brasil) kelib chiqqan. Hududida ham ekin maydonlari, ham tropik oʻrmonzorlar juda katta joyni egallaydi. Tabiiy resurslar va katta miqdordagi ishchi kuchiga boy boʻlgan Braziliya, Janubiy Amerika iqtisodiyotining yetakchisidir. Dastlab Portugaliyaning sobiq koloniyasi boʻlganidan, uning davlat tili Portugal tilidir. Poytaxti — Brazilia shahri. BMT aʼzosi. Maʼmuriy jihatdan 26 shtat va federal (poytaxt) okrugga boʻlinadi.


    1. Davlatning vujudga kelish tarixi.

Braziliya davlati tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak u haqida qiziqarli malumotlar bir qancha shulardan keltirib o`tamiz.


Braziliya ya`ni ,,Vera Krush Yeri'', kashf etilgan vaqtda shunday atalgan ekan. Uning ma`nosi partugalcha ,,vera krush'' (haqiqiy xoch) degani. Keyinchalik esa Sandal daraxtining turi ,,pau-brazil” bilan bog`liq.
Dastlab 1500-chi yilning aprelida, hozirda Braziliya deb ataladigan, bu yerning qirgʻoqlariga Pedro Álvares Cabral boshchiligidagi portugaliya flotiliyasi kelib toʻhtagandan soʻng, Portugaliya unga egalik qilishini eʼlon etadi.[2] Bu yerda portugallar bir nechta qabilalarga boʻlinib ketgan, lekin koʻpchiligi Tupi-Guarani lingvistik oilasiga mansub tilda gaplashsalar ham, bir-biri bilan urushadigan mahalliy aholiga duch keladi.[3] 1534-chi yilda Portugaliya Qiroli Dom João III maydonni oʻn ikki boʻlimga boʻgandan soʻng kolonizatsiya boshlab yuboriladi.[4][5] Lekin bunday boshqaruv uslubi bir qancha muammo tugʻdirgandan soʻng, 1549-chi yilda butun koloniyani boshqaradi.
1822-yili sentyabrda Braziliya o`z mustaqilligini e`lon qiladi. 1822-1889 yillar maboynida aholi soni va iqtisodiy jixatdan ancha o`sdi. 1888 yilda qullik bekor qilindi.. 1889 yilga kelib esa , Braziliya Respublika deb e`lon qilindi. Aholi tarixi esa . Braziliya. hududida insonning paydo boʻlishi neolit davriga toʻgʻri keladi. 16-asrgacha Braziliya.da bir necha yirik indeys qabilalari yashagan. Ular koʻchmanchi hayot kechirgan, tupiguarani qabilasigina oʻtroq yashagan. Indeys qabilalari ovchilik, baliqchilik bilan bir qatorda dehqonchilik ham qilishgan. 16-asr boshlarida tupiguarani jamoalarida mulkiy boʻlinish davri boshlangan. 1500 yil apr.da Portugaliya lik dengizchi P. Kabral B. qirgʻoqlariga bordi va yangi yer ochganligini va u Portugaliyaga qarashliligini eʼlon qildi. Kabral sayohatidan 10 yil keyin portugallar Braziliyadan qimmatbaho qizil daraxt — „brazil“ni (Braziliya. nomi ham shunday kelib chiqqan) jahon bozorlariga olib borib sota boshladilar. Braziliya. kashf etilgach, u uzoq vaqt Portugaliya bilan Fransiya oʻrtasida talash boʻlib keldi, 1516 yildagina bu mojaro Portugaliya foydasiga hal boʻldi. 1532—36 yillarda Braziliya. qirgʻoq joylari kapitanlik deb ataladigan 13 maʼmuriy hududga boʻlindi. 1549 yil Braziliya.ning asosiy shahri boʻlgan Baiya (hozirgi Salvador)da gubernatorlik tashkil etildi. 16-asrning 70- yillaridan boshlab portugallar Afrika qitʼasidan keltirilgan koʻplab negrlarni qul qilib sota boshladi; qullar plantatsiyalarda ishlatilardi. Braziliya.da portugallar zulmiga qarshi milliy ozodlik kurashlari uzoqdavom etdi. 1720 yilda MinasJerays viloyatida Felipi dus Santus boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1797 yil Baiya viloyatida milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1807 yil Portugaliyaga Napoleon qoʻshinlari bostirib kirgach, Portugaliya qiroli RiodeJaneyroga qochib ketdi. Braziliya. monarxiya markaziga aylandi (1808—21). 1820 yilgi Portugaliya burjua inqilobi Braziliya.da mustaqillik uchun kurashning yanada avj olishiga sabab boʻldi. 1822 yil 7 sentabr da Braziliya. mustaqil imperiya deb eʼlon qilindi. 1888 yil Braziliya.da quldorlik bekor etildi. 1889 yil monarxiya tugatilib, Braziliyaraziliya. federativ respublika deb eʼlon qilindi. 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida Braziliya.ga chet el sarmoyasi, xususan AQSH monopoliyalari kirib kela boshlagach, sanoatning ayrim tarmoqlari rivojlana boshladi. 1-jahon urushi davrida Braziliya. Antanta tomonida turib urushga kirdi. 20- yillar Braziliya. xalqommasining demokratik erkinliklar uchun kurash yillari boʻldi. 1924 yilda Braziliya.ning barcha shtatlarida qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. 1930 yilgi davlat toʻntarishi natijasida J. Vargas hokimiyat tepasiga keldi. Uning hukmronligi yillarida demokratik va taraqqiyparvar kuchlarga qarshi kurash boshlanib, mamlakatning AQShga iqtisodiy va siyosiy qaramligi kuchaydi. 1942 yil avg .da Germaniyaga qarshi mamlakatlar tomonida turib 2-jahon urushiga kirdi. Fashistlar Germaniyasining tormor etilishi Braziliya.da demokratik harakatni kuchaytirdi. 1945 yil okt.da yangi davlat toʻntarishi boʻlib, harbiy diktatura oʻrnatildi. 1946 yil general E. G. Dutra hukumat boshligʻi boʻldi. 1950 yilgi prezident saylovida yana J. Vargas prezidentlikka saylandi. 1953—54 yillarda hukumat xalq ommasi talabi bilan neft sanoatini davlat qoʻliga oldi va ishchilarning ish haqini bir oz oshirdi. Hukumatning bu tadbiri Braziliya. reaksion doiralarining yangidan bosh koʻtarishiga olib keldi. Bundan qoʻrqqan Vargas 1954 yil 21 avg .da oʻzini otib oʻldirdi.
1955 yil sentabr oyidagi prezident saylovida hokimiyat tepasiga sotsialdemokratik partiyaning vakili J. Kubichek keldi. Kubichekning prezidentlik davri (1956—60) da, bir tomondan Braziliya. iqtisodiyotiga chet el sarmoyasining koʻplab kirib kelishiga yoʻl ochilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, Braziliya.ning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi qator tadbirlar oʻtkazildi, neftni davlat monopoliyasiga aylantirish uchun kurashildi, ‘AQShga atom xom ashyolari sotish haqidagi shartnoma bekor qilindi. 1960 yilgi saylovda Xristiandemokratik partiya va Milliy demokratik ittifoq blokining nomzodi J. Kuadros prezidentlikka saylandi. 1961 yil avg .da Kuadros reaksion kuchlar tazyiqi bilan isteʼfo berishga majbur boʻldi. 1961 yil 7 sentabrda J. Gulart prezidentlik lavozimini egalladi.
1964 yil apr.da yangi davlat toʻntarishi oʻtkazilib, marshal Umberto Kastelo Branko hokimiyat tepasiga keldi. Branko hukumati Gulart hukumati oʻtkazgan barcha ilgʻor tadbirlarni bekor qildi; 1967 yil mart oyida marshal Artur da KostaeSilva prezident qilib saylandi. Uning hukumati mamlakatdagi siyosiy tanglikdan qoʻrqib milliy xavfsizlik haqida qonun qabul qildi va juda keng vakolatlarga ega boʻlgan Milliy xavfsizlik kengashini tashkil etdi. Umuman 1985 yilgacha Braziliya.da hokimiyat harbiylar qoʻlida boʻddi. 1994 yilda saylangan prezident Fernandu Enriki Kardozu 1995 yil 1 yanv.da oʻz lavozimini ijro etishga kirishdi. Braziliya.— 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1993 yil 30 apr.da oʻrnatgan. Braziliya.ning milliy bayrami — 7 sentabr— Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1822).
1.3Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.
Braziliyada Atlantika okeani sohili boʻylab koʻpdankoʻp qoʻltiqlar va koʻrfazlar uchraydi. Mamlakat hududining yarmidan koʻprogʻini Braziliya yassitogʻligi ishgʻol etgan (eng baland nuqtasi Bandeyra togʻi, 2890 m); oʻrtacha balandligi 600– 800 m boʻlgan bu togʻlik Braziliyaning janubi-sharq va janub tomonlarini egallab yotadi. Braziliya shimolida Gviana yassitogʻligi joylashgan. Shu yassitogʻliklar orasida keng Amazonka pastekisligi bor.Amazonka o`rmonlarining umumiy maydoni 6 mln kv km , uning 60 % Braziliya hududiga qolgan qismi esa 9 ta davlat hududiga to`g`ri keladi. Eng muhimi yer yuzining 50 % kislarodini ishlab chiqaradi. Mamlakatning janubiy va janubi-gʻarbiga Laplata payettekisligining bir qismi kirib kelib, okean sohilida kambar payettekislikni hosil qiladi. Braziliyada polimetall, oltintemir rudasi, nodir metallar, marganes rudasi, boksit, neft, toshkoʻmir, tuz konlari va boshqa konlar bor.
Iqlimi
Braziliya iqlimi ekvatorial, issiq va nam. Oʻrtacha oylik harorati 16—29 °C. Amazonka pastekisligida yiliga 2000–3000 mm, togʻ yon bagʻirlarida 1500–2000 mm, sohilda 3000 mm, tog tepalarida esa 500 mm yogʻin yogʻadi. Braziliyada daryo juda koʻp. Eng yirik daryolari: Amazonka, Parana, San-Fransisku, Urugvay. Amazonka va uning gʻarbiy irmoqlarida kema qatnaydi.Amazonka daryosi 1000 dan ortiq irmog`i mavjut bo`lgan daryo. Yana Iguosu sharsharasi Brazilya Paragvay Argintina davlatlari chegarasidagi 3 km ga cho`zilgan sharsharadir, hindular tilida katta suv manosini beradi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə