Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib


Firma va kompaniyalarda, uzoq va qisqa



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/72
tarix17.09.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#122187
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

 
6.2. Firma va kompaniyalarda, uzoq va qisqa
muddatli kreditlarni jalb etishda moliyaviy tahlil 
 
 
Firma va kompaniyalarda uzoq va qisqa muddatli kreditlarni jalb etishda, aniq va puxta 
ishlangan biznes rejaga va investitsion loyihalarga e’tiborish berish lozim. Lekin ungacha 
albatta, ushbu firma yoki kompaniyaning, moliyaviy ahvoli o’rganilishi lozim. Kredit 
resurslarini jalb etishning turli risklarini ham ta’kidlab o’tish lozim deb o’ylaymiz. Masala. 
Bir necha yildan buyon faoliyat yuritayotgan korxonaning moliyaviy holatini tahlil etishning 
axborot manbayiga egamiz va uning kreditni jalb etish bayonnomasini tuzishda unga tayanish 
mumkin. Lekin yangi tashkil topgan korxona yoki faoliyatini endigina yo’lga qo’ygan 
korxonaning moliyaviy hisobotlari tuzilmagan xollarda, uning moliyaviy ahvolini qanday 
baholash mumkin. Shu va shu kabi savollarga ushbu mavzuda albatta to’lib javob berishga 
harakat qilamiz. Birinchidan; endigina faoliyat boshlagan yoki ro’yxatga olingan 
korxonaning,albatta, ustav kapitali shakllanganligiga ahamiyat beriladi. Ustav kapitalining 
darajasi va uning biznesni yo’lga qo’yishdagi, tarmoq bo’yicha o’rtacha darajaga nisbatan 
holatini baholash orqali ham fikr yuritish mumkin. Shuningdek, garov, kafillik shartlari 
asosida ham kredit shartnomasini rasmiylashtirish mumkin. 
Kredit arizasi bergan firma yoki kompaniyaning moliyaviy tahlilida muhim 
ko’rsatkichlar sifatida birinchi navbatda uning to’lov layoqati, qoplov koeffitsenti baholanadi. 
Bu koeffitsentlar asosida firma va kompaniyaning, choraklar va yillar bo’yicha to’lovga 
qobillik darajasi, o’zining muddatli majburiyatlarini to’lashga qobilligi baholanadi. 
Firma va kompaniyalarning tomonidan olingan kredit resurslar nafaqat korxonaning 
to’lovga qobilligiga balki uning mablag’larining harakatchanlik (likvidlilik) darajasiga ham 
bog’liq. Shu sababli tahlil etishda buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida firma va 
kompaniyalarning harakatchan mablag’larini holatiga, tez va sekin pulga aylanuvchi 
aktivlarga, nolikvid mablag’lar holatiga, ularning to’lov muddati kelgan, qisqa va uzoq 
muddati majburiyatlarga nisbatiga, doimiy passivlarni nolikvid va likvid mablag’larni 
manbalashdagi holatiga baho berish talab etiladi. 
So’ngi paytlarda olingan kredit resurslarining o’z vaqtida va qaytmaslik hollariga 
krediti institutlari tomonidan ko’p duch kelinmoqda. Shu sababli firma va kompaniyalarning 
kreditga layoqatligini tahlil etishda moliyaviy holat tahlilida quyidagi qo’shimcha tarzda 
quyidagi mavzularni o’rganish tavsiya etiladi
ƒ
firma va kompaniyalarning rentabellik darajasi; 
ƒ
aylanma mabalag’larning holati; 
ƒ
o’z mablag’larini hajmi, ularning asosiy va oborot kapitalidagi ishtiroki; 
ƒ
ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarni o’sish templariga;
ƒ
to’lov muddati keligan va o’tib ketgan debitorlik va kreditorlik 
majburiyatlarining holatiga
ƒ
firma va kompaniyalarning pul va qimmatli qog’ozlarining mavjudligiga va 
boshqa jihatlarga ahamiyat beriladi. 


88

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə