Reja: Po’lat ishlab chiqarish



Yüklə 51,32 Kb.
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü51,32 Kb.
#165921
1   2   3   4   5   6
FeO+Mn=Fe+MnO+Q
2FeO+Si=2Fe+SiO2+Q
3FeO+2Al=3Fe+Al2O3+Q
Qaynaydigan po’lat hosil qilish uchun esa ferromarganesning o’zi ishlatiladi va bunda temir suyuq po’latdagi temir (II) oksidning bir qismidangina qaytariladi.
Qaynamaydigan po’lat to’la qaytarilgan, qaynaydigan po’lat esa chala qaytarilgan po’lat deb ham ataladi.
FeO dan Fe ni qaytarishda ferromarganes va ferrosilitsiy suyuq po’lat konvertorning o’zida qo’shiladi, alyuminiy kukuni esa po’lat konvertordan kovshga quyilayotganda metall oqimiga qo’shib yuboriladi, chunki alyuminiy kukuni konvertordagi po’latga qo’shilsa, yengil bo’lganligi uchun, suyuq metallga aralashma olmay, uning betida qoladi va kutilgan natijani bermaydi.
Bessemer jarayoni, oksidsizlantirish davri bilan birga, 15-20 minut davom etadi. Bessemer konvertorning sig’imi 10 dan 45 tonnaga yetadi va unumdorligi juda yuqori bo’ladi – sutkasiga 80 martagacha po’lat olish imkon beradi.
Bessemer usulining kamchiligi shundan iboratki, bu usulda ko’p oltingugurt va fosforli cho’yanlardan sifatli po’lat olib bo’lmaydi, shuningdek, ko’p (10-12%) metall kuyundiga chiqib ketadi.
Kichik bessemerlash usuli. Bu usuli mashinasozlik zavodlarining quymakorlik sexlarida 1885-yildan qo’llanila boshladi. Kichik bessemerlash usulining katta bessemerlash usulidan farqi shuki, bunda konvertorning sig’imi kichik (0,5 dan 2,5 tonnagacha) bo’ladi, havo konvertorning yon tomonidagi teshiklardan 1,25-1,50 atm bosim ostida haydaladi va qattiq cho’yan hamda 20 dan 70% gacha temir-tersakdan ham foydalanishga imkon beradi. Ammo bunda qattiq cho’yan va temir-tersak vagrankada oldindan suyuqlantirib olinadi. Kichik bessemerlash usuli har xil po’lat quymalar hosil qilish uchun, oz bo’lsa-da, ammo arzon va o’ta suyuqlantirilgan po’latlar olishga imkon beradi.
Konvertorga suyuq metall quyilib, konvertor ish vaziyatiga keltirilganda furmalar orqali kirayotgan havo tarkibidagi kislorod birin-ketin temir, kremniy va marganesni oksidlaydi (yondiradi). Kremniy va marganesning yonishi hisobiga metallning harorati ko’tarilib, uglerodning yonishi uchun qulay sharoit tug’iladi va uglerod yonadi:
C+FeO=CO+Fe-Q
Hosil bo’lgan CO suyuq metalldan chiqayotib, konvertorga kirayotgan havo kislorodi bilan to’qnashadi va unda yonib, CO2 hosil qiladi, natijada ko’p miqdor issiqlik ajralib chiqadi:

Yüklə 51,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə