Reja: Po’lat ishlab chiqarish



Yüklə 51,32 Kb.
səhifə5/6
tarix30.12.2023
ölçüsü51,32 Kb.
#165921
1   2   3   4   5   6
2CO+O2=2CO2+Q
Ajralib chiqqan bu issiqlik metallni qo’shimcha ravishda qizdiradi va uning suyuq holatda oquvchanligini oshiradi, natijada metall qolipning nozik joylarini ham yaxshi to’ldiradigan holatga keladi.
Uglerod zarur chegaragacha yonib bo’lgandan keyin konvertorga havo haydash to’xtatilib, po’lat oksidsizlantiriladi-da, kovshlarga solinib, har xil quymalar hosil qilish uchun tegishli qoliplarga quyiladi.
Kichik bessemerlash jarayoni o’rta hisobda 12-14 minut davom etadi. Agar konvertorga toza kislorod yoki kislorod bilan boyitilgan havo haydalsa, jarayon ancha tezlashadi.
Tomas jarayoni. Ma’lumki, bessemer konvertorining ichki devori kislotaviy o’tga chidamli g’ishtdan terilgan bo’lib, fosfori va oltingugurti ko’p cho’yandan sifatli po’lat olishga imkon bermaydi. Ko’p (1,5-2,5%) fosforli cho’yanlarni po’latga aylantirish usulini 1878-yilda ingliz metallurgi S.D.Tomas kashf etdi, ya’ni u konvertorning ichki devorini kislotaviy o’tga chidamli materialdan emas, balki asosiy materialdan dolomit g’ishtidan terishni va flyusdan (ohaktoshdan) foydalanishni taklif etdi. Demak, tomas konvertori bessemer konvertoridan ichki devorining asos xarakteridagi g’ishtdan terilganligi va flyus ishlatilishi bilan farq qiladi. Bundan tashqari, tomas konvertori xuddi shuncha miqdordagi cho’yanga mo’ljallangan bessemer konvertoridan kattaroq bo’ladi, chunki tomas jarayonida, yuqorida aytib o’tilganidek, flyus ham ishlatiladi, flyus miqdori esa konvertorga quyiladigan cho’yan miqdorining 12-20% ini tashkil etadi.
Tomas jarayonida fosfor juda katta rol o’ynaydi, chunki u yonganda (oksidlanganda) ko’p miqdor issiqlik hosil qiladi va konvertor haroratini oshiradi.
Tomas jarayonida po’lat olish uchun tomas cho’yani ishlatiladi. Cho’yanni po’latga aylantirish uchun, qizdirib olingan konvertorga flyus solinib, uning ustiga suyuq cho’yan quyiladi-da, havo haydaladi. Tomas jarayoni ham xuddi bessemer jarayoni kabi uch davrga bo’linadi.


Yüklə 51,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə