Reja: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#138636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Maruza

axborot - 
bu eng oxiridagi foydalanuvchi 
tomonidan olingan tushunchalar va foydali deb baholangan yangi ma’lumotdir. 
Yuqorida qayd etilganlarni izohlagan holda, axborotga quyidagicha ta’rif 
keltirish mumkin. 
Axborot -
bu, yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga 
aylangan, bilimlar noaniqligi, to’liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda o’g’zaki, 
yozma yoki boshqa usullar (shartli signallar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va 
hokazo) orqali ifodalash mumkin bo’lgan atrof-muhit(obyektlar, voqyea-xodisalar) 
to’g’risidagi ma’lumotlardir. 
Mazkur yo’nalishda quyidagilar muhim sanaladi: 

axborot - bu har qanday ma’lumot emas, balki u mavjud noaniqliklarni 
kamaytiruvchi yangi bir ma’lumotdir; 

axborot uni yaratuvchidan tashqarida mavjud bo’ladi, u o’z yaratuvchisidan 
uzoqlashgan, inson tafakkurida aks etgan bilimdir; 

axborot xabarga aylandi, chunki u belgilar ko’rinishida ma’lum bir tilda 
ifodalanadi; 

xabar moddiy tashuvchiga yozib qo’yilishi mumkin(xabar axborotni uzatish 
shaklidir); 

xabar uning muallifi ishtirokisiz aks ettirilishi mumkin; 

u jamoat kommunikasiyasi kanallari orqali uzatiladi; 



Axborot tashkilot uchun quyidagi imkoniyatlarni beradi: 

tashkilotning strategik, taktik va tezkor maqsad hamda vazifalarini belgilash; 

tashkilotning, bo’linmalarning joriy holatini, ulardagi jarayonlarni nazorat qilish; 

asosli va o’z vaqtidagi qarorlarni qabul qilish;

maqsadga erishishda bo’linmalar ishini muvofiqlashtirish. 
Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining turli 
sohalarida keng qo’llanimoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va hayotga keng tadbiq 
etishdan maqsad – jamiyat va inson butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi 
muammolarini hal etishdir.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo’lgan sohalarda boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan to’liq 
va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni hamma 
joylarda tatbiq etish tushuniladi. Bundan shu narsa nazarda tutilmoqdaki, zamonaviy 
axborot tizimlari va texnologiyalarini hamma joyga tatbiq etish qabul qilinajak qarorlar 
samarasini oshiradi. Bu faqat milliy iqtisod rivojlanishining iqtisodiy ko’rsatkichlari 
o’sishinigina emas, balki ayni paytda ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish joylarini 
tashkil etish, aholining turmush darajasini oshirish, atrof–muhitni muhofaza qilishga 
yo’naltirilgan fundamental va amaliy fanlarda sifatli ilmiy yutuqlarga erishishni ham 
ta’minlaydi.
Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan 
iqtisod shakliga aylanmoqda. Ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan 
o’rni tobora yuksalib, ular stragegik resursga aylangan. Dunyoda jamg’arilgan axborot 
va bilimlarning 90 % so’nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar 
hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan
ta’limda ham axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng ko’lamda samarali 
foydalanishni talab etmoqda.
Axborot xuddi an’anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo’lgan 
resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida 
davlatlarning strategik imkoniyatini, shuningdek mudofaa qobiliyatini ham belgilab 
beradi, deyishga jiddiy asos bor.


Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanish jarayonida ular mehnat
moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo’ladi. Ayni paytda 
axborot boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni asrab-
avaylashga ko’maklashuvchi yagona resurs turidir.
Shunday qilib, axborot resurslari zamonaviy axborotlashgan jamiyatda ishlab 
chiqarishning asosiy qismi bo’libgina qolmay, balki milliy daromad manbai sifatida 
tovar hamdir.
XXI asrga kelib, insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlarning 
ishlab chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy ishlab chiqarish sohasidan 
mehnat resurslarining og’ishmay axborotlar sohasiga aylanib borishi tendensiyasi 
tobora yaqqol sezilmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish sur’ati 
o’sishi va rivojlanishi natijasida qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur 
bo’lgan axborot hajmi oshib borayapti. Bu o’sishni avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, 
texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarida kuzatish mumkin.
Axborot tanqisligi bilan bog’liq bo’lgan boshqaruv xatolari juda qimmatga 
tushadi. Ayni paytda, boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligi, ilg’or 
texnologiyalarni ishlab chiqish hamda foydalanish bo’yicha eng ko’p xborotga ega 
bo’lgan tizim yutib chiqmoqda.
Mutaxassislar, birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib borishini, 
sanoat rivojlanishi sharoitida, bozor iqtisodi samaradorligining asosiy shartlaridan biri 
deb hisoblaydi. Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sohalari u yoki 
bu ma’noda axborot bilan bog’liq bo’lib ish bilan band bo’lganlarning 40-60 % ni 
tashkil etadi. Axborot xizmatlari jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadining 
10% ni tashkil qilmoqda. Uning 90% AQSh, Yaponiya va G’arbiy Yevropa hissasiga 
to’g’ri keladi. 
Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati rivojlangan 
barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni o’z foydalanuvchilariga yetkazishning 
usullari va vositalarini ishlab chiqish hamda joriy etish jadal sur’atlarda olib 
borilmoqda. Bu − axborot tizimlari va texnologiyalari sanoatini yaratishda o’z 
aksinitopgan. 



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə