Reja: Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘zgusi


Izofa. Turkiy tillarda sifatlovchi sifatlanmishiga bitishuv usuli bilan tobelanadi. Aniqlovchning y an a bir turi borki, u tilshunoslikda turkiy izofa



Yüklə 460,5 Kb.
səhifə8/45
tarix20.04.2023
ölçüsü460,5 Kb.
#106554
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Reja Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘

Izofa. Turkiy tillarda sifatlovchi sifatlanmishiga bitishuv usuli bilan tobelanadi. Aniqlovchning y an a bir turi borki, u tilshunoslikda turkiy izofa deb yuritiladi. Turkiy tillarda gap b o ‘laklari, boshqa tillar, masalan, hind-yevropa
tillari o‘llasidagiga nisbatan o ‘zining muntazam joyla shish tartibiga ega.
Izofa ikki otning aniqlovchilik munosabatiga kirishuvidir. Bunday munosabatda biror shaxs, predmet yoki tushunchaning boshqa bir shaxs, predmet yoki tushunchaga qarashliligi ko‘rsatiladi. Ikki ot orasidagi bunday munosabat maxsus affikslar orqali ifodalanadi: tobe so‘zda qaratqich kelishigi qo‘shimchasi (-nig), hokim so‘zda egalik affikslari -(i) m, -(irj), -i (si); -(i) miz, -(i) tjiz,-(lar)i bo‘ladi.
Izofada hokim so‘z qaysi shaxsni ko‘rsatsa, tobe so‘z ham leksik ma’nosiga ko‘ra o‘sha shaxsga ishora qiladi. Shuning uchun ham izofa birikmasi moslashuv aloqasining bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Izofa birikmasi qismlarning shakllanishiga ko‘ra uch xil bo‘ladi:
I. Izofa birikmasining har ikki qismi belgisiz bo‘ladi: tiirk bodun, ozarb. Yer may “kerosin” , qum. tuz kiap “tuzning qopi”, qirg‘. suu kir “kirning suvi”. Bunday birikuvlar turkiy tillardadagi izofalarning eng qadimgi ko‘rinishidir. Bu tipdagi izofali birikmalar qumiq tilida ko‘p kuzatiladi.
II. Izofa b irikmasining biror qismi belgisiz bo‘ladi: tiirk boduni, xak. con cargizi “xalq so‘zi", qirg‘. avgust ortusu “ avgust o‘rtasi”, chuv. aramepisatel “yozuvci rafiqasi” . tat. kayen urmam “qayin o‘rmoni”. Bu tipdagi izofali birikmalar chuvash tilida ko‘p kuzatiladi.
III. Izofa birikma sining har ikki qismida qo‘shimchalar mavjud bo‘ladi.

Quyidagi mavzularni keys-stadi asosida yoriting:


1. So‘z birikmasi tarkibi.
2. So‘z birikmasi turlari.
3. So‘z birikmasi va qo‘shma so‘z.
4. So‘z birikmasi va frazema.
5.Turkiy va forsiy izofalar. Arab izofasi.

Yüklə 460,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə