Reja: Turistik bozor, uning sub’ektlari va faoliyat ko‘rsatishining xususiyatlari


Turizm sohasidagi bozor rejasining mazmuni



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə2/8
tarix15.04.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#105582
1   2   3   4   5   6   7   8
1405944124 57180

2. Turizm sohasidagi bozor rejasining mazmuni


Bozor rejasini ishlab chiqishda birinchi navbatda «xaridorning bozori» va «sotuvchining bozori»ni bir-biriga taqqoslash kerak (2-chizma).

Sotuvchi bozori


Тб>Tф

Xaridor bozori
Тбф



Kamomad ko‘lami



Kamomadning yo‘qligi



Tovar sifatining yetishmasligi



Tovar sifatini yaxshilash tendensiyasi



Yuqori narxlar



Narxlarni arzonlashishi yoki barqarorlik tendensiyasi

Chizma. Xaridor va sotuvchi bozori (Tb-tovarga talab, Tf-tovar taklifi)


Xizmatlar sohasida talab va taklifni muvofiqlashtirishning quyidagi metodlari mavjud bo‘lib, ulardan turizmda bemalol foydalansa bo‘ladi:,

  1. talab tuzilishining «fazaga qarshi» strukturasiga ega yangi xizmatlarni amaldagisi bilan taqqoslagan holda realizatsiya qilish;

  2. maksimal talab bo‘lmagan davrda xizmatarga «qo‘shimchalar» marketingi;

  3. xarid qobiliyatnining cheklanganligi ta’sir ko‘rsatmaydigan yangi xizmatlar marketingi;

  4. xodimlarni bir nechta vazifalarni bir xilda bajarishga o‘rgatish;

  5. talab eng yuqori bo‘lgan vaqtlarda yangi xodimlarni qabul qilish;

  6. maksimal talab vaqtlarida iste’molichilarga xizmatlar haqida qo‘shimcha axborotlar berish;

  7. rag‘batlar, imtiyozlar, va narxlardagi chegirmalardan foydalanish.

Turizmdagi bozor rejasining asosiy maqsadi ishlab chiqarishning turli omillari va mahsulotni realizatsiya qilishning eng maqbul nisbatiga erishish bo‘lishi kerak.
Turistik firmaning huquqiy maqomi va shakli, uning faoliyatining o‘ziga xosligi, Shuningdek, xizmatlar bozorining holatidan kelib chiqib turistik marketingning yo‘nalishlari va maqsadlari iqtisodiy, «xudbinona», va ijtimoiylarga bo‘linadi.
Iqtisodiy maqsadlar ma’lum raqam ko‘rsatkichlari va foiz nisbatlari orqali belgilanadi. Ularga quyidagilar kiradi: foyda summasi va uning kelgusida o‘sishi, turistik mahsulotlarni realizatsiya qilish hajmi, bozordagi mavqeni mustahkamlash va h.k.
Raqobatchilarga nisbatan bozordagi mavqeni mustahkamlash rejalarda yoq moliyaviy ko‘rsatkichlar yoki mijozlarni qamrab olish raqamlari tarzida aks etadi. Umuman olganda bozordai mavqeni mustahkamlash turistlarning muntazam ko‘payib borishi va turizmning shunga mutanosib ravishda rivojlanishini anglatadi.
Masalan, ko‘plab xorijiy firmalar o‘z turistik rejalarini ishlab chiqishda quyidagilarga asoslanadilar:

  1. iloji boricha turizmdan tushadigan daromadlarning tezroq ko‘payishiga erishish;

  2. turizmning rentabelligini oshirish maqsadida mavjud turistik jihozlardan iloji boricha yaxshiroq foydalanishga erishish;

  3. turistik mahsulotning rivojlanayotgan bozorlarga o‘tishi bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarni taklif eta borib, faoliyatni xilma-xillashtirish.

«Xudbinona» maqsadlar firma, mamlakat, mintaqa yoki ma’lum joyning obro‘sini oshirish va nufuzi (imiji)ni yaxshilashni o‘z ichiga oladi. Bu birinchi navbatda konkret ob’ektning holatini saqlab qolish yoki yaxshilashni nazarda tutadi. Masalan, turistik korxonalarning rahbarlari nima qilib bo‘lsa ham, mustaqil bo‘lib qolish, o‘z faoliyatini o‘zi nazorat qilish vazifasini qo‘yadilar. Unchalik katta bo‘lmagan mehmonxonalar va sayohat agentliklari uchun mustaqil bo‘lish istagi biznesning barqarorligini oshirish xohishi bilan birga bo‘lishi mumkin. Mijozlar doirasini kengaytirish va istalgan foydani olish uchun ular o‘zlarini qoniqtiradigan vaziyatni saqlab qolish usullarini izlaydilar.
Ijtimoiy maqsadlar past daromadga ega odamlar foydalanishi mumkin bo‘lgan, shuningdek atrofmuhitni muhofaza qilishga, ishsizlik darajasini pasaytirishga, kichik biznesning rivojlanishini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan turistik mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorga taqdim etishni nazarda tutadi.
Amaliy nuqtai nazardan turistik bozor faoliyati alohida maqsadlarga ham, ularning yig‘indisiga ham mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Asosiy vazifa turli xil turistik mahsulotlarga muhtoj odamlarning ehtiyojini qondirish va turizmni barqaror rivojlantirishni ta’minlashdan iborat bo‘lishi kerak.
Bozor maqsadlari odatda besh yillik davrga mo‘ljallanadi va sayohatlarning turi, mamlakat yoki mintaqada bo‘lishining o‘rtacha davomiyligiga muvofiq turistlar kelishining taxminiy miqdori bilan belilanadi.

Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə