|
![](/i/favi32.png) Reja: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalariAxborotga bo’lgan ehtiyoj, axborotlashtirish1-MaruzaAxborotga bo’lgan ehtiyoj, axborotlashtirish.
Axborotning yetishmasligi
axborotga nisbatan ehtiyojni – biror soha to’g’risidan jamiyat tomonidan to’plangan
bilim va alohida bilimlar o’rtasidagi farqni anglashni keltirib chiqaradi. Ishlab
chiqarishni va insoniyatning barcha faoliyat sohasini axborot bilan to’ldirish jarayoni −
axborotlashtirish, deyiladi. Uzluksiz axborot bilan to’yintirish natijasida axborotlashgan
jamiyat yuzaga keladi.
Axborotlashgan jamiyat.
Bu jamiyatda barcha fuqarolar, tashkilotlar va
davlatning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun hamma sharoit yaratilgan
bo’ladi. Mehnat qiluvchilarning ko’pchiligi yoki axborot ishlab chiqarish, saqlash, qayta
ishlash va sotish bilan band bo’ladi yoki bu jarayonlarsiz ishlab chiqarish
majburiyatlarini bajara olmaydi. Bu shuni anglatadiki, bunday jamiyat fuqarolari
axborot madaniyatiga
ega bo’ladi. Ya’ni axborot bilan ishlashni, uni olish, qayta
ishlash va uzatish uchun axborot tizimlari va texnologiyalaridan foydalanishni biladilar.
Bu inson faoliyatining barcha jabhalariga oid boy bilimlar, ishonchli axborotlardan
to’liq va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni
joylarda tatbiq etishlishini anglatadi.
Axborot xususiyatlarini o’rganish, uni yig’ish, saqlash, qidirish, qayta ishlash,
o’zgartirish hamda inson faoliyatining turli sohalarida foydalanish va tarqatish bilan
shug’ullanadigan fan
informatika,
deb ataladi. Informatikaning asosiy vazifasi – davlat
boshqaruv organlarining, sanoat va tadbirkorlik hamda boshqa sohalardagi axborot
ehtiyojini qondirish uchun moddiy-texnik bazani yaratishdir.
Informatikaning uchta asosiy yo’nalishi mavjud:
Birinchi yo’nalish:
axborotni uzatish, yig’ish va qayta ishlashning texnik
vositalarini rivojlantirish nazariyasi bilan bog’liq. U o’z ichiga hisoblash
komplekslarini, lokal va global hisoblash tarmoqlari, aloqa nazariyasini olgan keng
ilmiy-ommaviy sohadir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|