Reja: Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘zgusi



Yüklə 460,5 Kb.
səhifə5/45
tarix20.04.2023
ölçüsü460,5 Kb.
#106554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Reja Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘

Savol va topshiriqlar
Quyidagi mavzularni klaster usulida yoriting:
1. Gap bo‘laklari.
2. Gapning grammatik asosi.
3. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari.
4. Ega ishtirokiga ko‘ra sodda gap turlari.
5. Gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan birliklar.
10.MAVZU TURKIY TILLAR SINTAKSISI. SINTAKTIK MUNOSABAT. SINTAKTIK BIRLIKLAR. TURKIY IZOFA.
Reja:
1. Turkiy tillar sintaksisi umumiy xususiyatlari.
2. Predikatsiya.
3. Gap bo‘laklari.


Tayanch so‘z va iboralar: predikatsiya, bosh bo‘laklar, kesim, ega,ikkinchi darajali bo‘laklar, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi.


Sintaksis yunoncha syntaxis so‘zidan olingan bo‘lib, “biriktirish”, “bog‘lash" degan ma'noni bildiradi. Sintaksis so‘zlaming va gaplarning o‘zaro bog‘lanish tizimini, tartibini, ularning turlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limidir. Mahmud Koshg‘ariyning “Kitobi javohir un-nahv fi-l-lug‘at it-turk” nomli asarida turkiy tillar sintaksisi haqida bahs yuritiladi.
So‘zning muayyan til qonuniyatlari asosida o‘zaro birikuvidan so‘z birikmasi va gaplar hosil bo‘ladi. So‘z birikmalari va gaplar shakliy xususiyatlari va mazmuniga ko‘ra farqlanadi.
So‘zlarning o‘zaro grammatik birikishi teng va tobelik asosida yuz beradi.
1. Teng bog‘lanish - ikki so‘zning o‘zaro teng munosabatlar asosida birikishi: boshq. dalala ve qalala “dalada va shaharda”, chuv. verman ve sur “o‘rmon va botqoq”. Teng bogTanish o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida yuzaga keladi.
2. Tobe bog‘lanish - bir so‘zning boshqa so‘zga tobelik asosida bog‘lanishi: no‘g‘. kelgen adam “kelgan odam”, tat. kyoele kese “ kuchli odam”. Tobe bogTanish ikki qismdan iborat boTadi: tobe qism va hokim qism. So‘roq bog‘lanib kelgan qism hokim, so‘roqqa javob bo‘lib keluvchi qism tobe qismdir: qoz. kok (qanday?) orman, xak. narjmirlig (qanday?) kun; turkm. otluq (qanday?) meydan.
So‘zlarning tobelanish asosida bog‘lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi. So‘z birikmasi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘ladi, ammo kengaygan bir tushunchani ifodalaydi.

Yüklə 460,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə