Reja: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Axborotga bo’lgan ehtiyoj, axborotlashtirish



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#138636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Maruza

Axborotga bo’lgan ehtiyoj, axborotlashtirish.
Axborotning yetishmasligi 
axborotga nisbatan ehtiyojni – biror soha to’g’risidan jamiyat tomonidan to’plangan 
bilim va alohida bilimlar o’rtasidagi farqni anglashni keltirib chiqaradi. Ishlab 
chiqarishni va insoniyatning barcha faoliyat sohasini axborot bilan to’ldirish jarayoni − 
axborotlashtirish, deyiladi. Uzluksiz axborot bilan to’yintirish natijasida axborotlashgan 
jamiyat yuzaga keladi.
Axborotlashgan jamiyat.
Bu jamiyatda barcha fuqarolar, tashkilotlar va 
davlatning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun hamma sharoit yaratilgan 
bo’ladi. Mehnat qiluvchilarning ko’pchiligi yoki axborot ishlab chiqarish, saqlash, qayta 
ishlash va sotish bilan band bo’ladi yoki bu jarayonlarsiz ishlab chiqarish 
majburiyatlarini bajara olmaydi. Bu shuni anglatadiki, bunday jamiyat fuqarolari 
axborot madaniyatiga
ega bo’ladi. Ya’ni axborot bilan ishlashni, uni olish, qayta 
ishlash va uzatish uchun axborot tizimlari va texnologiyalaridan foydalanishni biladilar. 
Bu inson faoliyatining barcha jabhalariga oid boy bilimlar, ishonchli axborotlardan 
to’liq va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni 
joylarda tatbiq etishlishini anglatadi. 
Axborot xususiyatlarini o’rganish, uni yig’ish, saqlash, qidirish, qayta ishlash, 
o’zgartirish hamda inson faoliyatining turli sohalarida foydalanish va tarqatish bilan 
shug’ullanadigan fan 
informatika,
deb ataladi. Informatikaning asosiy vazifasi – davlat 
boshqaruv organlarining, sanoat va tadbirkorlik hamda boshqa sohalardagi axborot 
ehtiyojini qondirish uchun moddiy-texnik bazani yaratishdir. 
Informatikaning uchta asosiy yo’nalishi mavjud: 
Birinchi yo’nalish:
axborotni uzatish, yig’ish va qayta ishlashning texnik 
vositalarini rivojlantirish nazariyasi bilan bog’liq. U o’z ichiga hisoblash 
komplekslarini, lokal va global hisoblash tarmoqlari, aloqa nazariyasini olgan keng 
ilmiy-ommaviy sohadir. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə