Reja: Turistik bozor, uning sub’ektlari va faoliyat ko‘rsatishining xususiyatlari



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə5/8
tarix15.04.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#105582
1   2   3   4   5   6   7   8
1405944124 57180

qo‘shma korxona – turistik xizmatlar yaratish va realizatsiya qilish bo‘yicha firmalararo kooperatsiyalashuvni tashkil qilish shakli bo‘lib, bunda koopreatsiyalashayotgan firmalar birgalikda tashkil qilingan, yangi yuridik mustaqil birlikka o‘z moddiy-texnik bazasining, kadrlar potentsialining, mahsulot o‘tkazish tarmog‘ining, shuningdek o‘z mijozlarining bir qismini beradi.
Turistik maqsadlarda odamlarning ommaviy bir joydan ikkinchi joyga o‘tib yurishlari turistik sanoatda ishlab chiqarishni jamlashga (kontsentratsiyalash) asosiy sabab bo‘ldi. Bu jarayon uchun avvalambor firmaning o‘rtacha hajmi kattarishi xosdir. Yirik ishlab chiqarish kichik korxonalar va firmalarga qaraganda samaraliroq. Buning boisi u yuqoriroq iqtisodiy samara va mahsulot o‘tkazish bozorlarini nazorat qilish imkoniga ega.
Turistik sanoatda ishlab chiqarishni jamlash ham alohida ishlab chiqarish birliklarini yiriklashtirish, ham birlashish doirasida ko‘plab korxonalarni jamlashtirish, masalan mehmonxona komplekslarini yaratish, turistik firmalarning qo‘shilib ketishi kabi yo‘llar bilan ro‘y beradi.
Turizmda jamlash butunlay yangi texnikadan foydalanish, xodimlar soini va mazkur banda ketadigan xarajatlarni qisqartirish uchun qulay sharoit yaratadi. Mehmonxona birlashmalarida boshqaruv va xonalar fondlarini taqsimlash tizimini avtomatlashtirishni joriy qilish ma’muriy va boshqaruv xarajatlarining kamayishiga, korxonalarning bir maromda ishlashiga olib keladi. Bu esa oxir-oqibatda yo mehmonxona xizmatlariga narxlarning kamayishi va tegishlicha talabning ortishiga, yoki (doimiy narxlar mavjud bo‘lganda) – foyda ulushining ko‘payishiga olib keladi. Ishlab chiqarishni yiriklashtirish funktsional vazifalari jihatidan bir-biri bilanbog‘liq bo‘lgan firmalarni birlashtirish yo‘li bilan ham, bevosita ishlab chiqarish umumiyligiga ega bo‘lmagan kompaniyalarning qo‘shilib ketishi natijasida ham ro‘y beradi.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan umumiy aloqalarga ega tarmoqlarning qo‘shilib ketishiga dunyodagi yirik aviakompaniyalarning turistik va mehmonxona firmalarini yaratganligi misol bo‘la oladi. Neft kompaniyalari, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati birlashmalari ham turizmga kapitallar qo‘ymoqdalar.
Keyingi yillarda yashirin shaklarda jamlash rivojlanib borayotganligi kuzatilmoqda. Bunda yirik turistik va mehmonxona firmalari o‘z faoliyati tuzilishiga periferik o‘rta va kichik korxonalarni kiritmoqdalar. Ular rasman yuridik mustaqillika ega bo‘lsalarda, aslida ushbu yirik korxonalarning strukturaviy tuzilmalari hisoblanadi.
Turizm sohasidagi jamlashning eng yuqori shakli diversifikatsiya hisoblanadi. Bu – iste’molchilarga taqdim etilayotgan xizmatlarning turlari va sifatini modifikatsiyalash va kengaytirish maqsadida tarmoqlararo birlashmalar va komplekslar tuzishdir. Bunday birlashishning xususiyati shundan iboratki, diversifikatsiyaga jalb qilinishi kerak bo‘lgan korxonalar va ob’ektlar oddiy koopretsiya bilangina bog‘lanib qolmasliklari va bir-biri bilan raqobat qilmasliklari kerak.
Hozirgi vaqtda tor ixtisoslashgan tarmoqlar, jumladan turizm ham ehtimol tutilgan siyosiy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va boshqa salbiy ta’sirlar tufayli faoliyatining juda beqarorligi bilan xarakterlanadi. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun yirik, ilji bo‘lsa tarmoqlararo birlashmalar tuzish talab qilinadi. Ular faoliyatning yanada samaraliroq bo‘lishini va mahsulot o‘tkazish bozorlarini nazorat qilishni ta’minlashlari mumkin.
Turizm sanoatini diversifikatsiya yo‘li bilan yiriklashtirish quyidagilar hisobiga ro‘y beradi:

  • funktsional jihatdan (ishlab chiqarish, turistik mahsulotni ilgari surish va o‘tkazish) o‘zaro bog‘langan alohida tuzilmalarni birlashtirish. Bunga misol keyingi vaqtlarda aviakompaniyalarning turistik firmalar va mehmonxona komplekslari bilan birlashganligi bo‘lishi mumkin;

  • turizm bilan bevosita umumitylikka ega bo‘lmagan tarmoqlar, kompaniyalar va firmalar kapitallarining qo‘shilishi. Bularga neft, metallurgiya, ko‘mir, oziq-ovqat savdo va sh.k. tarmoqlar kiradi.

O‘zbekistonda yirik tarmoqlararo birlashmalar va komplekslar tuzish kuzatilmoqda. Ular tarkibigi turistik faoliyat bilan birga quyidagi faoliyat turlari ham kiradi:

  • mehmonxona tipidagi ob’ektlardan foydalanish, mehmonxona servisining barcha turlarini birlashtirish;

  • oziq-ovqat ishlab chiqarish va qayta ishlashni yaratish (qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlashni ham qo‘shgan holda);

  • o‘yin, tomosha va sport tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazish;

  • yo‘lovchilarni mamlakat ichida va xalqaro tashish;

  • fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va ularni muhofaza qilish xizmatini ko‘rsatish;

  • ichki va xalqaro savdoda tijorat, brokerlik va marketing faoliyatini olib borish, sug‘urtanig har xil turlari;

  • ko‘chmas mulk va transport vositalarini ekspertiza qilish va baholash;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat;

  • yarmarkalar, ko‘rgazmalar tashkil qilish va o‘tkazish.

Hozirgi sharoitlarda turizm sohasi uchun diversifikatsiya jarayonining nafaqat alohida tarmoqlar, balki milliy chegaralardan ham chiqishi xos bo‘lib bormoqda.
Ixtisoslashgan korxonalardan farqli ravishda diversifikatsiyalashgan korxonalar faoliyatining xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ularning siyosatining, strategiyasi va taktikasining birlashishi;

  • marketingni markazdan xoli ravishda rejalashtirish;

  • har bir struturaviy tuzilma tomonidan tovarlar va xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqish, ularning assortimenti va o‘tkazish bozorlarini kengaytirish;

  • markazlashgan moliyaviy faoliyat va uning nazorat qilinishi;

  • xizmatlarning alohida turlariga narxlarni pasaytirish, foyda ulushini oshirishning yuqori ehtimolliligi.




Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə