Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/72
tarix17.09.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#122187
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

7.
 
Kreditni garov hisobiga jalb etishda mijozning moliyaviy ahvolini tahlil etish 
shartmi, agar shart bo’lsa buning zaruriyati nimada?
8.
 
.Firma va kompaniyalarda kreditga layoqatlikni baholashda kredit resurslarini 
hajmiga, turi, shakliga ahamiyat beriladimi?
 
Mavzu bo’yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar 
(1, 2, 3, 4, 7, 8, 10, 13, 15, 16, 18, 27, 29, 31, 35, 37, 39, 45, 47, 48, 50, 51, 52, 54, 55, 
56, 58, 59, 61, 62, 64, 65, 68, 69, 70, 71, 72, 73) 


85
6.1. Firma va kompaniyalarni kreditga layoqatligini
baholashni mezonlari va moliyaviy tahlil vazifalari 
 
Firma va kompaniyalar iqtisodiy harakatda ,albatta, qarz kapitaliga zaruriyat sezadilar. 
Negaki, biznesni dastlabki qadamiga etarli mablag’ tadbirkorlarda doimo etarli darajada 
bo’lavermaydi yoki umuman bo’lmaydi. Iqtisodi rivojlangan davlatlar biznes hayotini 
kuzatish shuni ko’rsatadiki faoliyatni, biznesni 90 foizi qarz kapitali hisobiga yo’lga 
qo’yiladi. 
Bundan ko’rinib turibdiki, firma va kompaniyalar doimo aniq biznes loyihalari, rejalari 
asosida qarz kapitali jalb qiladilar va uni ishlatishdan foyda olishga harakat qiladilar. 
Firma va kompaniyalarni kreditga layoqatligini baholashni tasdiq topgan me’yoriy 
aktlari va Nizomiga ta’yangan holda har bitta biznes subektini kreditni, qarzni qaytarib berish 
layoqatiga egaligi o’rganilmog’i lozim. Bu mezonlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
Banki, Iqtisodiyot Vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash Ko’mitasi va tegishli 
Vazirliklar tomonidan tuzib chiqilgan. 
Firma va kompaniyalarni kreditga layoqatligiga i.f.d. prof. M.Q.Pardaev tomonidan 
quyidagicha izoh beriladi. “Korxonaning kreditga layoqatligi deganda-uning kredit olish va 
o’z vaqtida olingan kreditni to’liq qaytarish qobilyati tushuniladi”.
68F
68
Muallif tomonidan, korxonalarning, firma va kompaniyalarning kreditga layoqatligini 
o’rganish maqsadida quyidagi ko’rsatkichlarni baholash lozimligi ta’kidlanadi;
69F
69
-kreditni to’lashga qodirlik darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlarni baholash, tahlil 
etish; 
-mablag’larni likvidligi (aylanuvchanligini) baholash, tahlil etish;
-firma va kompaniyalar foydaligi bilan bog’liq ko’rsatkichlarni tahlil etish; 
-moliyaviy barqarorlik bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlarni baholash, tahlil etish. 
Firma va kompaniyalarda kreditga layoqatligini baholashda olinadigan kreditni 
turiga,albatta,qarash lozim. Kredit mablag’larini uzoq (bir yildan ortiq muddatga), qisqa 
muddatga jalb etish hollarini e’tiborga olish lozim. Uzoq muddatli kreditlar odatda uzoq 
muddatli aktivlarni shakllantirishga, qisqa muddatli kreditlar esa oborot mablag’larni 
manbalashga yoki shakllantirishga jalb qilinadi. 
Firma va kompaniyalarning kreditga qodirlik darajasini uning to’lovga qobilligi, 
moliyaviy barqarorligi, kapitalning foydaliligi kabi ko’rsatkichlar asosida bayon etish 
mumkin. Ushbu ko’rsatkichlarning mezoniga tayangan holda firma va kompaniyalarning 
kreditga layoqatligini tavsiflovchi “sinf” shkalasi tuzib chiqiladi. Ushbu shkala bo’yicha 
firma va kompaniyalarni kreditga layoqatligini xarakterlovchi ko’rsatkichlar darajasi birinchi 
va ikkinchi sinfga tushsa, firma va kompaniya kreditni olishga layoqatli, 3 va 4- sinflarga 
tushadigan bo’lsa kreditni olishga noloyiq deb topiladi. 
Tahlil etishda, kredit tashkilotlarining inspektorlari tomonidan, kredit olish haqida 
ariza bergan har bitta firma yoki kompaniyaning auditorlik xulosasi olingan moliyaviy 
hisobot ma’lumotlari asosida moliyaviy holati baholanadi. Baholash natijasi bo’yicha 
68
Pardaev M.Q., Isroilov B. Moliyaviy taxlil T,; Iqtisodiyot va xuquq dunyosi. 1999 y.219-bet 
69
Pardaev M.Q., Isroilov B. Moliyaviy taxlil T,; Iqtisodiyot va xuquq dunyosi. 1999 y.220-bet 


86
bayonnoma tuziladi va bu bayonnoma kredit oluvchi bilan tuziladigan kredit shartnomasiga 
asos bo’lib xizmat qiladi. 
Firma va kompaniyalarning kreditga layoqatligini baholashda tahlil oldiga quyidagi 
vazifalar qo’yiladi; 
ƒ
firma va kompaniyalarning kreditga layoqatligini davriy oraliqlar bo’yicha 
o’rganish; 
ƒ
firma va kompaniyalarning moliyaviy barqarorligi, aktivlar va kapital 
foydaliligini baholash; 
ƒ
mablag’larni joylashinuvidagi holat, ularning aylanuvchanligini baholash
ƒ
muddati o’tgan majburiyatlarning holati, firma va kompaniyalarning moliyaviy 
mustaqillik darajasidagi o’zgarishlar, sotish hajmidagi o’sish, likvid mablag’larning xolati 
kabi qo’shimcha ko’rsatkichlarga baho berish; 
Firma va kompaniyalarni kreditga layoqatligini tahlil etishda moliyaviy hisobotni 
barcha shakllaridan foydalanish, ularning muvofiqligiga va davriy o’zgarishlariga ahamiyat 
berish talab etiladi. 


87

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə