Reja: Turistik bozor, uning sub’ektlari va faoliyat ko‘rsatishining xususiyatlari


Turistik bozorda marketing strategiyasi



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə3/8
tarix15.04.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#105582
1   2   3   4   5   6   7   8
1405944124 57180

3. Turistik bozorda marketing strategiyasi


Marketing strategiyasi – turistik bozorning xususiyatlaridan kelib chiqib, undagi faoliyatning uzoq muddatli eng maqbul modelini tanlashdir. Bunday strategiya bozor maqsadlariga erishish printsiplariga asoslanadi va quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:

  1. marketingning turini belgilash – umumiy marketing (umumiy qiziqishlarga ega turistlarga yo‘naltirilgan) yoki tanlovchi marketing (turistik bozorlarning o‘ziga xos turlarini nazarda tutadi, ular asosiy, qo‘shimcha va tasodifiy bo‘lishi mumkin);

  2. reklama-axborot usullari va ularning yo‘nalganligini belgilash – turoperatorlar va turagentlar, iste’molchi turistar yoki ushbu toifalarning birlashib ketishi;

  3. bozorlar, mamlakatlar yoki mintaqalarning tiplariga nisbatan reklama-axborot tadbirlarining vaqti va ustuvorligini hisobga olgan holda rejalashtirish (vaqt bo‘yicha rejalashtirish yangi yoki qayta ta’mirlangan turistik ob’ektlarning ishga tushirilish muddatiga bog‘liq);

  4. o‘zlashtirilishi nazarda tutilayotgan rayonning xarakteristikasi. Yangi rivojlanayotgan turistik markazga birinchi navbatda o‘ziga yaxshi nufuz yaratishi va shundan keyingina konkret reklama qilishga o‘tishi talab qilinadi;

  5. turistik rayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday to‘sqinliklarni (siyosiy beqarorlik, tabiiy halokatlar va sh.k.) bashorat qilish;

  6. marketing strategiyasining quyidagi variantlaridan eng maqsadga muvofiq bittasini tanlab olish: asoiy turistik bozorlar hisoblangan mintaqalarda reklama-axborot vakolatxonalarini ochish; shartnoma bo‘yicha vakolatxonalarni ta’minlash; o‘z mamlakatidagi asosiy shtabdan turib reklama-axborot ishlarini tashkil qilish;

  7. turistik bozorlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan barcha holatlarni hisobga olish.

Marketing strategiyasi ham uzoq muddatli ham qisqa muddatli maqsadlardan kelib chiqib belgilanishi mumkin. Uni muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqish va zarur bo‘lganda bozor tendentsiyalari yoki turistik mahsulot va xizmatning evolyutsiyasidagi o‘zgarishlardan kelib chiqib unga tuzatishlar kiritib borish zarur.

Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə