Reja: Kirish. I bob. Braziliya Federativ Respublikasining geografik xususiyatlari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#142640
1   2   3   4   5   6   7
KURS ISHI....D.POKIZA.

Oʻrmonlari
Braziliyada nam tropik oʻrmonlar (gileya yoki selvaslar), tropik dashtlarda savanna oʻrmonlari (kampos), qizil laterit tuproqlarda oʻsadigan oʻrmonlar koʻp tarqalgan. Braziliya qattiq yogʻochli daraxtlar zaxirasi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. Umuman mamlakat hududining 38 % oʻrmonlar bilan qoplangan. Botqoqlik koʻp. Hayvonlardan chumolixoʻr, zirhlilar, yoldor boʻri, nandu tuyaqushi, har xil kemiruvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar koʻp uchraydi. Braziliya hududida Iguasu, Itatiaya, Paulu-Afonsu, Serradus-Organs kabi yirik millim bogʻlar va bir necha quriqxona bor.

Bob. . Braziliya Federativ Respublikasining iqtisodiy-ijtimoiy xususiyatlari.


Rasmiy nomlanishi - Braziliya — federativ respublikasi
Mustaqillik sanasi - 1889 yil Respublika deb e`lon qilingan.
Davlat tili - Partugal tili
Poytaxti - Brazilia
Yirik shaharlari -San- Paulu, Rio –de- Janeyro , Salvador, Belu-Orizonti.
Boshqaruv shakli - Federativ Respublika
Mamuriy- hudydiy bo`linishi – 26 ta shtat , 1 ta federal okruk (poytaxt)
Aholi zichligi - 22,6 km2 kishi
Aholining tabiiy o`sishi -1,20 %
Aholining umr ko`rish - erkaklar 69, ayollar 76 yosh.
Pul birligi - - Braziliya  reali.
Internet domeni - .br
Telifon kodi-+55
Vaqt mintaqasi - UTC -2-5
2.1 Davlat tuzumi.
Braziliya — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1988-yil 5-oktyabrda qabul qilingan1994-yil mart va 1997-yil iyunda tuzatish kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident. Prezident bilan vitseprezident aholi tomonidan toʻgʻri va yashirin ovoz berish orqali 4 yil muddatga saylanadi. Prezident ketmaket ikkinchi muddatga saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Milliy kongress (parlament). Parlament ikki palata: deputatlar palatasi va federal senatdan iborat. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tuzgan hukumat amalga oshiradi. Siyosiy partnyalari, kasaba uyushmalarn. Braziliya. taraqqiyparvar partiyasi, 1995 yilda bir necha islohotchi partiyalarning birlashuvi natijasida tuzildi; Braziliya. trabalist partiyasi, 1980 yilda asos solingan; Demokratik trabalist partiyasi, 1979 yil tuzilgan; Braziliya. demokratik harakat partiyasi, 1981 yilda tuzilgan; B. sotsialdemokratik partiyasi, 1988 yilda asos solingan; Liberal front partiyasi, 1984 yilda sobiq Sotsialdemokratik partiya aʼzolaridan tuzilgan; Milliy qayta qurish partiyasi, 1988 yilda asos solingan; Mehnatkashlar partiyasi, 1980 yilda tuzilgan; Sotsialistikxalq partiyasi, 1992 yilda Braziliya. kommunistik partiyasining „yangilovchilar“ fraksiyasi negizida tashkil etilgan. Mehnatkashlar umumiy konfederatsiyasi kasaba uyushmasi, 1986 yilda tuzilgan, 1988 yilgacha Mehnatkashlar umumii kasaba uyushma markazi deb atalgan; Mehnatkashlar yagona kasaba markazi, 1981 yilda tuzilgan. Shuningdek, sanoat ishchilari milliy konfederatsiyasi, savdo xodimlarining milliy konfederatsiyam, kredit muassasalari xodimlarining milliy konfederatsiyasi ham mavjud.


1.3 Xo`jaligi. Transport tarmoqlari.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə