Reja: Tayanch-harakat apparatining ahamiyati va vazifasi



Yüklə 439,33 Kb.
səhifə4/10
tarix19.04.2023
ölçüsü439,33 Kb.
#106191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5 ma’ruza Tayanch harakat apparatining yosh xususiyatlari va gigiyenasi

Gavda skeleti. Orqa miya ustuni odam skeletining o'qini hosil qiladi. Bu 33−34 umurtqalardan, umurtqalararo disklardan va bir qator ligamentlardan iborat. Umurtqa 7 bo'yin umurtqasi (bo'yin), 12 ko'krak umurtqasi (ko'krak), 5 bel umurtqasi (bel), 5 sakral umurtqadan (sakrum) va 4−5 koksikulyar umurtqadan (koksiks) iborat.71
Umurtqa pog'onasi skeletning tayanchi vazifasini bajaradi, uning ichidagi orqa miyani himoya qiladi va oyoq-qo'llar skeletining og'irligini o'z zimmasiga oladi.
Umurtqa pog'onasi o'sib rivojlangan sari tog'ay to'qimalari suyak to'qimalari bilan almashinadi, bu asta-sekin boradigan jarayon. Bo'yin, ko'krak va bel tog'ay to'qimalari 20 yoshga kelib, dumg'azaniki 25 yoshda, dum suyaklariniki 30 yoshga kelib suyaklanadi.
Umurtqa pog'onasi bola hayotining birinchi yilida, shuningdek, 11 yoshdan 14 yoshgacha ayniqsa jadal sur'atda o'sadi. Umurtqa pog'onasining o'sishi taxminan 20 yoshda tugallanadi.
Odam tik tura olishi va tik yurishi munosabati bilan umurtqa pog'onasining to'rtta egriligi bor va u oyoqlarning yirik bo'g'imlari bilan amalda bir chiziqda joylashadi, ana shuning uchun odam muvozanatni saqlaydi. Tug'ilishda umurtqa pog'onasining dumg'aza bo'limida faqat bitta egrilik bo'ladi, so'ngra yana uchta egrilik hosil bo'ladi. Bo'yin egriligi qavariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi (lordoz) va bola kallasini tutgandan keyin paydo bo'ladi. Bu bola hayotining uchinchi oyiga to'g'ri keladi. So'ngra bola o'tiradigan va yuradigan bo'lganda bel egriligi paydo bo'ladi. Bu ham qavariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi. Nihoyat, 3-4 yoshga kelib, qavariqligi orqaga chiqib turgan ko'krak egriligi hosil bo'ladi (kifoz). 7 yoshgacha egrilikdar hali unchalik mustahkam bo'lmaydi va yotgan joyida to'g'rilanishi mumkin. Bel egriligi qariyb 12 yoshga kelib uzil-kesil shakllanadi.
Ko`krak qafasi skeleti: Ko`krak qafasi suyaklari 12 juft qovirg`alar va to`sh suyaklari birikishidan hosil bo`ladi. Bu suyaklar bir-biri bilan birikib ko`krak qafasi hosil bo`ladi. qavurg`alarning 12 tasi ham orqa tomondan ko`krak umurtqalariga birikadi. Ularning 7 jufti haqiqiy yoki chin qovurg`alar deb atalib oldingi tomondan o`zining tog`aylari bilan to`sh suyagining yon tomoniga birikkan uch jufti soxta qovurg`alar bo`lib, ular bir-biri bilan birikib qovurg`alarning 7 chi jufti tog`ayiga birikadi. 11-12 chi qovurg`alar oldingi tomondan to`sh suyagiga birikmay qorin muskullari orasida joylashadi. Ularning suyaklanishi embrionning 5-8 haftasidan boshlanib 20 yoshga borib to`xtaydi. To`sh suyagi 3 qismdan: yuqori dasta, o`rta tana, pastki qilichsimon o`simtadan iborat. Bu suyaklar yosh bolalarda alohida bo`lib, 20-25 yoshda ular bir-biri bilan birikib yaxlit to`sh suyagiga aylanadi.
Ko`krak qafasining shakli bolaning yoshi ortishi bilan o`zgarib turadi. Bolaning bir yoshida ko`krak qafasi konus shaklida bo`ladi. Bolaning 12-13 yoshlarida uning shakli katta odamnikiga o`xshash bo`ladi. Ko`krak qafasining jinsiy farqi 15 yoshdan boshlanadi. Nafas olganda o`g`il bolalarda ko`krak qafasidagi pastki qovirg`alar qiz bolalarda esa yuqorigi qovirg`alar ko`tariladi. Ko`krak qafasining aylanasida ham jinsiy farq seziladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha ko`krak qafasining aylanasi 1 yilda 1-2 sm., jinsiy voyaga yetish davrida esa 11 yoshdan boshlab, 2-5 sm. ga ortadi. Jinsiy voyaga yetish davrida yoz va kuz oylarida ko`krak qafasining aylanasi tez o`sadi. Uning rivojlanishi skelet muskullariga ham bog`liq. Suzish, qayiq haydash yaxshi ta'sir ko`rsatadi. Bolani partaga noto`g`ri o`tkazish, partaga ko`kragini tirab o`tirish natijasida ko`krak qafasi deformatsiyalanadi. Bundan tashqari turli raxit, o`pka shamollashi ham uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi.

Yüklə 439,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə