Reja: Tayanch-harakat apparatining ahamiyati va vazifasi



Yüklə 439,33 Kb.
səhifə5/10
tarix19.04.2023
ölçüsü439,33 Kb.
#106191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5 ma’ruza Tayanch harakat apparatining yosh xususiyatlari va gigiyenasi

Qo`l skeleti. Qo`l suyaklari ikki qismga: yelka kamari suyaklari va qo`lning erkin suyaklariga bo`linadi. qo`lning yelka kamari suyaklariga kurak va o`mrov suyaklari kiradi. Erkin suyaklarga yelka, bilak, pancha suyaklari kiradi. Kurak, o`mrov, yelka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka aylanishi 20 – 25 yoshgacha davom etadi. qo`l kaftining suyakka aylanishi 15-16 yoshgacha, barmoqlarning suyakka aylanishi 16-20 yoshgacha davom etadi. qo`l skletining yoshga qarab shakllanishida bolalarni mehnatga o`rgatishga va jismoniy mashqlar bajarishini e'tiborga olish kerak.
Oyoq skeleti. Oyoq suyaklari ikki guruhga oyoq kamari yoki chanoq va oyoqning erkin suyaklariga bo`linadi. Chanoq suyagining yuqori qismi kengaygan bo`lib, katta chanoq deb ataladi. Pastki qismi toraygan bo`lib, kichik chanoq deb ataladi. Kichik chanoq bo`shlig`ida to`g`ri ichak, siydik pufagi, qon, limfa tomirlari va nerv tolalari, tugunlari hamda jinsiy organlar joylashgan. chanoq suyagi yonbosh, quymich va qov suyaklaridan iborat. 3 yoshgacha chanoq suyagi jadal o`sadi. 7-8 yoshda qov va quymich suyaklari tutashadi. Jinsga bog`liq farqlari 12 yoshda farqlanadi. 20-25 yoshda chanoq suyaklari bir-biri bilan tutashadi. Ayollarning chanoq suyaklari , erkaklarnikidan farq qilib kaltaroq va keng bo`lib, suyaklari yupqa va silliq bo`ladi. Kichik chanoq ayollarda kengroq, erkaklarda tor bo`ladi. Chanoq teshigi ayollarda kattaroq bo`ladi.
Oyoqnnig erkin suyaklariga – son, katta va kichik boldir hamda oyoq panja suyaklari kiradi. Son va boldir suyaklari 20-24 yoshda oyoq kaft suyaklari erkaklarda 17-21 yoshda, ayollarda 11-19 yoshda oyoq panjasi falangalari erkaklarda 15-21 yoshda ayollarda esa 13-17 yoshda butunlay suyaklanib bo`ladi.
Muskul sistemasi. Odam organizmida 600 ga yaqin muskullar bo`lib, katta yoshli odam tanasining 45-50 % ni tashkil etadi. Suyaklarni harakatga keltiruvchi organlar muskullar bo`lib, ularni qisqarishi tufayli odamnnig barcha harakatlari, mehnat faoliyati, yurishi, turishi, nutq nafas olishi va boshqa fiziologik funktsiyalar amalga oshadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta'sir etadi.
Muskullar harakatlanish organi bo'lib, nerv tolalari va biriktiruvchi to'qimalardan tuzilgan. Muskul to'qimasi hujayralardan tashkil topgan, hujayraning ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillar deb ataladi. Muskul to'qimasining tuzilishi va funksiyasiga ko'ra ko'ndalang-yo'lli va silliq muskullar bo'ladi. Ko'ndalang-yo'lli muskullar, asosan skelet muskullari bo'lib, silliq tolali muskullar ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul-muskul tolalari yig'indisidan iborat bo'lib, bu tolalar biriktiruvchi to'qima yordamida o'zaro birikkan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to'qima bilan o'ralgan.
Har qanday muskulning boshlanish qismi-boshi va birikish qismi-dumi bo'lib, keng tanasi, ya'ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda bo'g'imda harakat sodir bo'ladi. Muskullar tolalarining yo'nalishiga qarab duksimon, yarim patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bo'lishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o'ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o'rab turishi mumkin.
Yumaloq muskullar og'iz, ko'z atrofida uchraydi. Kalta yo'g'on muskullar baquvvat bo'lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi. Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish joyiga ko'ra, chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va h.k., ikki boshli va h.k., tuzilishiga ko'ra, yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga ko'ra peshona, yelka muskullari va h.k.; shakliga ko'ra, trapesiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va h.k.

Yüklə 439,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə