Reja: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#138636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Maruza

Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati, 
axborotning asosiy tavsifi, axborotning sintaktik, 
semantik va progmatik o’lchovlari.
 
«Axborot»
so’zi lotincha
«information»
so’zidan olingan bo’lib, biror ish
holati yoki kishi faoliyati haqida ma’lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi 
ma’lumot, degan ma’nolarni anglatadi. 
Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi. Ayni 
paytda uning miqdoriy tavsifini, ya’ni texnik–iqtisodiy va falsafiy, shuningdek, 
gnoseologik (axborot anglash vositasi sifatida), kibernetik kabi bir qator jihatlarini 
farqlaydi. 
1. Falsafiy nuqtai-nazaridan axborot ongga nisbatan ikkinchi darajali deb 
qaraladi. Ong ham o’z navbatida borliqqa nisbatan ikkinchi darajali. Shundan kelib 
chiqqan holda, axborot signallarni tartibga solingan ketma-ketlik obrazi deyish 
mumkin. Aniqroq aytganda, semantikaga (mazmun, mohiyatli) ega, fikr tashuvchi 
bo’lishi kerak.
Axborotning moddiy tashuvchisi axborotni uzatish va saqlashni aks 
ettirgandagina axborot mavjud bo’ladi, aks holda borliq axborotsiz qoladi.
Shunday qilib, axborot moddiy tashuvchining uzviy mazmuni va mohiyati sanaladi. 
2. Kibernetik nuqtai-nazaridan, tirik organizm, avtomatik harakatlanuvchi 
mashina yoki inson-mashina tizimi tomonidan amalga oshirilgan har qanday jarayonda 
(ongli yoki ongsiz ravishda) axborot yuzaga kelishi, uni qabul qilish, uzatish, qayta 
ishlanishi yuz beradi. Ayni paytda keladigan axborot signallari obyektining tashqi 
ta’sirlarga bo’lgan reaksiyasini ishlab chiquvchi signallarga aylantiriladi.
Signallarni uzatish va axborotni qayta ishlash materiya yoki energiyaning borliq 
va vaqtda harakatlanishi hamda obyektlar yoki muhitlarning o’zaro aloqasini, 
tarkibining o’zgarishini yuzaga keltiruvchi har qanday jarayonlar yordamida amalga 
oshirilishi mumkin.


3. Axborot nazariyasida ko’pincha «axborot miqdori» tushunchasidan 
foydalaniladi. Bunda asosan shu narsa anglashiladiki, axborot– bu axborot olinguncha 
va olingandan so’ng mumkin bo’lgan javoblar sonining funksiyasi ekanligi ta’kidlanadi. 
Axborot harakatlanishi undagi mavhumlikni (noaniqlikni) bartaraf etishdan iborat. 
4. Informatika nazariyasida saqlash, qayta tuzish va uzatish obyekti sanalgan 
barcha ma’lumotlar axborot deb yuritiladi. Bunday hollarda axborot, boshqaruv 
maqsadida uni qayta tashkil etish nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. 
5. Iqtisodiy – ho’jalik faoliyatida axborot deganda, keng ma’noda, atrof muhit 
to’g’risidagi har qanday ma’lumotlar tushuniladi. Bu ma’lumotlar atrof-muhit bilan 
o’zaro aloqadan, unga moslashishdan va uning o’zgarishi jarayonidan olingan bo’lishi 
mumkin.
Iste’molchi nuqtai nazaridan, 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə