Reja: Tayanch-harakat apparatining ahamiyati va vazifasi


-rasm. Odam skeletining umumiy ko`rinishi



Yüklə 439,33 Kb.
səhifə9/10
tarix19.04.2023
ölçüsü439,33 Kb.
#106191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5 ma’ruza Tayanch harakat apparatining yosh xususiyatlari va gigiyenasi

5.1-rasm. Odam skeletining umumiy ko`rinishi:
1-bosh suyagi; 2-to`sh suyagi; 3-qovurg`a raboqlari; 4-umurtqa pog`onasi; 5-nomsiz suyak; 6-qov bitishmasi; 7-o`mrov suyagi; 8-kurak; 9-elka suyagi; 10-tirsak bo`g`imi; 11-bilak suyagi; 12-tirsak suyagi; 13-dumg`aza suyagi; 14-bilak kaft usti bo`g`imi; 15-chanoq-son bo`g`imi; 16-tizza bo`g`imi; 17-boldir panja bo`g`imi; 18-son suyagi; 19-katta va kichik boldir.

5.2-rasm. Qaddi-qomatni shkillashi.
Tayanch – harakat apparatining gigiyenik qonunlarga rioya qilmaslik umurtqa pog`onasining noto’g’ri rivojlanishiga, ya'ni qad – qomatning buzilishiga olib keladi. Bularga egilgan, kifotik, lordotik, skoliotik qad – qomat deyiladi.
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, ko`krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo`ladi.
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o`xshash ko`tarilib turadi. Bukir holat yuzaga keladi.
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko`krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo`ladi, umurtqa pog`onasining bel qismi normadan ko`proq oldinga bukilishi kuzatiladi.
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda yelkalarining biri past, biri baland, ko`kraklari qam past, baland bo`lib, ko`krak qafasining bir tomoni bo`rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo`ladi. qad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko`rinishni emas, balki ichki organlar (o`pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funktsiyasiga ham salbiy ta'sir ko`rsatadi.
Skolioz o'sish deformatsiyasi sifatida tasniflanadi. U o'smirlik davrida, balog'at yoshidagi o'sish sur'atlari kabi tana o'sishi kuchaygan davrlarda boshlanadi va yomonlashadi . Barcha holatlarning taxminan 80% da egrilikning sababi noma'lum. Ushbu skolyozlar idiopatik deb ataladi (yunoncha "noma'lum sabab" degan ma'noni anglatadi). Bunday skolyoz qizlarda o'g'il bolalarga qaraganda taxminan 4-7 marta tez-tez uchraydi. Qolgan 20% skolioz umurtqalarning tug'ma deformatsiyasi, masalan, Klippel-File sindromi, poliomielit kabi asab-mushak tizimi kasalliklari, biriktiruvchi to'qimalar kasalliklari, suyak almashinuvi, jarohatlar va baxtsiz hodisalar natijasida amputatsiyalar natijasida yuzaga keladi yoki xavfli o'smalarni olib tashlash bo'yicha operatsiyalar, shuningdek, yurak jarrohligidan keyin yoki oyoq uzunligidagi sezilarli darajada bir-biridan farqi tufayli paydo bo'ladi.
Qad-qomatning profilaktikasi uchun albatta, 2-3 yoshdan boshlab kompleka gimnastika mashqlariga e’tibor berish, 3 yuoshdan boshlab chana yoki chang’i uchishni o’rgatish yaxshi samaralarga olib keladi.
Bolalarning poyabzali katta ham, kichik ham bo’lmasligi kerak. Bola stulda o’tirgan vaqtda bir oyog’ini tagiga qo’yib o’tirmasligi kerak, chunki bunda tananing mutanosibligi buziladi va bu umurtqa pog’onasining noto’g’ri rivoshlanishiga olib keladi. Bolaning yoni bilan yotib kitob o’qishi mumkin emas.
O’qishda, yozishda bola stulga suyangan holda qo’lni ko’kragining oldiga qo’yib o’tirishi, o’tirg’ich balandligi boldirning uzunligiga teng bo’lishi shart. Yorug’lik faqat chap tomondan tushishi, kitob va daftarga egilmasdan masofani saqlab o’tirish talab etiladi.8
Yassioyoqlik. Yassioyoqlik darajalari oyoq kaftining ichki botig`iga qarab aniqlanadi.Buni aniqlash uchun oyoq izlari tekis joyga tushiriladi. Agarda oyoqkaftining ichki botig`i kam yoki umuman bo`lmasa yassioyoqlik xisoblanadi.
_______________
8The Right Start to a Healthy Life, Edited by Ingrid Stegeman and Caroline, Costongs EuroHealthNet, Rue de la Loi 67, 1040 Brussels, Belgium, 2012.


Yüklə 439,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə