Reja: Kirish. I bob. Braziliya Federativ Respublikasining geografik xususiyatlari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#142640
1   2   3   4   5   6   7
KURS ISHI....D.POKIZA.

Shaharlariga to`htalamiz. Brazilia davlat potaxti (1960 yildan) Paranua suv ombori qirg`og`ida 1172m balandlikada joylashgan. Mazkur shahar YUNESKOning jahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritilgan. U 1957-yildan boshlab O. Nimeyer ishtirokida L.Kostning loyihasi bo`yicha qurilgan. Shahar chizma jihatdan samalyotga o`xshaydi; ''qanotlarida'' - odamlar yashaydigan hudud, ''fyuzelajda''- ma`muriy binolar va jamoatchilik inshootlari. Shaharning ramzi- Tre-Poderish maydoni. Uning majmuasidan Prezident saroyi, Milliy kongress binosi va oliy sud binosi o`rin olgan. Uning yonida joylashgan kafedral bosh cherkov tojga o`xshaydi. Maydondan vazirlik keng ko`chasi boshlanadi.
Keng katta ko`chalar va xiyobonlar poytaxtga xos tarzda barpo etilgan. Prezident qarorgohi - Avrora saroyi-suv havzasi qirg`og`ida qurilgan. Shahar atrofida 12 ta yo`ldosh shaharlar mavjut.
Belu-Orizonti shahri Minas- Jerays shtatining ma``mureiy markazi . Mamlakatning janubi sharqida joylashgan.
Shahar qurilishi 1895- yilda boshlangan. 1897-yilda shahar maqomini olgan, 1901 yildan buyon zamonaviy nom bilan atali kelinmoqada. Mamlakat tog` kon sanoati hududi markazi hisoblanadi.
To`g`ri burchakli ko`chalar tarmog`ini dioganal joylashgan ko`chalar kesib o`tadi. Shahar markazida osmono`par binolar joylashgan. Asosiy arxitektira yodgorliklari- Adliya saroyi, Liberdadi sayoyi (1898) San`at saroyi, San- Joze cherkovi(1906), bosh cherkov (1922), vakzal (1922), ratusha (1930) O. Nimeyer loyihasi bo`yicha shaharlarda turar jopy binolari qurilgan(1950), shahar tashqarisida esa Pampulya sayohat va sport shaharchasi barpo etilgan. Mazkur shaharchada san`at saroyi, San-Fransisko di Assis charkovi(1942-1943), 90 ming kishiga mo`ljallangan Mineyrau stadioni joylashgan.
SHaharda muzeylar, Federal(1927 yildan) va Katolik (1958) unversitetlari, Nafis san`at maktabi (1954) faoliyat yuritadi. Belu-Orizontidagi futbol maydoni dunyodagi eng katta stadionlardan sanaladi. Shahar atrofida esa Sabarada Oltin muzeyi, San- Juan-del-Rey muzey shahri va Bon—Jezus-di- Matozinyus ibodatxonalari majmuosi (1957-1805-yillar; YUNESKO ning jahon madaniyati merosi ro`yxatiga kiritilgan) joylashgan.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə