Respublika standartlashtirish bo‘yicha ishlarning tashkil



Yüklə 15,43 Kb.
tarix10.02.2023
ölçüsü15,43 Kb.
#100575
metrologiya must


Respublika standartlashtirish bo‘yicha ishlarning tashkil
etilishini, muvofiqlashtirilishini va ishlarning maqbul darajada
olib borilishini quyidagi idoralar ta’minlaydilar:
– tarmoqlararo yo‘nalishga belgilangan mahsulot bo‘yicha –
«O‘zstandart» agentligi;
– qurilish va qurilish sanoati, loyihalash va konstruksiyalash
bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
– tabiiy resurslardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, atrofmuhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza
qilish sohasi bo‘yicha – O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi;
– tibbiyot yo‘nalishidagi mahsulotlar, tibbiy texnika

  • buyumlari, dorivor moddalar va respublika sanoati ishlab

chiqaradigan mahsulot tarkibida inson uchun zararli moddalar
miqdorini tartibga solish sohasida – O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi.
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni
vazirliklar, texnikaviy qo‘mitalar, korxonalar, birlashmalar va
boshqa manfaatdor tashkilotlarning istiqbolli rejalari asosida
tuzilgan yillik reja bo‘yicha «O‘zstandart» agentligi amalga
oshiradi.
Respublika standartlashtirish rejasiga, birinchi navbatda,
milliy standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirishni, kishilarning
hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizlikni, atrof-muhitni muhofaza
qilishni, iste’molchilar huquqining himoya qilinishi, milliy
ijtimoiy-iqtisodiy va milliy texnikaviy dasturlarning amalga
oshirilishini ta’minlaydigan milliy standartlarni ishlab chiqish
kiritiladi.
«O‘zstandart» agentligi, Davarxitektqurilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi
(biriktirilgan sohalar bo‘yicha) respublika standartlarini ko‘rib
chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo‘llanish muddatini cho‘zadilar va bekor qiladilar hamda unga o‘zgartirishlar kiritadilar.
Respublikada ishlab chiqilgan standartlar va ularga
o‘zgartishlar tasdiqlanishi darajasidan qat’i nazar O‘zstandart
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va shaharlarda standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, muvofiqlashtirish
va uning muqobil darajasini ta’minlash ishlarini O‘zstandart,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi,
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash
vazirligining tegishli hududiy idoralari va boshqarmalari amalga
oshiradi.
Sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida standartlashtirish
bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularni muvofiqlashtirish uchun
zaruriyat bo‘lgan hollarda, vazirliklar, idoralar, uyushmalar,
konsernlar va boshqa xo‘jalik tuzilmalarida bo‘linmalar (xizmatlar) va (yoki) fan-texnikaning tegishli sohalaridagi yuqori
ilmiy-texnikaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan tashkilotlarda standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari tuziladi.
O‘zbekiston hududida yuritiladigan me’yoriy hujjatlar
«O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
– Davlatlararo standart – GOST.
– O‘zbekiston davlat standarti – O‘z DSt.
– Umumdavlat klassifikatori – O‘z DT.
– Normalar va qoidalar –*).
– O‘zbekiston rahbariy hujjati – O‘z RH.
– Tavsiyalar – O‘z T.
Tarmoqlar bo‘yicha yuritiladigan me’yoriy hujjatlar
Tarmoq tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
– Tarmoq standarti – TSt.
– Tarmoq klassifikatori – TT.
– Norma va qoidalar –*).
– Rahbariy hujjat – RH.
– Tavsiyanomalar – T.
Ma’muriy-hududiy me’yoriy hujjatlar
Viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
– Ma’muriy-hududiy standart – MHSt.
Korxona rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
– Texnik shartlar – TSh.
– Korxona standarti – KSt.
Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil
etishning eng samarador shakllari haqidagi fandir.
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar
singari asosiy yo‘nalishlarni bir-biriga bog‘lovchi vosita hamdir.
Ko‘pgina texnika jihatidan ilg‘or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga o‘suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning
asosi bo‘lgan standartlashtirishning nazariyasiga ham katta
e’tibor berilmoqda.
Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda
eng ratsional joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat
xarajatlari va moddiy resurslarning ta’sirchan vositalaridan biri
sifatida ko‘rilmoqda.
Yuqorida ta’kidlanganidek, 1993-yilning 28-dekabrida metrologiya va sertifikatlash­tirish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar
bilan bir qatorda «Standartlashtirish to‘g‘risida» Qonun ham
qabul qilindi. Bu qonun respublikamizda standartlashtirish sohasi
va standartlashtirish tizimi uchun asosiy hujjat hisoblanadi.
Yüklə 15,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə