Reja: Turistik bozor, uning sub’ektlari va faoliyat ko‘rsatishining xususiyatlari


Turistik sanoat va turistik bozor infrastrukturasi



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə4/8
tarix15.04.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#105582
1   2   3   4   5   6   7   8
1405944124 57180

4. Turistik sanoat va turistik bozor infrastrukturasi


Turistik sanoat – iqtisodiyotning shunday tarmog‘i bo‘lib, unda odamlarning kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishidan tashqari har qanday maqsadda ular keladigan mamlakatda pul to‘lab bir joydan ikkkinchi joyga vaqtincha o‘tib yurishlari paytidagi ehtiyojlarini qonirishni ta’minlovi ishlab chiqarish komplekslari mujassamlashgan.
Turizm sanoatini bir qator tovarlar va xizmatlar chiqarvchi korxonalar majmui tashkil qiladi. Bu tovarlar va xizmatlarsiz tarmoq faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Ular sirasiga quyidagilar kiradi:

  1. joylashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan korxonalar: mehmonxonalar, motellar, kempinglar, ijaraga beriladigan xususiy tuzilmalar, pansionatlar, dam olish uylari va h.k.);

  2. agar joylashtirish korxonalarining ajralmas qismi bo‘lsa, umumiy ovqtlanish korxonalari (mehmonxonalardagi restoranlar, pansionatlar va dam olish uylaridagi oshxonalar);

  3. turistik yo‘llanmalarni tashkil qilish va sotish bilan shug‘ullanadigan turistik firmalar;

  4. turistik tashishlarni ta’minlaydigan transport tashkilotlari;

  5. turistik sanoat mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv yurtlari;

  6. turizm sohasidagi axborot va reklama xizmatlari;

  7. turizmni boshqarish organlari: davlat organlari (mamlakatda turizmni rivojlantirishni boshqarish), ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tijorat v xususiy tashkilotlar;

  8. turistik talabga ega tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar;

  9. turistik talabga ega chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar.

Turizm sanoati uchun, boshqa tarmoqlarda bo‘lgani kabi ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, kooperatsiyalashuvi va jamlanishi xosdir.
Ixtisoslashuv turli shakllarda namoyon bo‘ladi (joylashtirish, ovqatlanish, ko‘ngil ochish, yangi turistik xizmatlar va sh.k.). Turistik xizmatlarni yaratish va ularni realizatsiya qilish tobora ko‘payib borayotgan har biri o‘z faoliyatini alohida tovarlarni, yarimfabrikatlarni tayyorlash, xizmatlarning konkret turini taqdim etish, turistik xizmat ko‘rsatishning ma’lum funktsiyalarini bajarishda jamlaydigan tarmoqlar, korxonalar, firmalar va tashkilotlarning ishiga aylanib bormoqda.
Turizmga chegaradosh tarmoqlarda ham ixtisoslashuv jarayoni kechmoqda: qurilish va arxitektura, engil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, transport shular jumlasidandir. Ular turistlarga xizmat ko‘rsatishda ishtirok etayotgan korxonalar o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalarining murakkablashuviga olib keladi. Ixtisoslashgan ishlab chiqaruvchilarni birlashtirish zarurati yuzaga keladi, ya’ni ularning koopreatsiyalashuvi zarurati.
Turizm sanoatidagi koopretsiyalashuv turistik tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va taqdim etishga ixtisoslashgan, lekin mustaqil bo‘lgan korxonalar o‘rtasida doimiy iqtisodiy aloqalarni tashkil qilish shaklidir. Bu predmetli, funktsional, mintaqaviy, milliy va xalqaro asoslarda uzoq muddatli hamkorlik shaklida namoyon bo‘ladi.
Kooperatsiyalashuvni amalga oshirishda tashabbuskor rolni turistik korxonalar o‘ynaydi, chunki ular turistik mahsulotni yaratadilar, taklif qiladilar va realizatsiya qiladilar. Koopreatsiyalashuv – shunchaki maqsad emas, balki turistik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, vaqtni, kuch va mablag‘larni tejash vositasidir.
Turistik ishlab chiqarish va iste’mol sohasidagi kooperatsiyalashayotgan tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy metodi ularning mustaqil iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirishdir.
Kooperatsiyalashuv mintaqa ichida va mintaqalararo bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda iqtisodiy aloqalar bitta turistik mintaqa hududi bilan chegaralanib qolishi mumkin, ikkinchi holatda esa – ikki yoki undan ortiq mintaqani qamrab oladi.
Tarmoqqa taalluqliligiga qarab kooperatsiyalashuv mintaqa ichidagi va tarmoqlararo, qanday maqsadni ko‘zlavb amalga oshirilayotganligiga qarab esa – ishlab chiqarish (turistik mahsulotni yaratish) va mahsulot o‘tkazuvchi (turistik mahsulotni ilgari surish va realizatsiya qilish) bo‘lishi mumkin.
Turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarning koopreatsiyalashuvini murakkab deb atashadi. Bunga sabab o‘z ixtisoslashganligining xususiyatiga ko‘ra ular bir-biri bilan mustahkam ishlab chiqarish aloqasida bo‘ladilar. Kooperatsiyalashuv vositachilik korxonalari va turizmni tashkil qilish korxonalari orasida, masalan maxsus turistik transport korxonalari o‘rtasida bo‘lishi mumkin. Murakkab kooperatsiyalashuv odatda korxonalar o‘rtasidagi aloqalarning barqarorligi va doimiyligi bilan (tomonlar o‘rtasidagi qaramlikning zaif darajadaligi tufayli) ajralib turadi, oddiy kooperatsiyalashuv, qoida tariqasida, vaqtinchalik xususiyatga ega.
Xalqaro miqyosda turistik korxonalar va tashkilotlar o‘rtasidagi kooperatsiyalashuv qo‘shma korxonalar tuzish shaklida amalga oshiriladi.

Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə