Reja: Kirish. I bob. Braziliya Federativ Respublikasining geografik xususiyatlari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#142640
1   2   3   4   5   6   7
KURS ISHI....D.POKIZA.

Transporti. Braziliya. hududining katta qismi yoʻlsiz. Braziliya ning temir yo`l uzinligi 32 ming km, shundan 3 ming km dan ortiqrogʻi elektrlashtirilgan. Transportning asosiy turi avtomobil; avtomobil yoʻllari uzinligi 1,7 mln. km; 5 ming km dan ortiq uzunlikdagi Transamazonka magistrali Atlantika sohilini And togʻ etaklari bilan tutashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uzinligi 31 ming km. Asosiy dengiz portlari: RiodeJaneyro, Santus, RiuGrandi, Paranagua, PortuAlegri, Tubaran, San Sebastyan. Braziliya. chetga asosan ogʻir va yengil sanoatning tayyor va chala tayyor mahsulotlari, kofe, temir rudasi, soya, tamaki, qandshakar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, asbobuskuna, metall va undan yasalgan buyumlar, kimyo mahsulotlari, bugʻdoy va boshqa sotib oladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: AQSH, Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Lotin Amerikasi mamlakatlari. Yana Braziliyaning 4100 dan ortiq ayroporti mavjud.
1.3 .Aholisi va mehnat resurslari.
Braziliya aholisining asosiy qismi (95 % dan koʻprogʻi) brazillar. . Brazillar ya`ni 16-19 asrlarda Afrikadan keltirilgannegir qullarning aralashuvi natijasida paydo bo`lgan millat vakillari yashaydi. Braziliyada Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan bir necha million kishi,jumladan olmonlar (6,6%), italyanlar ( 14%), portugallar ( 20%) 20%), yaponlar, ispanlar (8%), polyaklar, livanliklar, suriyaliklar ham yashaydi.. Tub joy xalqi — indeyslar koʻplab qirib yuborilgan, bir qismi boshqa xalqlar bilan qorishib ketgan. Omon qolgan indeys qabilalari mamlakat ichkarisidati xilvat joylarda yashaydi. Etnik tarkibiga ko`ra oq tanlilar 54 % , mulatlar 38,5% va nagirlar 6% ni tashkil qiladi. Shahar aholisi 83,1 %ni tashkil qiladi. Dindorlar asosan katoliklardir
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy maʼrifiy muassasalari. Aholiga tibbiy yordamni xususiy shifokorlar koʻrsatadi. Shifokorlarni mamlakat oliy oʻquv yurtlaridagi tibbiyot fakultetlari tayyorlaydi.
Braziliya.da rasman 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul boshlangich taʼlim joriy qilingan. Bolalar shaharlardagi 4—5 yillik va qishloqlardagi 3 yillik boshlangʻich maktablarda taʼlim oladilar. Bulardan tashqari toʻliqsiz maktab — gimnaziyalar, toʻliq oʻrta maktab — kollegiyalar, hunar va ped. maktablari ham bor. Oliy oʻquv yurtlarida pul toʻlab oʻqish mumkin. Braziliya. da 70 ga yaqin unt, 740 dan ortiq boshqa oliy oʻquv yurtlari bor. RiodeJaneyrodagi B. va San Paulu untlari ularning eng yiriklaridir. Ilmiy muassasalari: Braziliya. fanlar akademiyasi, Milliy tibbiyot akademiyasi va boshqa Kutubxonalari: Milliy kutubxona, Portugaliya qirollik qiroatxonasi (RiodeJaneyro), Munitsipal kutubxona. Muzeylari: Milliy muzey, Milliy tarixiy muzey, RiodeJaneyrodagi Milliy nafis sanʼat muzeyi.
Matbuoti, radioeshnttnrishi va telekoʻrsatuvi. Braziliya.da 300 ga yaqin gaz. va jur. nashr etiladi. Asosiy gaz. va jur.lari: „Gazeta merkantil“ („Savdo-sotiq gazetasi“, SanPauluda chiqadigan kundalik iqtisodiy gaz., 1920 yildan), „Dia“ („Kun“, RiodeJaneyroda chiqadigan kundalik gaz., 1951 yildan), „Diariu di SanPaulu“ („SanPaulu gazetasi“, kundalik gaz., 1925 yil dan), „Jornal du Brazil“ („Braziliya gazetasi“, kundalik gaz., 1891 yildan), „Jornal du komersiu“ („Tijorat gazetasi“, RiodeJaneyroda chikadigan kundalik gaz., 1827 yildan), „Letin Amerika deyli post“ („Lotin Amerikasining kundalik pochtasi“, SanPauluda ingliz tilida chikadigan kundalik gaz., 1979 yildan), „Folya di SanPaulu“ („SanPaulu varaqasi“, kundalik gaz., 1921 yildan), „Globu“ („Yer kurrasi“, kundalik kechki gaz., 1925 yildan), „Veja“ („Koʻring“, haftalik ommaviy siyosiy jur., 1968 yildan), „Vizan“ („Saviya“, haftalik ommaviy siyosiy jur., 1952 yildan) va boshqa Empreza Brazileyra di Komunikasan, SA (Radiubraz) axborot xizmati 1988 yilda hukumat axborot agentligi bilan davlat radioeshittirish korporatsiyasining birlashuvi natijasida tashkil etilgan. Mamlakat prezidentining fuqaro devoni tomonidan nazorat qilinadi.
Radioeshittirish va telekoʻrsatuvni asosan xususiy st-yalar amalga oshiradi, ularni milliy aloqa departamenta nazorat qiladi. Braziliya. radio va televizion st-yalar uyushmasi 1962 yilda tuzilgan.
Adabiyoti portugal tilida rivojlangan. Braziliya.da qadimdan indeys va negrlarning boy ogʻzaki ijodi mavjud. 17— 18-asrlarga kelib, yozma adabiyotda G. di Matusning satirik asarlari, T. Gonzaganing sheʼrlari, J. Gamaning maʼrifatparvarlik ruhidagi „Urugvay“ poemasi paydo boʻldi. Ularda oddiy xalqturmushi aks ettirildi. Braziliya. adabiyotida 19-asrning 20- yillarida vujudga kelgan romantizm okimi rivojlandi. Bu davrda G. di Magalyainsning „Tamoyo qabilasi ittifoqi“, A. Gonsalvis Diasning „Amerika dostonlari“ keng tarqaldi. J. M. di Alenkarning „Guaranlar“, „Irasema“, „Ubirijara“ romanlarida indeyslarning urfodatlari, azobuqubatli hayoti, stixiyali boʻlsada kurashi aks etdi. Buyuk xalq shoiri A. Kastru Alvisning „Afrika ovozi“, „Bandi kema“ va boshqa mashhur poemalari „Toʻlqinlar mavji“ asarlar toʻplamiga kiritildi. 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonlar hayotini aks ettiruvchi bir qator romanlar paydo boʻldi. Shu davrda A. Gonsalvis Diasning „Beatriche Chenchi“, „Patkul“ tarixiy romanlari ham katta shuhrat qozondi. 19-asrning oxirlari va 20-asr boshlarida bir qator yozuvchilar Braziliya. adabiyotiga realizm anʼanalarini olib kirdilar. 1896 yilda asos solingan Braziliya. adabiyot akademiyasining birinchi prezidenta J. M. Mashadu d’Asis tanqidiy realizmning atoqli namoyandasi edi. Xuddi shu davrda B. adabiyotida dekadentchilik kayfiyatlari kuchaydi. Demokratik harakatlarning avj olishi bilan 20-asrning 40—50- yillarida Braziliya. dehqonlarining hayotini aks ettiruvchi realistik asarlar koʻpaydi, taraqqiyparvar adabiyotning L. Barretu, G. Ramus, R. di Keyrus, M. di Andradi, Luara Brandau kabi namoyandalari ijodida insonning ijtimoiy mavqei masalalari aks etdi. Jorji Amadu oʻz romanlarida dehqonlar hayotini, mehnatkash ommaning sinfiy ongi oʻsayotganini ifodaladi. Shoirlardan V. di Morays, K. di Andradi, yozuvchilardan D. Jurandir, S. Martine, M. Palmeriu, dramaturglardan N. Rodriges, G. Figeyredu, A. Suasuna ijodi B. adabiyotida salmoqli oʻrin egallaydi.
Meʼmorligi. Braziliya.ning yerli aholisi — indeyslarning meʼmorligi qabr toshlari hamda Amazonka boʻylarida gʻorlarga solingan har xil rasmlar, qamish va yogʻoch shoxlaridan yasalgan, konus shaklli uylardan iborat. 16-asrda portugaliyaliklar Olinda, Resifi va Salvador (oldingi poytaxti) kabi shaharlarni bunyod etdilar. 18-asr Braziliya.da mustamlaka davri meʼmorligining yuqori bosqichi hisoblanadi. Oltin va olmos konlari topilishi bilan Braziliya.da yangi shaharlar barpo etiddi, RiodeJaneyro poytaxt boʻlib qoldi (1960 yilgacha). Braziliya. meʼmorligida ikki yoʻnalish: barokko (SanFransisku monastiri, Salvador) va rokoko (MinasJeraysdagi har xil binolar, meʼmor va haykaltarosh Aleyjadinyu ishi) oʻrin oladi. Fransuz meʼmori O. Granjan de Montini Braziliya.da ijod etib klassitsizm uslubini tarqatdi (Mira teatri, Belen shahri, Itamarati saroyi, RiodeJaneyro shahri). 19— 20-asrlarga kelib Braziliya. meʼmorligida „modern“ uslubi keng tarqaldi. MinasJerays shtatida BeluOrizonti, Goyas shtatida Goyani va Braziliya (yangi poytaxti) kabi yirik shaharlar va zamonaviy binolar kurildi. L. Kosta, O. Nimeyer, A. E. Reydi va boshqa mashhur meʼmorlar yetishib chiqdi.
Tasviriy sanʼati. Qad. davr sanʼat yodgorliklaridan har xil tosh va sopol bezaklar yetib kelgan. Mustamlaka davr sanʼatidan (16—17-asrlar) Salvador va RiodeJaneyrodagi ibodatxonalar bezaklari bor. Bu davr sanʼati din bilan bogʻliq. raziliyameʼmorligidagi barokko va rokoko uslubi tasviriy sanʼatga ham taʼsir etgan. Ibodatxonalar bezagida oltin va rangdor boʻyoqlardan foydalanilgan. Haykaltarosh va meʼmor Aleyjadinyuning BonJezusdiMatozinyus cherkovidagi (Kongonyas shahri) tosh va yogʻochdan ishlagan haykallari dunyoga mashhur. 18-asrda Braziliya. shaharlarida tasviriy sanʼat maktablari vujudga keddi (RiodeJaneyroda J. di Oliveyra, Salvadorda J. J. da Rosha, Resifida J. di Deus Sepulveda, SanPauluda J. P. da Silva Marisku va boshqalar). 1816 yilda qirol Juan VI fransuz rassomlari ishtirokida fan, sanʼat va hunar maktabini tashkil etdi. 1820 yilda bu maktab badiiy akademiyaga aylandi. 19-asr Braziliya. tasviriy sanʼatida klassitsizm hukmronlik qildi. Mashhur rassom J. F. di Almeyda Junior ijodida xalq hayoti, tabiat manzaralari koʻp oʻrin oladi. 20-asr Braziliya. tasviriy sanʼatida realizm bilan bir qatorda turli oqim (formalizm, abstraksionizm va boshqalar) namoyandalari ijod etmoqda. Amaliy sanʼatda kulolchilik, matoga gul va rasm solish rivojlangan.
Musiqasi indeys, negr, ispan, portugal qoʻshiq va raqslari asosida shakllangan. A. K. Gomis, L. Migis, A. Levi, A. Nepomusenu, E. Vila Lobos, K. Santoru, M. K. Guarnyeri, J. N. Garma, F. M. Silva (Braziliya. milliy madxiyasining muallifi) kabi kompozitorlarning ijodi mashhur. B. musiqa sanʼatini yuksaltirishda, musiqachi va bastakorlar tayyorlashda RiodeJaneyro konservatoriyasi, Milliy musiqa instituti, Milliy opera teatri va simfonik orkestrlar, Braziliya. untining milliy musiqa maktabi, Musiqa akademiyasi ish olib boradi.
Teatri. Afrobraziliyaliklarning makumba deb atalgan diniy marosim oʻyinlarida dramatik teatrga xos harakatlar boʻlgan. Yevropalik ilk missionerlar indeyslarga xristianlikni singdirish uchun portugal adabiy asarlari asosida sahnalarni, bir pardali diniymajoziy tomoshalarni koʻrsatishgan. Indeyslar uchun muqaddas „Lorensu teatri“ nomli dastlabki teatr binosi 16-asrda qurilgan. 1748 yilda „Opera uyi“, 1776 yilda „Yangi opera“ teatri barpo boʻldi. 1813 yilda „Avliyo Juan qirollik teatri“ ish boshladi. 19-asrda RiodeJaneyroda „di San Pedru di Alikantara teatri“, „du Plasidu teatri“, „Yangi konstitutsion teatr“, Resifida „Santi—Izabel teatri“ kabilar vujudga keldi. 1843 yilda panda koʻrsatilgan Observatoriya Laraiuan toʻgʻoni Prezident qarorgohi Universitet Dramatik sanʼat konservatoriyasi, 1910 yilda Martine Pen dramatik maktabi, 1917 yilda „Braziliya. teatr mualliflari jamiyati“ (SBAT) tuzildi. Soʻngra doimiy dramatik truppalar tuzilib ish boshladi. Keyingi yillarda RiodeJaneyro va SanPaulu shaharlarida Braziliya.komediya teatri, Xalq badiiy teatri, Braziliya. talabalari teatri, negrlarning eksperimental teatri tashkil etildi.
Kinosi. Birinchi xronikal film 1903 yilda, badiiy film 1910 yilda suratga olingan. Dastlabki ovozli filmlar 1935 yilda yaratilgan. Braziliya.da yaratilgan filmlar ichida „Kaysara“, „TikoTiko“ (rej. A. Cheli), „Bosqinchi“ (rej. L. Barretu), „Boyning xotini“ (rej. T. Payne, O. Sampayu), „Dengiz qoʻshigʻi“ (rej. A. Kavalkanti), „Rio 40°“ (rej. N. Pereyra dus Santus)kabi filmlar diqqatga sazovor. Braziliya.da 6 kinostudiya, 3 mingdan ortiq kinoteatr bor.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə