Reja: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#138636
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-Maruza

2
24
-1=16777215
ga teng. Bundan ko’rinib turibdiki, mantissa 8 tadan 
ortiq o’nli raqamli haqiqiy sondan iborat bo’la olmaydi. Kompyuter hisoblash 
jarayonida mantissadagi ortiqcha raqamlarni tashlab yuboradi. Shuning uchun haqiqiy 
sonlar bilan bajariladigan barcha hisoblashlar har doim taqriban hisoblanadi. 
Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. 
REJA: 
1.
 
Kompyuter turlari. 
2.
 
Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va strukturasi, kiritish va 
chiqarish qurilmalari. 
3.
 
Axborotlarga ishlov berish qurilmalari va ularning tasnifi. Imkoniyati 
cheklangan shahslarning kompyuterdan foydalanishi. 
4.
 
Protsessor texnologiyasi. 


Tayanch iboralar: dastlabki Elektron hisoblash mashinasi, EHM avlodlari, shaxsiy 
kompyuterlar, kompyuter turlari, kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari: 
monitor, klaviatura, protsessor va uning ichki qurilmalari, sichqoncha; printer, skaner, 
modem, faks-modem, proyektor (doskasi), veb-kamera, UPS, XUB, kolonkolar (ovoz 
kuchaytirgich), mikrofon, naushnik, disk yurituvchu (CD va DVD ROM), CD va DVD 
disklar, flеsh disk. 
Hozirgi vaqtda inson xayotiga kompyuter jadal kirib kelmoqda. Kompyuter ish 
yuritishni osonlashtiradi, yangi xujjatlar va har xil matnlarni tez va sifatli tayyorlash va 
taxlil qilish, telefon aloka orqali axborotlar bilan almashish, murakkab xisob kitoblarni 
tez bajarish va ishlab chiqarish jarayonini osonlashtiradi. Yakin kelajakda kompyutersiz 
xayotimizni tasavvur qilib bulmaydi. Shuning uchun har bir kishiga tushunarli bo‘lgan 
kichik hajmdagi bilimlar juda kerak bo‘ladi.
Inson xisoblay boshlashidagi dastlabki xisoblash vositasi bo‘lib odamlarning 
barmoqlari xizmat kilgan. Ammo ular yordamida faqat sanash ishlarni bajargan (sabab 
barmoqlar soni cheklangan). Shuning uchun asta sekin sun’iy xisoblash vositalari 
vujudga kela boshlagan. Ulardan birinchilari bo‘lib toshlar va tayokchalar bo‘lgan. 
Sungra abak (grek, misrlik, rimlik, xitoylik suan-pan va yaponlik soroban), Neper 
tayokchalari, rus schyotlari vujudga kelgan.
Ammo odamzod, uziga uxshash mexanik mashinani - yordamchini (robotni) 
yaratish orzusi bilan yashab kelgan edi. 1623 yilda nemis olimi Vilgelm Shikard (1592-
1636) tomonidan ixtiro qilingan mexanik moslama mexanik xisoblash mashinalar 
davrini boshladi. Ammo Shikard mashinasi xam aslida birinchi bo‘lmagan, chunki 
buyuk italiyalik rassom, olim va matematiki Leonardo da Vinchining nashr etilmagan 
kulyozmasida 13-ta raqamli sonlarni kushi shva ayirish amallarni bajaruvchi mexanik 
moslamaning chizmasi topilgan. Shuni aytish lozimki Leonardo da Vinchi xamda 


Vilgelm Shikard moslamalari xayotda qo‘llanilmagan bo‘lib qolgan. Mexanik xisoblash 
mashinalarni yaratilish tarixining dastlabki sahifalaridan biri fransuz faylasufi, 
yozuvchisi, matematiki va fiziki Bleyz Paskal (1623-1662) nomi bilan boglik. U 1642 
yilda birinchi jamlovchi (qo‘shish va ayirish) mashinani yaratdi. 1673 yilda esa boshqa 
olim nemis Gotfrid Vilgelm Leybnis (1646-1716) 4-arifmetik amalni bajaruvchi 
mashinani yaratdi. XIX asrdan boshlab bu mashinalarga uxshash mashinalar juda kup 
qo‘llanar edi. 1820 yilda Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator - 
ARIFMOMETR yaratildi.
1885 yilda amerikalik ixtirochi Uvilyam Barrouz klaviatura va qog‘ozga 
pechatlash uskunalardan iborat arifmometrni yaratdi. 
Universal avtomatik xisoblash mashinani yaratish goyasi va loyixasi Kembridj 
universitetining profesori Charlz Beybidjga (1792-1871) mansubdir. Uning loixasi 
bo‘yicha bu mashina xotira qismi, xisoblash qismi, boshqarish qismi va chiqarish 
qismiga ega bo‘lishi shart edi.
XIX asrning oxirida va XX asrning urtalarida fan va texnikaning barcha 
sohalarida juda kuplab kashfiyotlar va ixtirolar kilindi. Bu kup mexnat talab qiladigan 
mashinalarni yaratishga zarurat paydo kildi. Beybidjning loyixasi asosida kup olimlar 
mashinalar yaratishga harakat kilgan. 1988 yilda amerikalik injener German Xollerit 
birinchi elektromexanik xisoblash mashinani - TABULYaTORNI yaratdi. Ushbu 
mashina rele asosida ishlagan bo‘lib perfokartalarda yozilgan ma’lumotlar bilan ishlay 


olar edi. 43-ta Xollerit tabulyatorlari 1890 yilda bo‘lib utgan 11-chi Amerika axolini 
ruyxatdan o‘tkazishda ishlatilgan.
1930 yilda amerikalik olim Vannevar Bush tomonidan kompyuterning katta 
elektromexanik analogi - DIFFERENSIAL ANALIZATORI yaratilgan. Ushbu 
mashinada ma’lumotlarni saqlash uchun elektron lampalar qo‘llanilgan. 1941 yilda 
nemis injeneri Z3 nomli birinchi bo‘lib dasturlarda ishlovchi xisoblash mashinani 
yaratdi. 1943 yilda Buyuk Britaniya maxfiy laboratoriyalarida Alan Tyuring 
boshchiligida elektron lampalarda ishlovchi Koloss nomli birinchi EXM (elektro 
xisoblash mashinasi) yaratildi. 1944 yilda AKShning harbiylari uchun amerikali injener 
Govard Eyken elektromexanik rele asosida ogirligi 35 tonnali EXM yaratdi. Bu 
mashinani nomi MARK-1 edi. Lekin uning tezligi shu zamon talablariga javob bermas 
edi. 1946 yilda amerikali olimlar Djon Mochli va Prespera Ekerta birichi universal 
to‘liq elektron hisoblash mashinani yaratdilar. Ushbu mashina elektron lampalar asosida 
ishlar edi va uning nomi ENIAC edi. U MARK-1 dan ming marta tezkorrok edi, leykin 
uning xam kamchiliklari bor edi: ogirligi - 30 tonna; uzunligi 170 kvadrat metr xonani 
egallar edi; tarkibida 18 000 elektrolampalar bor edi; ishlash jarayoni juda murakkab va 
bu mashina juda tez ishlamas edi (sekundiga 300 kupaytirish yoki 5000 qo‘shish 
amallari bajarishi mumkin edi). Shu kamchiliklarni bartarab qilish uchun olimlar juda 
kup mexnat kilar edi. Birinchi EXM lar avlodi lampali deb nomlanadi. 1947 yilda 
BELL laboratoriya xodimlari V. Shokli, J. Bardin iva V. Berteyn tomonidan birinchi 
tranzistor kashf etildi. 1948 yildan esa elektron lampalar o‘rniga kashf etilgan 
tranzistorlar qo‘llana boshlandi va shuning uchun 2 avlod EXM lari tranzistorli deb 
nomlangan. 1949 yilda Djey Forrester tomonidan magnitli xotira uskunalari yaratildi va 
shu yilda Kembridj universitetida birinchi xotiraga ega EXM - EDSAC nomli EXM 
yaratildi. 1959 yilda Robert Noys (INTEL firmani aratgan odam) bitta plastinada bir 


nechta tranzistorlarni joylashtirib integral sxemalar yoki chiplarni yaratgan. 1968 yilda 
Burroughs firma tomonidan integral sxemalarda ishlaydigan birinchi kompyuterni 
chiqardi va shuning uchun uchinchi EXMlar avlodi katta integral sxemali deb 
nomlanadi. Shu yilda amerikali injeneri Duglas Endjelbart xozirgi sichqoncha qurilma 
vazifasini bajaruvchi uskunani yaratdi. 1970 yildan boshlab INTEL firma xotiraning 
integral sxemalarni chiqara boshladi. Shu firmada ishlagan Marshian Edvard Xoff shu 
yilda mikroprosessorni kashf etgan (bita kremniy chipda bir nechta integral sxemalarni 
joylashtirdi). Shu yildan boshlab mikroprosessorlarda ishlovchi turtinchi EXMlar avlodi 
boshlandi, ular kichik integral sxemali avlod deb nomlanadi.
1973 yildan boshlab EXM tarixining yangi sahifasi, personal kompyuterlar 
sahifasi boshlandi. Shu yilda fransiyadagi Truong Trong Ti firma tomonidan birinchi 
personal kompyuter yaratildi. Shu bilan birga 1973 yilda dunyoga tanikli XEROX firma 
tomonidan Alto nomli shaxsiy kompyuter yaratilgan. Ushbu kompyuterda birinchi 
bo‘lib fayllar va dasturlarni oynalar ko‘rinishda ochish prinsipi qo‘llanilgan.
1977 yilda Apple Computer firma tomonidan Apple-II nomli shaxsiy 
kompyuterlar ommaviy ravishda chiqarila boshlagan. Ushbu kompyuterlar plastmass 
korpus, klaviatura va displeyga ega bo‘lgan. 
1980 yilda Osborne Computer firma birinchi portativ kompyuterlarni chiqara 
boshladi. Ushbu kompter ogirligi 11 kg, juda kichkina hajmga ega bo‘lgan va narxi atigi 
1795 dollar bo‘lgan. 
1981 yildan boshlab IBM (International Business Machines) firma tomonidan 
personal kompyuterlar seriyalab chiqara boshlandi va butun dunyoga sotila boshlandi. 
Shundan beri kompyuter xayotimizda mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning 
eng zamonaviy vositasiga aylandi va butun dunyoga tanikli bo‘ldi. Shuning uchun 
personal kompyuterlar standarti shu kompyuter nomi bilan nomlanadi - IBM PC 
(personal computer).
Shaxsiy kompyuterning umumiy ko‘rinishi, uning qurilmalari
Kompyuter o‘zi nima? Kompyuter bu insoniyatning eng ajoyb kashfiyotlaridan 
biridir. Xozirgi kunda kompyuter xayotimizning barcha sohalariga shiddat bilan kirib 
bormoqda. Agar boshida personal kompyuter asosan ma’lumotlarni saqlash va ularni 


qayta ishlash uchun foydalangan bo‘lsa, xozirgi kunda esa kompyuterlar audio, video va 
chizmachilik ma’lumotlar bilan ishlash uchun keng foydalanadi. Kelajakni uningsiz 
tassavur qilish mumkin emas.
Kompyuterning asosiy qismlari:
Sistema bloki. Kompyuterning asosiy qismi bo‘lib, 
uning ichida ona platasi, mikroprosessor, kattik disk 
(vinchester), tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, har xil 
tashqi qurilmalar ishini boshqaradigan elektron sxemalar 
(kontrollerlar yoki adabterlar), elektr ta’minlovchi blok 
va disk yurituvchilar bor. Bu qism bilan biz keyingi mavzularda yaqinroq tanishamiz.
Monitor - displey yoki ekran. Ma’lumotlarni ekran orqali foydalanuvchiga 
chiqarish qismi. Monitorlar diogonal 
uzunligi 14 - 27 dyuymgacha) va 
nuktalar urtadagi masofa (0,25 - 0,39 
milimetgacha) 
bilan 
farqlanadi. 
Bundan 
tashqari 
monitorlar rangli va monoxrom (2 
rangli) 
bo‘ladi. 
Qancha monitorda diogonal uzunligi 
katta bo‘lsa, shuncha shu monitor kuprok ma’lumotlarni kusata oladi. Qancha nuktalar 
urtasidagi masofa kichkina bo‘lsa, shuncha ekrandagi ma’lumotlar anik holda kurinadi
Klaviatura. Ma’lumotlarni kiritish 
qismi. Klaviaturalar tugmalar soni (101-
109 
tugmali) 
bo‘yicha 
farqlanadi.Klaviatura bilan biz keyingi mavzularda yaqinroq tanishamiz.
Sichqoncha. 
Amallarni 
tanlash qismi. Sichqonchalar 
tugmalar soni (2 va 3 tugmali) va ishlash holatlari 
(trekbol 
va 


sensor panel) bo‘yicha farqlanadi.
Printerlar. Ma’lumotlarni bosmaga chiqarish 
qismi. Printerlar lazer, matrisali (ignali) va sepuvchi 
turlari bor. Har biri ishlash holati, tezligi, bosmani 
sifati va narxi, xamda ranglar bo‘yicha farqlanadi. 
Matrisali printerlar pechatlash moshinaga uxshagan 
holda ishlaydi. Qog‘oz va ignali qurilma urtasida kora rangli lenta joylashadi va ignalar 
lentaga urganda qog‘ozda nuktalar paydo bo‘ladi. Bu printerlar narxi urtacha, ular juda 
sekin va shovkin ishlaydi, bosmani sifati juda past, rangsiz, leykin bosmani narxi juda 
arzon. Ishlash vaqtida kraskalangan lenta kerak bo‘ladi. Sepuvchi printerlarda qog‘oz 
ustidan kraska joylashgan qurilmalar harakatlanadi va kerakli joyda kraska bilan nuxta 
koldiriladi. Sepuvchi printerlar narxi past, ular urtacha tezligda va urtacha shovkin bilan 
ishlaydi, bosmaning sifati urtacha, rangli bo‘lishi mumkin, bosmani narxi kimat. Ishlash 
vaqtida kraskalar kerak bo‘ladi. Lazer printerlarni pechatlashi kserokslar ishlashiga 
uxshash holda bo‘ladi. Qog‘oz magnitlangan qurilma ustidan utib kerakli joylar 
magnitlanadi, keyin maxsus poroshok joylashgan qurilma tagidan utib magnitlangan 
joylarga poroshok yopishadi va keyin issik qurilma ustidan qog‘oz utib shu poroshok 
eridi va nukta hosil qilinadi. Lazer printerlar narxi baland, ular yuqori tezligda va 
shovkinsiz ishlaydi, bosmaning sifati yuqori, rangsiz, bosmaning narxi urtacha. Ishlash 
vaqtida poroshok kerak bo‘ladi.
Modem. Ma’lumotlar bilan telefon aloka orqali almashish qismi. 
Modemlar tezligi (2400 bit sekunddan - 33600 bit sekundgacha) 
bo‘yicha farqlanadi. Telefonda hamma ma’lumotlar tovush holatida 
bo‘ladi, kompyuterda esa raqamlar holatida. Shuning uchun bitta modem raqamlarni 
tovush holatiga o‘tkazadi, ikinchisi esa tovushlarni raqamlarga o‘tkazadi. Bu holat 
modelirovaniye va demodulirovaniye deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM 
deb nomlangan.
Skanerlar. 
Tasvir 
va 
matn 
ma’lumotlarni kompyuterga kiritish qismi. 


Skanerlar rangli va rangsiz bo‘ladi. Ular tasvirlarni olish sifati bo‘yicha farqlanadi.
Aktiv kolonkalar. Musika va har xil tovushlarni chiqarish qurilmasi. Aktiv 
kolonkalar dinamiklar soni (1 yoki 2 dinamikli) bo‘yicha farqlanadi. va xokazo.
Proyektorlar va ekranlar ma’lumotlarni yirik 
o‘lchamda 
tasvirlash 
uchun 
ishlatiladigan 
qurilmalardir. Unda tasvir o‘lchami ekranda yirik 
holatda aks ettiriladi. Bu qurilmalar kompyuter bilan birgalikda 
foydalanishga 
mo‘ljallangan 
bo‘lib, 
ko‘proq 
katta 
auditoriyalarda va zallarda hamda turli majlislarda prezintasiya 
va 
videoroliklarni namoyish qilish uchun ishlatiladi.
Videoproyektor kompyuter va shunga o‘xshash namoyish 
vositalarining alohida qo‘shimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda 
tasvirlash uchun mo‘ljallangan. 
Ekran - videoproyektor orqali yoritilayotgan materiallarni o‘zida tasvirlovchi 
element. 
Kamera (web-kamera) – kompyuter 
xotirasi kichik lavhalarni, tasvirlarni va 
suratga olish, rasm tushirish uchun mo‘ljallangan qurilma. 
Sistema bloki 
SISTEMA BLOKI: sistema bloki quyidagilarni o'z ichiga oladi:


1. Ona PLata(MB-Mother Board).
2.Mikroprotsessor(CPU-Central Protsessor Unit).
3.Operativ(tezkor) xotira (RAM-Random Access Memory).
4.Qattiq disk(doimiy xotira) (HDD- Hard Disk Drive).
5. Videoxotira(Videokarta)(VGA-Video Graphic Adapter).
6 Blok Pitaniya (ATX).
7. Diskovot (DVD-RW, Floppy).... 
Qachonki kompyuterni yoqganimizda Blok pitaniyadan Motherboardga va HDD 
ga hamda Kuller(vintilyator)ga 12,5,3 voltli toklar keladi. Motherboardga kelgan tok 
yordamida Mikroprotsessor shu Motherboardning registorida(o'zini xotirasida) 
joylashgan BIOS dasturiga boradi va uni buyruqlarini bajara boshlaydi. BIOS asosan 
qurilmalarni tekshirish uchun ishlatiladi. Qurilmalar ishga soz xolatda ekanligini 
bilgach, Microprotsessor CMOS xotiradagi Qattiq diskni Operatsion tizim yuklanuvchi 
fayli BOOT.exe joylashgan sektoriga ko'rsatkich orqali qattiq diskga yetib boradi va 
operatsion tizimni ishga tushiradi. 
Operatsion tizimni ishga tushirishda uning eng asosiy qismlarini operativ xotiraga 
qattiq diskdan yuklab oladi, so'ng shu qismlaridagi buyruqlarni birma bir bajaraveradi. 
Qachonki siz biror dasturni ishga tushirganingizda sichqonchani dastur ustida 
bosishingiz mikroprotsessor uchun operatsion tizimning yangi bir "Dasturni och!" 
buyrug'ini bajarishiga turtki bo'ladi. Dasturni ochishda shu dastur joylashgan qattiq 
diskdagi sektorga mikroprotsessor yetib boradi va u yerdan ham dasturning kerakli 
qismlarinigina olib chiqadi, hamda ularni ham operativ xotiraga joylab qo'yadi. Shunda 
operativ xotirada ham operatsion tizimning o'zini kerakli qismlari ham dasturni kerakli 
qismlari yuklanadi. siz dasturda ishlash jarayonida yana bir boshqa buyruq bersangiz, 
masalan "natijani xotirada saqla!" - mikroprotsessor borib, dasturni saqlash uchun 
ishlatiladigan qismini chaqirib keladi va uni ham operativkaga yuklaydi. so'ng uni 
buyrug'i bo'yicha siz hosil qilgan hujjatni olib, qattiq diskga boradi va uni biror joyiga 
shu hujjjatni yozib qo'yadi. Hujjat ayni qaysi dasturga tegishli ekanligini keyingi 
kelishlarda bilishlik uchun hujjat ortiga dasturning mahsus kengaytmasini (masalan 
Microsoft office word 2007 dasturida bu kengaytma "docx")nuqtadan keyin yozib 


qo'yadi, 
masalan 
hujjat_nomi.docx. 
Mikroprosessor 
yoki 
prosessor- 
Kompyuterning 
miyyasi. 
Kompyuter ishini boshqarish, 
barcha 
xisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta’minlaydi. U kichkina, to‘rtburchak 
elektron sxema sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi 
Megagerslarda xisoblanadi va prosessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700.
Kontroller yoki adabterlar - Ular har xil 
tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydilar. Ishlash 
holatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush 
plata, tarmoq platasi va ...).
Ona platasi Mother board - Asosiy 
elektrosxema bo‘lib unga prosessor, tezkor va 
kesh 
xotira mikrosxemalari, kontroller va adabter 
elektrosxemalari o‘rnatiladi, kattik disk va disk 
yurituvchilari ulanadi.
Disk yurituvchilari - Bu egiluvchan va 
kompakt disklardagi ma’lumotlarni ukish va ularga 
saqlash ishlarni bajaradigan qismi.


 Elektr ta’minlovchi blok - Har bir kisimning uziga mos elektr-kuvvat extiyojini 
ta’minlovchi blok.
Sichqoncha va klaviaturada bajariladigan amallar 
Kompyuterning asosiy kisimlaridan biri bu sichqoncha. U 3 
xil bo‘ladi: standart, trekbol va sensor panel. Standart 
sichqonchalar stol ustida ishlatish zarur bo‘lgan, sensor panel 
bilan trekbollar esa noutbuklar uchun yaratilgan va ular pastki 
paneli ichiga o‘rnatilgan bo‘ladi.
Sichqoncha ichida rezina ichiga joylashgan temir sharik bor, u stol bo‘yicha 
harakat kilganda maxsus roliklar va indikatorlar orqali ushbu harakat kompyuterga 
junatiladi va ekrandagi sichqoncha ko‘rsatkichi (strelkasi) biz belgilagan yunalishda 
harakatlanadi.
Sichqonchaning ikkita tugmasidan chap tugmasi asosiy, ung tugmasi esa 
yordamchi bo‘ladi. Asosiy tugma bilan biz tugmalarni bosamiz, amallarni tanlaymiz, 
rasm chizamiz va har xil obyektlarni chuzib joyini o‘zgartiramiz. Ung tugma esa bizga 
yordamchi menyuni ekranga chikaishda yordam beradi.
Kompyuterning yana bir asosiy qismidan biri bu klaviatura. Klaviatura yordamida 
biz asosan ma’lumotlarni kiritamiz. Klaviatura harflar joylanishi bo‘yicha ingliz 
(QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga bulinadi.
Klaviatura 5 qismdan iborat:
Asosiy yoki alfavit va raqamli tugmalar: Bu qismi 57 ta tugmadan iborat: 36 lotin 
harf va belgilar, 10 raqam va 10 maxsus tugmalar. Ko‘p tugmalarda bir nechta belgilar 
yozilgan. Har xil rangda yozilgan harflar, belgilar har xil til standartiga mos. Til 


standartini o‘zgartirish klaviaturalarda har xil (ung Alt va Shift yeki ikkita Shift yeki 
ung Ctrl va Shift tugmalarni birga bosish). Maxsus tugmalar bilan yaqinroq tanishaylik. 
Shift - Agar siz harflar tugmasini bosgangiz u holda kichik harf kiritiladi, agar sizga 
katta harf kerak bo‘lsa u holda maxsus Shift tugmani bosib, qo‘yvormasdan shu harf 
tugmasini bosishiz kerak. Agar bitta rang bilan bir nechta belgilar yozilgan bo‘lsa u 
holda ulardan pastkidagi asosiy, yuqoridagi passiv deb nomlanadi. Tugmani bosganizda 
asosiy belgi kiritiladi. Agar sizga passiv belgi kerak bo‘lsa u holda siz maxsus tugmani 
bosib, qo‘yvormasdan belgi tugmasini bosishiz kerak. Caps Lock - Bu tugma yordamida 
Shift bosilib turgan holatini (faqat harflar uchun) yokamiz yoki uchiramiz.
Funksional tugmalar: Maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari F1 - F12. 
Har xil dasturlar bu tugmalarga har xil amallarni o‘rnatadi.
Yordamchi tugmalar: Alt, Ctrl, Shift. Bu tugmalar hech qanday amal bajarmaydi, 
balki bo’larning yordamida boshqa tugma birgalikda bosilsa amal bajariladi. 
Boshqa (maxsus) tugmalar: Home - Satr boshiga utish. End - Satr oxiriga utish. 
PgUp - Bir sahifa yuqoriga utish. PgDn - Bir sahifa pastga utish. Insert - Belgilarni 
uchirib ustiga yozish yoki ularni siljitib urtasiga yozish holatini urtnatish. Delete - 
Keyin (ungda) joylashgan bitta belgini uchirish. Tab - Keyingi bo‘limga yoki qismga 
utish. Backspace - Oldin (chapda) joylashgan bitta belgini uchirish. Enter - Yangi satrga 
utish yoki ma’lumotlarni kiritish. Esc - Oxirgi harakatdan voz kechish. Yo‘nalish 
tugmalari: Kursor joylanishini o‘zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, ungga 
va pastga siljitish. 



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə