Reja: Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘zgusi


So‘z birikmasida so‘zlarning o‘zaro birikish usullari



Yüklə 460,5 Kb.
səhifə7/45
tarix20.04.2023
ölçüsü460,5 Kb.
#106554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Reja Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • -ning
So‘z birikmasida so‘zlarning o‘zaro birikish usullari. Kelishik va ko‘makchilar so‘zlami bir-biriga tobelab bog‘lashga xizmat qiladi.
So‘z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so‘zning grammatik vositalarsiz, faqat ohang va tartib asosida bog‘lanishi bitishuv deyiladi: ozarb. teravetliyapraqlar “tarovatli yaproqlar”, turk. getmis kisi “ketgan kishi”, yoq. biler kuhu “bilimli kishi”, boshq. kilehe vil “kelasi vil”, tat. zetjger kuk “zangori osmon”.
Tobe so‘zning hokim so‘zga tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigi qo‘shimchalari yoki ko‘makchilar yordamida bog‘lanishi boshqaruvdir: ozarb. burada tikirler “bu yerda tikarlar”, tat. alga kitmedem “yurtga ketmadim”, gag. bakin buldum “chelakni topdim”, tuv. ajigdan desken “mehnatdan qochgan”, ittan korgar “itdan qo‘rqar”.
Tobe so‘zning hokim so‘zga qaratqich kelishigi qo‘shimchasi yordamida, hokim so‘zning esa tobe so‘zga egalik qoshimchalari yordamida bog‘lanishi moslashuv dir: chu y.piren anne “bizning onamiz”, tat. benerj el “mening elim”, xak. tagpazi “tog‘ boshi”, turkm. omtj derdi “uning dardi”. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda ikki tomonlama bog‘lanish ro‘y beradi. Tobe bo‘lak qaratqich kelishigi qo‘shimchasini, hokim bo‘lak esa egalik qo‘shimchasini oladi. Bunday bog‘lanishda tobe qism qaratqich, hokim qism qaralmish deb nomlanadi: uzumning (qaratqich) sharbati
(qaralmish).
Agar hokim bo‘lak sof fe’l bilan ifodalansa va fe’li kimni? nimani? qayerni? so‘roqlariga javob bo‘hivchi so‘zni talab qilsa, tobe bo‘lak tushum kelishigida qo‘llanadi, hokim bo‘lak egalik qo‘shimchasini olgan ot, ba'zan harakat nomi va sifatdosh bilan ifodalansa, tobe bo‘lak qaratqich kelishigida qo‘llanadi.
Bitishuv, moslashuv, boshqaruv usullarini tobe so‘zga qo‘shilgan kelishik shakllariga asoslanib ajratish mumkin:
1. Bosh kelishik: - ( bitishuv)
2. Qaratqich kelishigi: -ning ( moslashuv)
3. Tushum kelishigi: -ni (boshqaruv )
4. Jo‘nalish kelishigi: -ga ( boshqaruv)
5. 0 ‘rin-payt kelishigi: -da (boshqaruv)
6. Chiqish kelishigi: -dan (boshqaruv).
So‘z birikmalari ham so‘zlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi. So‘z - leksik hodisa, so‘z birikmasi - sintaktik hodisadir. So‘z birikmasi narsa, belgi yoki harakatni yakka holda emas, balki ikki va undan ortiq so‘zlaming o‘zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalaydi.

Yüklə 460,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə