Reja: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#138636
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
1-Maruza

kodlashtirishni 
anglatadi. 
Ma’lumotlar.
Axborot iste’molchiga yetib borguncha bir qator o’zgarishlarga 
uchraydi. Oraliq bosqichlarda xabarning mohiyatiga ko’ra xususiyati ikkinchi darajaga 
tushib qoladi. Natijada «axborot» tushunchasi nisbatan cheklangan «ma’lumotlar» 
tushunchasi bilan almashtiriladi. Shuning uchun ham ma’lumotlarni axborotning 
kompyuterdagi tasviri deb aytish mumkin. 


Ma’lumotlar bir-biri bilan o’zaro bog’langan dalil va raqamlar, fikrlar to’plamini 
ifodalaydi. Axborot va ma’lumotlar o’rtasidagi farq ta’kidlanmaydigan hollarda ular 
anonim sifatida ishlatiladi. 
Hujjat, hujjat aylanishi
. Axborot tizimi doirasida har qanday tashkilot hujjat va 
hujjat aylanishi ishiga duch keladi. 
Hujjat 
– bu ma’lum bir qoidaga ko’ra 
rasmiylashtirilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan qog’oz, ovoz yoki electron 
shakldagi axborot xabaridir. 
Hujjat aylanishi
hujjatlarni yaratish, izohlash, uzatish, 
qabul qilish va arxivlashtirish, shuningdek ularning ijrosini nazorat qilish hamda ularni 
ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash tizimidir. 
Axborot jihatlari
. Axborotni uchta asosiy jihatdan ko’rib chiqish mumkin, ya’ni, 
pragmatik, semantik va sintaksis
tomonidan. Axborotni aynan shu jihatlardan ko’rib 
chiqish avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Pragmatik jihat
axborotlarni amaliy jihatdan foydaligi, iste’molchi uchun qanchalik 
qimmatli ekanligi va qaror qabul qilishdagi ahamiyati nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi. 
Axborotni pragmatik o’rganish boshqaruvning turli darajalarida qarorlar qabul qilish 
uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar tarkibini aniqlash, ko’rsatkichlar va hujjatlarning 
unifikasiyalashtirilgan tizimini ishlab chiqish imkonini beradi.
Semantik jihat
axborotlarni o’rganishda axborotning mohiyatini ochish va uning 
elementlarining mazmunan ahamiyati o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatish imkonini 
beradi. Ushbu jihat axborot qismlari o’rtasidagi bog’liqliklarni ko’rib chiqadi. Mazkur 
darajada axborot majmuining tashkil bo’lish qonuniyatlari (rekvizitlardan 
ko’rsatkichlar, ko’rsatkichlardan hujjatlar shakllantirish) tadqiq etiladi. Axborotning 
miqdoriy bahosi ushbu darajada axborotning shakllanish jarayonini bayon etish, 
hujjatlar harakatlanishining oqilona yo’nalishini hamda ularni qayta ishlashning 
texnologik variantini tanlash imkonini beradi. Xullas, axborotni turli jihatlarida 
o’rganish ularning tartibi va tarkibini, paydo bo’lish qonuniyatini, hajm, vaqt va sifat 
jihatidan tavsifi (to’liqligi, shonchligi, eskirmaganligini), aniqlash, shuningdek axborot 
olish, qayta ishlash, himoya qilish imkonini beradi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə