Reja: Kirish “Milliy bank” banki tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv asoslari “Milliy bank” banki filialida innovatsion texnologiyalari



Yüklə 112,88 Kb.
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü112,88 Kb.
#141823
1   2   3   4   5   6   7
karomov Jahongir

Ko‘rsatgich nomi

01.01.2018 y. (mln.so‘mda)

01.01.2019 y. (mln.so‘mda)

Farqi
(mln.so‘mda)

O‘sishi(%)

1

Jami kapital

4 806 774

5 722 017

915 243

119,0%

1,1

Ustav kapitali

4 320 970

4 320 970

-

100,0%

2

Bank aktivlari

51 473 313

56 524 569

5 051 256

109,8%

3

Kredit qo‘yilmalari
jami

35 181 837

46 573 578

11 391 741

132,4%


Shu jumladan,











3,1

Investitsion kreditlar

31 017 000

40 367 865

9 350 865

130,1%

3,2

Kichik biznesga ajratilgan kreditlar

3 310 211

5 580 347

2 270 136

168,6%


Shu jumladan,











3.2.1.

Mikrokredit

454 126

563 875

109 749

124,2%

4

Iqtisodiyotning real sektoriga ajratilgan kreditlar

35 181 837

46 573 578

11 391 741

132,4%


Shu jumladan,











4,1

Yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar

33 236 649

43 284 537

10 047 888

130,2%

4,2

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar

1 945 188

3 289 040

1 343 852

169,1%

5

Bir yildan ortiq depozitlar

34 311 193

45 862 882

11 551 690

133,7%

6

Depozitlar qoldig‘i

11 496 216

11 741 187

244 971

102,1%

7

Bank infratuzilmasi

484

450

- 34

93,0%


Shu jumladan,











7,1

-filiallar

93

93

-

100,0%

7,2

-boshqalar(minibank, maxsus kassa vа jamg‘arma kassalar)

391

357

- 34

91,3%

Jadval ma`lumotlaridan ko`rishimiz mumkinki, jami kapitali 01.01.2018 yil holatiga nisbatan 01.01.2019 holatiga 915 243 mln. dollarga o`sgan, bank aktivlari 5 051 256 mln. so`mga, bank kreditlari 11 391 741 mln. dollarga kreditlar tarkibida investitsion kreditlar 9 350 865 mln.dollarga o`shganini ko`rishimiz mumkin. Bankning boshqa asosiy ko`rsatkichlarini o`sganini ham ko`rishimiz mumkin.
O’zmilliybank Amaliyot filiali bo’yicha 2018 yil 6 oylik yakuni bo’yicha jami naqd pul tushumi 203 991,6 mln.so’mni tashkil qilib bu ko’rsatkich 2019 yil 6 oylik yakuni bo’yicha jami naqd pul tushumi 303 858,0 mln.so’mni tashkil qilgan, jami naqd pul tushumi oldingi yilga nisbatan 99 866,4 mln.so’mga ko’paygan. Shundan Savdo qismini ko’radigan bo’lsak 2018 yil 6 oylik yakuni bo’yicha naqd pul tushumi 84 112,4 mln.so’mni tashkil qilib bu ko’rsatkich 2019 yil 6 oylik yakuni bo’yicha naqd pul tushum 126 876,9 mln.so’mni tashkil qilgan holda jami naqd pul tushumi oldingi yilga nisbatan 42 496,2 mln.so’mni tashkil qilgan holda jami naqd pul tushumi oldingi yilga nisbatan 4 692,2 mln.so’mga ko’paygan. Komunal to’lovlardan 2018 yil 6 oylik yakuni bo’yicha naqd pul tushum 1 447,5 mln.so’mni tashkil qilgan bo’lsa 2019 yil 6 oylik yakuni bo’yicha naqd pul tushumi 1 263,3 mln.so’mni tashkil qilgan holda jami naqd pul tushumi o’tgan yilga nisbatan 184,2 mln.so’mga kamaygan.
2019 yil davomida naqd pul tushumini yanada ko’paytirishni va 2017 yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2753-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Ish haqi ,pesniya va nafaqalarga, hamda aholi omonatlari ijtimoiy to’lov va boshqalarni o’z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida, hamda to’lovlar o’rtacha 20-30 foizga oshganini inobatga olib pensiya va nafaqa to’lovlari bugungi kunda barcha turdagi pensiya to’lovlari, tog’li va olis tumanlardagi byudjet tashkilotlari hodimlarning ish haqlari to’liq naqd pul shaklda berilayotganligi sababli naqd pulda tushumini ko’payishi chora tadbirlari ishlab chiqilmoqda.
2019 yil 6-oyi davomida Milliy bank Amaliyot filiali 1567 ta mijozdan 154 321,6 mln.so’m naqd pul tushumi inkasssasiya orqali topshirilgan, umuman topshirmagan mijozlar to’g’risida Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Amaliyot filialiga va Toshkent shahar Davlar Soliq Boshqarmasi va tuman soliq inspeksiyalariga har oyda 3 martadan har 10 kunlik yakunlar bo’yicha ma’lumotlar berib borilmoqda.
Kredit munosabatlari va korxonalarning moliyaviy holati to’g’risida qisqacha tahlil:
Hozirgi vaqtda ichki iste’mol bozorini mahalliy hom-ashyo resurslarini qayta ishlashga asoslangan tovarlar bilan to’ldirish va yuksak darajada tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Bu sohada O’zmilliybank Toshkent shahar Amaliyot filiali kredit siyosatini izchillik bilan amalga oshirmoqda. Kredit portfelining tarmoq strukturasi quyidagi ko’rinishga ega. 2019 yilning 1 iyul holatiga jami kedit qo’yilmasi qoldig’i 914,8 mlrd.so’mni tashkil qilib, shundan 46,4 mln.AQSH dollarlik uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi.
2-jadval
Yil boshidan ajratilgan kredit qo’yilmalari (mlrd.so’m)



Tarmoqlarga ajratilgan kreditlar

Kredit muddati

1

Qisqa muddatli

13,3

2

Uzoq muddatli

168,1




JAMI

181,4



3-jadval
Bank tomonidan ajratilgan kreditlar asosan xalq xo’jaligining quyidagi sohalari bo’yicha yo’naltirilgan (mln.so’m)

T/r

Tarmoqlar

01.07.2018y

01.07.2019y

Farqi (+;-)

1

Xizmat ko’rsatish

93 164,00

72 275,00

-20 889,00

2

Qishloq xo’jaligi

4 866,00

39 783,90

+34 917,90

3

Qurilish

10 872,00

5 816,00

-5 056,00

4

Transport va aloqa

1 737,00

5 044,30

+3 307,30

5

Savdo va umumiy ovqatlanish

8 162,00

5 274,00

-2 888,00

6

Boshqa sohalar

27 505,00

31 217,00

+3 712,00




JAMI KREDITLAR:

146 306,00

159 410,20

+13 104,20

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, kreditning asosiy qismi sanoat va qishloq xo’jaligiga yo’naltirilayotgan bo’lib, bunda asosiy e’tibor ishlab chiqarishga va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishga va qishloq xo’jaligini rivojlantirishga yo’naltirilgan.




Chakana xizmatlar: omonatlar Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirish siyosatiga qat’iy amal qilib, Bank aholining jalb etilgan mablag‘lari va xususiy omonatlar bo‘yicha mamlakatimiz moliya bozorida yetakchilar safiga qo‘shildi. Hozirgi kunda Bank chakana xizmatlarning 70dan ziyod turini taqdim etmoqda. O‘zmilliybank bo‘lim va filiallari orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar doirasi kengayishi, aholining bankka ishonchi ortishi, omonatlar shartlarini maqbullashtirish, yangi depozitlarni ishlab chiqish va joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish borasida aniq maqsadli ishlar olib borilishi natijasida mijozlar soni ancha ko‘paydi. Amalga oshirilgan ishlar O‘zmilliybankka aholining jalb etilgan depozitlari bo‘yicha O‘zbekistonda peshqadamlik mavqeini egallash imkonini berdi.
Plastik kartochkalar Bank aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirish borasida plastik kartochkalarning har xil turlariga katta ahamiyat berib qaramoqda. Ularni joriy etishda O‘zmilliybank eng zamonaviy texnologiyalardan dadil foydalanib, chinakam novatorlik qilayapti. O‘zmilliybank kartochkalari bo‘yicha to‘lovni qabul qiladigan savdo-servis korxonalari tarmog‘i kengayishi bu kartochkalar aholi orasida yanada ommalashib ketishiga yangi turtki berdi. O‘zmilliybank milliy valutada hisob-kitoblar qilish uchun mo‘ljallangan so‘m kartochkalari, Visa va MasterCard xalqaro kartochkalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, O‘zmilliybank O‘zbekistonning o‘zida ham, undan tashqarida ham xizmatlar va mahsulotlarning quyidagi yangi turlarini taklif qilishi mumkin: elektron banking Bankning bo‘lim va filiallari mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha mintaqalarida joylashgan. Ular mijozlarga bank xizmatlarining butun kompleksini taqdim etayapti, elektron banking tizimi, ya’ni bankomatlar, savdo va servis korxonalaridagi terminallar orqali zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlayapti; “Bank-mijoz” tizimi “Bank-mijoz” dasturiy kompleksi bank bilan mijoz avtomatlashtirilgan tarzda o‘zaro hamjihat ishlashi uchun mo‘ljallangan, pul mablag‘larini real vaqt rejimida tezkor boshqarish imkoniyatini oshirishda yordam beradi. AFIRATOning 25-yillik konferensiyasi va Bosh assambleyasi o‘tkazilayotganda bank ilgari surgan “Mijozlarga masofadan elektron xizmatlar ko‘rsatish tizimi” mahsuloti uchun “Texnologiyalarni rivojlantirish” nominatsiyasida Milliy bankka AFIRATO mukofoti taqdim etildi.Milliy bank O‘zbekiston kredit bozorida peshqadamlik qilmoqda. Bank sanoatning barcha tarmoqlariga hamda mulkchilikning har qanday shakliga mansub korxona va tashkilotlarga milliy va xorijiy valutada kreditlar berayapti. Bank oborot sarmoyasini moliyalash, eksport va importni moliyalash, loyihalarni moliyalash uchun kreditlar ajratmoqda. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini moliyalash – Bank faoliyatining so‘zsiz ustuvor yo‘nalishidir. O‘zbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida eksport-import operatsiyalarini bajarish, yagona bank fazosini shakllantirish uchun ishonchli moliya tuzilmasi bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Aziya-Invest Bank” sho‘’ba banki Rossiya moliya bozorida mustahkam mavqeni egallab turibdi. Hozirda bankning asosiy kuch-g‘ayrati ustuvor tarmoqlarga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, kichik va o‘rta biznes loyihalarini amalga oshirish, korporativ va chakana mijozlar doirasini kengaytirish, fond bozoridagi ish samaradorligini oshirish, O‘zmilliybankni institutsional rivojlantirish va xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish kabi vazifalarga yo‘naltirilmoqda. O‘zmilliybank tuzilishida keng ma’nodagi investitsiya bankini rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bank investitsiyalaridan ko‘zlangan maqsad, hozirgi kunda ham, uzoq muddatli istiqbolda ham bankning tijorat manfaatlari iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, mijozlar manfaatlari bilan eng maqbul darajada uyg‘unlashuviga erishishdan, aktivlarni diversifikatsiyalash, xatarni minimallashtirish hamda resurslar samaradorligini oshirishdan iboratdi. Milliy bank daromadliligi darajasi yuqori ekani olib borilayotgan kredit va tijorat faoliyatiga puxta o‘ylab yondashilayotgani hamda oqilona konservativ siyosat yuritilayotgani bilan uyg‘unlikda unga keyingi besh yil mobaynida BIS ishonchlilik reytingi bo‘yicha jahonning eng ishonchli banklari orasida yetaksi mavqeni egallab turish imkonini bermoqda. Bank xorijiy sheriklar oldida o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni to‘la hajmda va belgilangan mudatlarda bajarib kelayapti. Bank faoliyat yuritayotgan butun davr mobaynida hali biror marta ham tashqi to‘lovlar bajarilmagan holati yuz bermadi. Aksincha, O‘zmilliybank kredit tarixiga baho bergan yetakchi eksport-import agentliklari kredit yo‘nalishlari hajmini davlat kafolatlarisiz oshirayaptilar.
Hozirgi vaqtda Milliy bank oldida quyidagi asosiy vazifalar turibdi:
* mavjud va potensial mijozlar maqsad guruhlarining ehtiyojlari hamda talablariga javob beruvchi faol marketing siyosatini shakllantirish;
* korporativ mijozlar bilan ishlarni kuchaytirish. Mumkin qadar ko‘proq birinchi darajali mijozlarni bankka jalb etish va uzoq muddatli asosda biriktirib olish;
* mijozlar bilan ishlashning andozaviy texnologiyalarni har bir mijozga alohida yondashuv bilan uyg‘unlashtirishga asoslangan yangi ideologiyasini joriy etish;
* mamlakat chakana bozoridagi peshqadamlikni saqlab qolish;
* investitsiya dasturini, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish dasturini amalga oshirishda davlatga maksimal darajada yordam berilishini, respublikamiz eksporti qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;
* mijozlar keng doirasiga tayanib, aktivlar va passivlar strukturasining muvozanatli holatini ta’minlash, ularni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish; * resurs bazasini diversifikatsiyalash, jumladan bunda tashqi moliyalashdan foydalanish;
* bankning xorijiy investorlar oldidagi katta obro‘sidan, xalqaro andozalar bo‘yicha bank ishonchliligining yuqori ko‘rsatkichlaridan foydalanib, xalqaro bozorlarda bank uchun maqbul narxlarda sarmoya jalb etish borasidagi ishlarni faollashtirish
* daromadlilik, likvidlikni oshirish, valuta va bozorga oid xatarlarni kamaytirish maqsadida investitsiya portfeli tuzilishini maqbullashtirish;
* bankni boshqarishning moslashuvchan tuzilishini barpo etish. Bunda boshqaruvning iqtisodiy vositalariga hamda vakolatlarni taqsimlashning maqbul tizimiga asoslanish.
4-jadval
01.01.2018 yildagi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining depozitlari

So'm plastik kartochka

Talab qilib olinguncha

so'm

Foizlar har oy to‘lanadi. Foizlar har oyda talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiyasi bilan to‘lanadi.

Nafaqadagilar uchun So'm plastik kartochka

Talab qilib olinguncha

so'm

Foizlar har oy to‘lanadi.

Nihol

jamg'arma

so'm

16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun. Saqlash muddati 5 yildan kam emas va bola 16 yoshga to‘lguniga qadar. Qo‘shimcha badallar qabul qilinadi.Foizlarni to‘lash omonat muddati tugagandan so‘ng amalga oshiriladi.

Shodiyona

muddatli

so'm

Saqlash muddati - 3 oyga 19%, boshlang‘ich badal miqdori 4 000 000 so‘m va 6 oyga 18%, boshlang‘ich badal miqdori 2 000 000 so‘m. Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlar saqlash muddatining har oyi yakunida kapitalizatsiyasiz to‘lanadi. Omonatga qo‘shimcha badallar faqat naqd pulda qabul qilinadi.

Farovon

muddatli

so'm

Saqlash muddati 1 yil. Foizlar har chorakda yoki omonatning saqlash muddati tugagandan so‘ng to‘lanadi. Qo‘shimcha to‘lovlar faqat naqd pulda qabul qilinadi.

Sarmoya

muddatli

so'm

Saqlash muddati 6 oy. Foizlar har chorakda yoki omonatning saqlash muddati tugagandan so‘ng to‘lanadi. Qo‘shimchabadallar qabul qilinadi.

Tarona

muddatli

so'm

Saqlash muddati 4 oy. Foizlarni to‘lash har oyda yoki omonat muddati tugagandan so‘ng amalga oshiriladi. Qo‘shimcha badallar qabul qilinmaydi.

Shinam

muddatli

so'm

Saqlash muddati 5 oy. Foizlarni to‘lash har oyda yoki omonat muddati tugagandan so‘ng amalga oshiriladi. Qo‘shimcha badallar qabul qilinmaydi.

Pensionniy

muddatli

so'm

Saqlash muddati 6 yoki 12 oy. Omonat pеnsionеrlik guvohnomasi taqdim etilganida qabul qilinadi. Foizlarhar oyda kapittalllashtirilmagan holda yoki saqlash muddati tugagеnidan so‘ng to‘lanadi. Omonatga qo‘shimcha badallar qabul qilinmaydi.

Xazina

muddatli

so'm

Saqlash muddati 5 oy. Foizlarni to‘lash har oyda yoki omonat muddati tugagandan so‘ng amalga oshiriladi. Qo‘shimcha badallar qabul qilinmaydi.

Istiqbol

muddatli

so'm

Saqlash muddati 6 oy. Foizlar har oyda yoki omonatning saqlash muddati tugagandan so‘ng, kapitalizatsiyalashtirilmagan holda tzlanadi. Qo‘shimcha badallar qabul qilinadi.

Zangori olov

muddatli

so'm

Saqlash muddati 2 yil. Bo‘nak sifatida har chorak uchun hisoblangan foizlar tabiiy gaz uchun to‘lov sifatida o‘tkaziladi. Qo‘shimcha badallar qabul qilinadi.

Yorqin

muddatli

so'm

Saqlash muddati 6 oy. Hisoblangan foizlar har oyda elеktr quvvati to‘lovi uchun o‘tkaziladi. Qo‘shimcha badallar qabul qilinadi.

Jismoniy shaxslar uchun qisqa va uzoq muddatli “Talab qilib olinguncha”, “Investitsiya”, “Shinam”, “Komfort”, “Progress”, “Ko’paysin”, “Daromadli”, “Mega Progress”, Mustaqillik 27” omonat turlari joriy qilindi. 2019 yil 01 iyul holatiga milliy valyuta (ya’ni) so’mda va xorijiy valyutada ochilgan omonat hisob varaqlar soni jami 11998 tani va undagi qoldiq 119 709,1 ming so’mni tashkil qiladi.


Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda, ularning turlari kengaytirilmoqda, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib bormoqda.
Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni yengillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun sharoitlar yaratildi.
TIF “Milliy bank” mijozlarga hozirda barcha banklarda keng qo’llaniladigan xizmat turlari orqali o’z mijozlariga, jismoniy va yuridik shaxslarga innovatsion xizmat ko’rsatib kelmoqda. Jumladan:

  • Internet-banking xizmati;

  • Mobil bank xizmati;

  • SMS-banking;

  • MMS-banking;

  • Home-banking xizmatlari orqali mijozlar masofadan turib o’z o’zlariga bank xodimlari yordamisiz xizmat ko’rsatishlari mumkin.


Yüklə 112,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə