Reja: Po’lat ishlab chiqarish



Yüklə 51,32 Kb.
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü51,32 Kb.
#165921
1   2   3   4   5   6
Si+O2=SiO2+Q
Si+2FeO=SiO2+2Fe+Q
2Mn+O2=2MnO+Q
Mn+FeO=MnO+Fe+Q
Bu reaksiyalar natijasida hosil bo’lgan oksidlar o’zaro ta’sir etib, shlak hosil qiladi:
MnO+SiO2=MnO·SiO2
Shlak
FeO+SiO2=FeO·SiO2
Shlak
Shu bilan birinchi davr (bu davr 2-3 minut davom etadi) tugab, ikkinchi davr boshlanadi.
Ikkinchi davr. Bu davrda cho’yan tarkibidagi uglerodning ma’lum qismi ham temir (II) oksid kislorodi, ham havo kislorodi hisobiga oksidlanadi (yonadi):
C+FeO=CO+Fe-Q
2C+O2=2CO+Q
Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, uglerodning FeO hisobiga oksidlanishida issiqlik yutiladi, natijada konvertor ichidagi harorat bir oz pasayadi, ammo bunda metall sovimaydi, chunki temirning oksidlanishidan hosil bo’lgan issiqlik yutilgan issiqlikdan ortiqdir.
Uglerodning oksidlanishidan hosil bo’lgan CO konvertor og’zidan chiqayotganda atmosfera kislorodi hisobiga yonib, CO2 hosil qiladi:
2CO+O2=2CO2-Q
Bu reaksiya natijasida ko’zni qamashtirarli darajada yorqin alanga hosil bo’ladi. Bu alanganing balandligi 5 m dan oshadi.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, uglerod (II) oksid suyuq metalldan shu qadar shiddat bilan ajralib chiqadiki, suyuq metall qattiq qaynagandek bo’ladi va hosil bo’lgan CO ning yonishi 7-8 minut davom etadi. CO yona borgan sari alanga pasayib boradi va nihoyat, ko’rinmay qoladi. Shu bilan ikkinchi davr tugaydi va cho’yan po’latga aylangan bo’ladi. Shundan keyin konvertor gorizontal vaziyatga keltirilib, havo haydash to’xtatiladi. Ammo hosil bo’lgan po’latdan ko’p miqdor temir (II) oksid FeO erigan bo’ladi, FeO esa po’latning mexanikaviy xossalariga salbiy ta’sir etadi. Bunday po’lat qizdirilganda mo’rtlashadi, ya’ni qizarganda sinuvchan bo’lib qoladi va uni qizdirib bosim bilan ishlab bo’lmaydi.
Uchinchi davr. Bu davrda po’lat oksidsizlantiriladiki, ya’ni po’latdagi temir (II) oksiddan temir qaytariladi. Qaytaruvchilar sifatida marganes, kremniy va alyuminiy ishlatiladi. Marganes bilan kremniy suyuq po’latga ferroqotishmalar (ferromarganes va ferrosilitsiy) tarzida, alyuminiy esa kukun holida qo’shiladi.
Oksidsizlantirish sharoitiga qarab, qaynamaydigan yoki qaynaydigan po’lat hosil bo’ladi. Qaynamaydigan po’lat hosil qilish uchun, qaytaruvchilar sifatida ferromarganes, ferrosilitsiy va alyuminiy ishlatiladi, bunda quyidagi reaksiyalar natijasida FeO dan Fe qaytariladi:

Yüklə 51,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə