Reja: Po’lat ishlab chiqarish


Konvertorning suyuq cho’yan quyish vaqti, ish vaqtidagi va tayyor po’latni quyib olish vaqtidagi vaziyatlari (sxemasi)



Yüklə 51,32 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü51,32 Kb.
#165921
1   2   3   4   5   6
Konvertorning suyuq cho’yan quyish vaqti, ish vaqtidagi va tayyor po’latni quyib olish vaqtidagi vaziyatlari (sxemasi)
Shundan keyin, konvertor gorizontal vaziyatga keltirilib, havo haydash to’xtatiladi, po’latning kimyoviy tarkibi tekshirib ko’riladi va suyuq po’latga ferrosilitsiy, ferromarganes va zarur bo’lgan taqdirda, alyuminiy ham qo’shib, po’lat oksidsizlantiriladi, ya’ni temir (II) oksiddan temir qaytariladi-da, konvertordagi tayyor po’lat kovshlarga quyib olinadi. Konvertorning ichki devori 1000 dan 2000 martagacha po’lat olishga chidaydi, tubi esa 20-30 marta po’lat olingandan keyin ishga yaroqsiz bo’lib qoladi va yangisiga almashtiriladi.
Konvertor jarayonining ikki turi mavjud, bular:

  • Bessemer jarayoni.

  • Tomas jarayoni.

Bessemer jarayoni. Bu jarayonni 1855-1856-yillarda ingliz ixtirochisi Genri Bessemer kashf etdi. Bessemer jarayoni ichki devori kislotaviy o’tga chidamli material dinas g’ishtidan terilgan konvertorlarda amalga oshiriladi. Bunday konvertor bessemer konvertori deb, bessemer konvertorida po’lat olish usuli esa bessemer usuli deb ataladi. Bessemer jarayonining mohiyati quyidagilardan iborat. Konvertorga quyilgan suyuq cho’yan orqali havo haydaladi. Havo tarkibidagi kislorod cho’yandagi uglerodning ma’lum qismini va boshqa qo’shimcha elementlarni oksidlaydi.
Oksidlash reaksiyalari shu qadar shiddat bilan boradiki, bunda ko’p miqdorda issiqlik hosil bo’ladi, natijada suyuq cho’yan sovimay, balki uning harorati po’latning suyuqlanish haroratidan ham yuqoriroq darajagacha ko’tariladi. Bessemer konvertorida suyuq cho’yanni po’latga aylantirish jarayoni uch davrga bo’linadi.
Birinchi davr. Bu davrda temir, kremniy va marganes oksidlanadi hamda shlak hosil bo’ladi. Temirning oksidlanishi quyidagi tartibda boradi:
2Fe+O2=2FeO+Q
4FeO+O2=2FeO3+Q
6FeO+O2=2Fe3O4+Q
Bu jarayonlarning hammasida Q miqdor issiqlik ajralib chiqadi. Bunda konvertor og’zidan qo’ng’ir tutun chiqa boshlaydi, qo’ng’ir tutun esa temir oksidlari hosil bo’layotganligini bildiradi. 1-2 minutdan keyin qo’ng’ir tutun chiqishi pasayib, uning o’rniga to’q sariq tusli alanga paydo bo’ladi. Bu alanga kremniy va marganesning oksidlana boshlaganligidan darak beradi, chunki bu elementlar oksidlanganda (yonganda) juda ko’p issiqlik hosil bo’ladi. Kremniy va marganes esa ham havo kislorodi, ham temir (II) oksid kislorodi hisobiga oksidlanadi:

Yüklə 51,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə