Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


-jadval 10-12 yoshli o‘g‘il bolalarning tajriba va nazorat guruhlarida



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə27/29
tarix26.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#113102
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Ahror t

4.3-jadval


10-12 yoshli o‘g‘il bolalarning tajriba va nazorat guruhlarida pedagogik tajribaning boshi va oxiridagi KMIQ (daq/kg) ning nisbiy
ko‘rsatkichi



Testlar





Tadqiqot ko‘rsatkichlari




P

Gurux

Tajriba- gacha

Tajriba- dan keyin

1.

Kislorodni






















maksimal

15/15

Tajriba

35,6 ±1,7

45,2±1,8

3,6

<0,001




iste’mol




Nazorat

35,0±1,5

38,5±1,4

1,7

>0,1




qilish




















    1. Pedagogik tajriba ta’sirida umumiy chidamlilik ko‘rsatkichlarining o‘zgarish dinamikasi

Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhining tajriba guruhida shug‘ullanishni boshlagan 10-12 yoshli bolalar misolida uyushtirilgan pedagogik tajriba bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarimiz natijalari va ularning qiyosiy tahlili yuqorida ehtimol qilingan ayrim masalalarga oydinlik kiritish imkonini berdi.


Qayd etilgan nazorat mashqlari dinamikasidan shu narsa kuzatildiki, birinchi, ikkinchi, uchinchi yillar tajribasida tezkorlik sifatlari: 600 m yugurish tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida, 6 daqiqa yugurish, 1000 m.ga yugurish bo‘yicha va statik chidamlilik (yarim o‘tirib turish) birinchi o‘quv yilida statistik farq qilmagan bo‘lsada, tajriba guruhi bolalari nazorat guruhidagi bolalarga nisbatan yuqori natija ko‘rsatishdi. Bu esa ularda jismoniy tayyorgarlikning oshganligini yaqqol ko‘rsatdi.
Ikkinchi o‘quv yiliga o‘tgandan keyin tajriba guruhidagi bolalar jismoniy tayyorgarligini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlarning pedagogik
tajriba yakunida jadal ravishda o‘zgarishi shu guruhga berilgan mashg‘ulotlarda chidamlilik uchun qo‘llanilgan mashqlar aerob va anaerob imkoniyatlariga tabaqalashtirib berilgan yuklamaning samarali ta’sir ko‘rsatganligi isbotladi.
Binobarin, boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi bolalar mashg‘ulotlarida umumiy chidamlilikni rivojlantirish samaradorligi umumiy yugurish masofasiga (km.ga), organizmning aerob va anaerob imkoniyatlarining rivojlanishiga qaratilgan mashqlarning yuklamasiga bog‘liq ekanligini e’tirof etish mumkin.
600 metrga yugurishda birinchi yili tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida Styudent t mezoni bo‘yicha t=0,44 ga teng bo‘lib, guruhlar o‘rtasida axamiyatli farq yo‘q edi. Ikkinchi o‘quv yilida ham Styudent t mezoni buyicha t=1,1 ga P>0,05 tengdir.
Tayyorgarlik guruhining uchinchi yiliga o‘tib, yugurish organizmning aerob va anaerob imkoniyatlariga qarab berilgan doimiy rejalari bir tekisda va intervalli usullarni qo‘llash bilan berilgan mashqlarning ta’siri tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida statistik farqli t=3,4 P<0,05 o‘sganligini qayd qilish mumkin.
6 daqiqa yugurish birinchi o‘quv yilida tajriba va nazorat guruhlarida yuklama baravar berilganligi sababli yuqori darajada o‘sishiga yordam bergan bo‘lsada, tajriba guruhining uslublarini almashtirish xisobiga ko‘rsatilgan natijalar 1,7% ga yuqoriroq bo‘ldi. Ikkinchi o‘quv yilida har tomonlama jismoniy va funksional tayyorgarlik darajasini ko‘tarish uchun yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 40-48 km. gacha yetdi, aerob turdagi mashg‘ulotlar 35-40 km.ni YuQT daqiqasiga 150 zarbagacha, aralash yugurish hajmi (YuQT-156-170 zarba) 5-8 km bo‘yicha ishlandi.
Maxsus yugurish va sakrash mashqlari har oyga 2-5 km.ni tashkil etadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik umumiy rivojlantiruvchi va sport o‘yinlariga qo‘shib olib borildi. Mashg‘ulotning har bir oyida 8-10 soatni
tashkil etib, nazorat sinovlari har 4 oyda o‘tkazib borildi. Tibbiy ko‘rikdan yiliga 3 marta o‘tkazildi.
1000 m.ga yurish va yugurish har tomonlama jismoniy va funksional darajani ko‘tarish maqsadida qo‘llanildi, yuklamalarining umumiy hajmi 40-48 km. gacha yetkazildi. URM, sport o‘yinlari oyiga 8-10 soatni tashkil etdi.
Texnik va taktik tayyorgarlik mahoratini maxsus chidamlilik darajasini oshirish uchun musobaqa oldidan yugurish yuklamalari 44 km. ga, yozgi musobaqa davrlarida esa 42-45 km.ga yetkazildi. Musobaqalar soni taqvim rejaga asosan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik musobaqalar oldidan o‘tkazildi, berilayotgan umumiy tayyorgarlikni vosita va uslublari birinchi va to‘qizinchichi mikrosikllar ichida berilgan.
O‘quv yilining uchinchi yilida yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 490 km.ni tashkil qildi. Shundan: aerob yugurish hajmi (YuQT-150 zarba) 388 km.ni; aralash yugurish hajmining rejimi (YuQT-150-170 zarb) 71 km.ni; anaerob yugurish hajmining rejimi (YuQT-175 zarba) 31 km.ni tashkil qildi.
Tayyorgarlik davridagi har tomonlama jismoniy va funksional darajani ko‘tarish bosqichida yugurish yuklamalarining umumiy hajmi har oyda 40-44 km.ni, umumiy rivojlantiruvchi mashq va texnik tayyorgarlik darajasini oshirish bosqichida 43-48 km.ni tashkil qildi.
Jismoniy, funksional, texnik-taktik tayyorgarlik darajasini oshirishda yugurish yuklamalari har oyda 40-48 km.ni tashkil etdi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikka 18 soat ajratildi va musobaqalar taqvim rejaga asosan o‘tkazildi.
Texnik-taktik mahorat va maxsus chidamlilik darajasini oshirishda yugurish yuklamalari 45-48 km.ni; umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari 16 soatni tashkil qildi.
11 yoshga nisbatan 12 yoshga kelib 600 metrga yugurishda mezosikllardagi tezlik va tezkor-kuch mashqlari hamda ularning jismoniy va funksional tayyorgarlik ta’sirida tajriba guruhidagilar o‘z natijalarini 0,54 soniyaga yaxshiladi, nazorat guruhidagilar ham 0,8 soniyaga yaxshilashdi. Shunga qaramasdan, tajriba guruxlari ko‘rsatkichlari 0,32 soniyaga yuqoriligi aniqlandi. Tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasidagi farq Styudent t mezoni bilan t=2,4 ni tashkil qildi. Bu esa tajriba guruhidagi bolalarning ko‘rsatgan natijalari nazorat guruhiga qaraganda farqli ravishda o‘zgarganini ko‘rsatadi.
6 daqiqa yugurishda 12 yoshli tajriba guruhidagi bolalar 1260 m.ga yugurgan bo‘lsa, nazorat guruhidagilar 1140 m.ga yugurishdi. Tajriba guruhi nazorat guruhiga nisbatan 120 m.ga ko‘proq yugurishdi. Ular o‘rtasidagi farq Styudent t mezoni bo‘yicha t=9,2 ni tashkil qildi.
12 yoshda 1000m. ga yugurishda tajriba guruhidagilar nazorat guruhiga qaraganda Styudent t mezoni bo‘yicha t=4,60 ko‘rsatkichga ega bo‘lib, hamma bolalar keyingi yosh guruhiga o‘tish me’yorini bajarishdi va III va II o‘smirlar razryadini ko‘rsatishdi.
Statik chidamlilik (yarim o‘tirib-turish) 12 yoshga kelib tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasidagi farq Styudent t=2,6 ga P<0,05 teng bo‘ldi.
Shu bilan birga nazorat guruhidagilarning 15 tasidan 10 tasi yosh guruhga o‘tish mezonlarini bajarishdi, 5 tasi bajara olmadi.

Bob bo‘yicha xulosalar


10-12 yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishiga mashg‘ulot davomida doimiy ravishda e’tibor berib borildi.


Umumiy chidamlilik mashqlari asta-sekin 15-20 daqiqagacha bajarib borilgandagina chidamlilik rivojlanishi aniqlandi. Yoshlarda umumiy chidamlilikning asosiy natijasi bo‘lib kislorodni maksimal qabul qilish ish qobiliyatining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Chidamlilikni
takomillashtirishda, laktat anaerob va aerob imkoniyatlarni parallel rivojlantirishda: ishning davom etishi 1-5 soniya, shiddati maksimaldan 85-90% hisobida belgilandi.
Chidamlilikni tarbiyalashga qaratilgan mashg‘ulotlarning yo‘nalishini tarkibiy qismiga, mashg‘ulot ta’sirining yo‘nalishi YuQTdaqiqada 150 zarbadan katta bo‘lgan mashqning davom etishi 70-120 soniyani, dam olish 30-60 soniyani, takrorlash soni 6-7 martani tashkil qilishi zarur. YuQT ning o‘rtacha davom etishi 120-180 zarbagacha, dam olish oralig‘i 30-60 soniyani, takrorlash soni esa 5-6 martadan iborat ekanligi aniqlandi.
Umumiy chidamlilikni yil davomida rejalashtirishda quyidagi, bosqichlar bo‘yicha amalga oshirish zarur deb topildi. Funksional va jismoniy tayyorgarlikni har tomonlama rivojlantirish darajasini oshirish bosqichi; umumiy rivojlantiruvchi mashqlar va texnik tayyorgarlik bosqichi; jismoniy, fuksional va texnik tayyorgarlik darajasini oshirish bosqichi; texnik-taktik mahorat va maxsus chidamlilik darajasini oshirish bosqichi; faol dam olish bosqichlari buyicha qiyoslash tartibida ish olib borildi.
Tadqiqotning birinchi o‘quv yilida umumiy chidamlilikni ko‘rsatuvchi testlar bo‘yicha tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida statistik ravishda farq bo‘lmagan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi yilga o‘tib nazorat va tajriba guruhlari o‘rtasida Styudent t mezoni bo‘yicha t=2,4 dan 9,2 gacha farq aniqlandi.
XOTIMA

Muammoni nazariy fikrlash va tajriba ishlarini umumlashtirish quyidagi xulosalarni e’tirof etish imkonini berdi:



  1. Adabiyot manbalari tahlilining ko‘rsatishicha, yosh sportchilarda chidamlilikni belgilab beruvchi omillar qo‘yidagilar: mushaklarning tuzilishi; ichki mushak va mushaklararo koordinatsiya; yurak-tomir, nafas olish va asab tizimlari ishining unumdorligi; organizmdagi energiya materiallarining zahirasi; boshqa jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi; psixologik ta’sir, harakat faoliyatining texnik va taktik tejamkorligi.

  2. Yosh sportchilarda chidamlilikni rivojlantirishda submaksimal shiddatdagi ish 50 soniyadan 4-5 daq.gacha oshmasligi kerak.

Yosh sportchilarning aerob imkoniyatlarini oshirish maqsadida intervalli metodning qo‘llanishiga nisbatan fiziologik yondashuvlarga asoslangan tamoyillarga amal qilish zarur:

  • ayrim bo‘laklarni o‘tish davomiyligi 1-2 soniyadan oshmasligi

kerak;

  • mashg‘ulot jarayoni uzunligiga qarab dam olish oraliqlari

davomiyligi 40-90 soniya atrofida bo‘lishi lozim.

  • mashqlarni ish shiddatini aniqlashda yurak qisqarish tezligini hisobga olish zarur, ish oxirida (daqiqasiga 130-170 zarba, faza oxirida daqiqada 120-130 zarba).

  1. O‘rta masofaga yuguruvchi yengil atletikachilarning boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida o‘quv-mashg‘ulot ishining rejalashtirilishi o‘quv yillari bo‘yicha ishlab chiqilmaganligi aniqlandi.

  2. Uch yillik tajriba davomida 10-12 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi: tana uzunligi tajriba guruhida 10 yoshli bolalarda 138,7 sm.ni, 11 yoshda 148,9 sm.ni tashkil qildi,

  1. 11 yosh bolalarda tana uzunligining o‘rtacha farqi t=6 ga teng. 12 yoshli bolalarning tana uzunligi 152 sm.ni tashkil qilib, 11-12 yosh orasida Styudent mezoni bo‘yicha o‘rtacha t=2,06 farq qildi. Nazorat guruhida 10 yoshda 138,7 sm.ni, 11 yoshda 146,4 sm.ni tana uzunligi tashkil qilgan bo‘lsa, 10-11 yoshlar o‘rtasida farq t=4 ni tashkil qildi. 12 yoshga kelib 150,1 sm.ni tashkil etdi. 11-12 yoshlar o‘rtasida t=1,91 ga farq qildi. Tana og‘irligi tajriba guruhida 10 yoshda 35,0 kg.ni, 11 yoshda 37,2 kg.ni, 10-11 yoshlar o‘rtasida t=3,43 ni, 12 yoshda 39,1 kg. 11-12 yoshlar o‘rtasida t=2,96 ni tashkil qildi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi tajriba guruhida mos ravishda 1800, 2005, 2550 ml.ni; o‘ng qo‘l panja kuchi tajriba guruhida 15,17,20 kg.ni, chap qo‘lda esa 13,15,18 kg. ga farqli ravishda oshganligi tajribada isbotlandi.

  1. 10-12 yoshli bolalar bilan chidamlilik mashqlariga nisbatan organizmning moslanuvchanlik reaksiyalarni oshirish maqsadida bir ma’romda bajarish mashq uslubi va oraliq intervalli mashq uslubini qo‘llash maqsadga muvofiqligi aniqlandi.

  2. Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida birinchi yilida BO‘SM dasturi bo‘yicha 312 soatlik yuklama bajarildi shundan 32% umumiy jismoniy tayyorgarlikka, 16%, yengil atletikaning boshqa turlari texnikasini o‘rgatish va takomillashtirishga 48%, nazariy, qabul qiluvchi sinovlar va yildan yilga o‘tkazuvchi sinovlarga 12 soat, ya’ni 3,8% vaqt ajratilgan hamda 76 soat sport zallarida qolgan soatlar esa ochiq havoda o‘tkazildi. Yil davomida mashg‘ulotlar, asosan, yengil atletika texnikasini o‘rgatish va takomillashtirishga qaratildi. KMIQ tajribagacha tajriba guruhida 35,6 ni, nazorat guruhida 35,0 ni tashkil qildi. Bu holat 10 yoshli bolalarning yengil atletikaning boshqa turlarini o‘zlashtirishini, UJTni va umumiy chidamlilikni oshirishini isbotladi.

  3. O‘quv yilining ikkinchi yilida 11 yoshdagi yosh sportchilar uchun qo‘llanilgan o‘quv rejada yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 456 km.ni tashkil qildi, shundan aerob rejimdagi yugurish - 411 km yoki 90%; aralash

rejimdagi yugurish - 45 km yoki 9,8%; maxsus yugurish va sakrash mashqlari - 33 km, umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari-96 soat; musobaqa, nazorat va tibbiy ko‘rik uchun 8 soat optimal bo‘lishi tajribada isbotlandi.
O‘quv yilining uchinchi yilida 12 yoshli yosh sportchilar uchun qo‘llanilgan o‘quv rejadagi yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 490 km.ni tashkil qildi, shundan aerob rejimdagi yugurish - 388 km ya’ni 79,2%; aralash rejimdagi yugurish hajmi - 71 km yoki 14,4%; anaerob rejimda yugurish - 31 km yoki 6,3%; umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari 100 soat, musobaqa taqvim rejaga asosan o‘tkazildi, nazorat va tibbiy ko‘rik uchun 10 soat ajratildi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlarining 100 soatgacha oshganligi yosh sportchilarning yillik me’yoriy talablarni to‘liq bajarishlarini ta’minladi.

  1. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, yosh sportchilarda chidamlilik tayyorgarligi tajriba guruhida o‘quv yillari bo‘yicha farqli ravishda o‘sdi; 11 yoshlilarda 1000 m.ga yugurish vaqti 3:48±0,35, t=4,6, R<0,001; 12 yoshlilarda 3:23±0,01, t=2,36 R<0,05 ga o‘sganligi, tajribada isbotlandi. Boshqa testlarda ham natijalarning yaxshilanishi kuzatildi:

    • 600 metrga yugurishda 11 yoshda 1:59.17±0,30 t=1,1, 12 yoshda esa yilnig oxirida 1: 58.0±0,30, t=2,4; R < 0,05ga o‘sdi;

    • 6 daqiqa yugurishda 11 yoshda 1200±6,08, t=8,0 R<0,001 bo‘lgan bo‘lsa, 12 yoshga o‘tib 1260±9,36, t=9,2, R<0,001 ga o‘sganligini ko‘rsatdi;

    • statik chidamlilik bo‘yicha 12 yoshga kelib tajriba va nazorat guruhi o‘rtasidagi farq Styudent t mezoni bo‘yicha t=2,6 ga P<0,05 teng bo‘ldi;

    • KMIQ tajriba guruhida tajribagacha 35,6±1,7 ni tashkil qilgan bo‘lsa, tajribadan so‘ng 45,2±1,8 ni tashkil qildi. t=3,6 ga, P<0,001 ga teng bo‘ldi.

  1. Yoshga qarab tashkil etilgan mikrosikllar jalb qiluvchi mikrosiklda (YuQT daq. 140-150 zarba); bazaviy umumiy chidamlilikni

rivojlantirishga yo‘naltirilgan (YuQT daq. 140-150 zarba). O‘quv yillari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv rejalari, shug‘ullanuvchilarning yoshini e’tiborga olgan holda o‘quv-mashq mashg‘ulotlarining mikro-, mezosikllar bo‘yicha taqsimlanishi yosh sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligi oshishiga, ularning morfofunksional ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
AMALIY TAVSIYaLAR



  1. Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari yengil atletikachilarining (10-12 yosh) mashg‘ulot jarayoni samaradorligini oshirish uchun UJT va yugurish xususiyatiga ega (aerob rejimda) mashqlar qo‘llaniladi. Ularning mashg‘ulot jarayoniga kiritilishi ko‘p hollarda umumiy chidamlilikning, shuningdek, boshqa jismoniy sifatlarning rivojlanishiga va natijada sport natijalarining o‘sishiga yordam beradi.

  2. O‘rta masofaga yugurishda umumiy chidamlilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ustuvor yo‘nalishdagi mashg‘ulot jarayonida nafas olish sur’atini qadamlar sur’ati bilan moslashtirgan holda masofa bo‘laklarini yugurib o‘tish zarur.

  3. O‘rta masofaga yuguruvchilarning boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida chidamlilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ustuvor yo‘nalishdagi mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning o‘quv faoliyati bilan mashg‘ulligini hisobga olgan holda tuzilgan va qo‘llaniladigan vositalarning murakkablashtirilganligida, yuklama hajmi va shiddatini yillik sikl davrlari bo‘yicha oshirishda qat’iy ketma-ketlikda amalga oshiriladigan yil davomidagi mashg‘ulotlar tizimi muvaffaqiyatli o‘qitish va mashq qildirish uchun katta ahamiyatga ega.

  4. Tiklanish vositalarining tanlanishi mashg‘ulot mikrosikllari vazifalari va tuzilmasi, yosh sportchilarning toliqish hususiyati hamda darajasi, joriy tayyorgarlikning muayyan rejasi va yuklamalar dinamikasi bilan belgilanadi.

  5. Katta hajimdagi va shiddatdagi mashg‘ulot yuklamalarida o‘rta masofaga yuguruvchilar tayanch harakat apparatining funksional holatini optimal darajada saqlab turish uchun issiq muolajalarning kasrli rejimini kiritgan holda tiklanish vositalari kompleksini qo‘llash zarur.

  6. 11 yoshdagi sportchilarning funksional tayyorgarligida (sentabr, oktabr, noyabr) aerob rejimdagi yugurishda (YuQT daqiqada 150 zarba) o‘rtacha 35 km, 12 yoshdagi sportchilarda aerob rejimdagi yugurishda (YuQT daqiqada 150 zarba) o‘rtacha 40 km, anaerob rejimda (YuQT daqiqasiga 175 zarba) 5 km optimal hisoblanadi.

  7. Yugurish texnikasini o‘rgatishga avval o‘yin uslubi yordamida o‘tkazish tavsiya qilinadi, asta-sekin yugurish texnikasining alohida elementlarini egallash vazifalari (oyoq kaftini qo‘yish, orqadagi oyoqda depsinishni kuchaytirish va boshqa) murakkablashtiriladi va shu tariqa o‘quvchilarni to‘g‘ri texnikani o‘zlashtirishga yaqinlashtiriladi.

  8. Ikkinchi o‘quv yilida yugurishning umumiy hajmini 456 km.ga yetkazish zarur, jumladan, aerob rejimdagi yugurish - 411 km.ni, aralash rejimdagi - 45 km.ni tashkil qiladi, UJT 96 soatdan iborat bo‘ladi. Uchinchi o‘quv yilida yugurishning umumiy hajmi 490 km.ni, jumladan, aerob rejimda 388 km.ni, aralash rejimda – 71 km.ni, anaerob rejimda 31 km.ni tashkil etadi. UJT aerob va aralash rejimlar qisqarishi hisobiga 100 soatga ortadi.

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI



  1. “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni //Xalq so‘zi. - 2000 - 28 may.

  2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.

//Turkiston gazetasi. - 1997. - 1oktabr.

  1. “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qonuni //Xalq so‘zi.- 1999. - 27 may.

  2. “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qonuni //Xalq so‘zi.- 2002. - 31oktabr.

  3. “Sog‘lom avlod uchun ordenini ta’sis qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni //O‘zbekiston ovozi. - 1993. - 5mart.

  4. “Bolalar va o‘quvchi yoshlarni jismoniy tarbiyalash” O‘zbekiston Respublikasining Konsepsiyasi //Ma’rifat. - 1992. - B. 43-48.

  5. Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T: O‘zbekiston, 1991. - B. 26.

  6. Karimov I.A. O‘zbekiston-kelajagi buyuk davlat. - T.: O‘zbekiston, 1992. - B. 62.

  7. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. - T.: O‘zbekiston,1992. - B. 78.

  8. Abdullaev A, Xonkeldiev Sh. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. - T.: O‘zDJTI, 2005. - B. 231.

  9. Ayrapetyans L.R, Pulatov A.A. Nauchno-texnologicheskie osnovы podgotovki yunыx sportsmenov na nachalnom etape obucheniya //Fan sportga. - Toshkent, 2005. - №1. - B 6.

  10. Alabin V.G, Alabin A.V, Bizin V.P. Mnogoletnyaya trenirovka yunыx sportsmenov: Ucheb. posobie. - Xarkov: Osnova, 1993. - S. 244.

  11. Atoev A.K, Nosirov M. Jismoniy tarbiya va shaxsning axloqiy tarbiyasi. - T., 1993. - B. 143.

  12. Bernshteyn N.A. O lovkosti i yee razvitii. - M.: FiS, 1991. -

S. 288.

  1. Bogdanov G.P. Tempы vozrastnogo razvitiya raznыx dvigatelnыx

kachestv u shkolnikov //Problemы zdorovya, fizicheskogo razvitiya i bezopasnosti detey i uchaщeysya molodeji Severa. - Muramansk, 1993. - S. 69-70.

  1. Bogdanov G.P. Fizicheskie nagruzki pri razvitie vыnoslivosti i bыstrotы v bege //Fizicheskaya kultura v shkole. - Moskva, 1987. - №8. - S. 15-21.

  2. Boltaev Z.B, Kipchokov B., Tuychiev S. Tarbiyaning vazifasi bolalar va o‘smirlar jismoniy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi

//Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari: Oliy ta’lim muassasalari ilmiy-nazariy anjumani materiallari. - T., 2008. - B. 21.

  1. Bompa T. Podgotovka yunыx chempionov: Per. s angl. - M.: Astrel, AST, 2003. - S. 260.

  2. Bondarchuk A. Yeщe raz o sportivnoy forme //Legkaya atletika. -

Moskva, 1991. - №1. - S. 11-13.

  1. Verxoshanskiy Yu.V. Osnovы spesialnoy podgotovki sportsmenov. - M.: FiS, 2002. - S. 332.

  2. Volkov L.V. Sportivnaya podgotovka detey i podrostkov. - K.: Veja, 1998. - S. 191.

  3. Volkov L.V. Teoriya i metodika detskogo i yunosheskogo sporta. -

K.: Olimpiyskaya literatura, 2002. - S. 293.

  1. Volkov L.V., Romashov A.V. Predsorevnovatelnaya podgotovka: Ucheb. posobie. - Smolensk, 1991. - S. 107.

  2. Volkov N.I. Bioximiya: Uchebnik dlya IFK. - M.: FiS, 1986. -

S. 89-92.

  1. Volkov N.I. Rekordы vыnoslivosti: proshloe, nastoyaщee, buduщee //Teoriya i praktika fizicheskoy kulturы. - Moskva, 1994. - №10. - S. 65.

  2. Vrublevskiy Ye.P. Osobennosti podgotovki sportsmenok v skorostno-silovыx vidax legkoy atletiki //Teoriya i praktika fizicheskoy kulturы. - Moskva, 2005. - №7.- S. 60-63.

  3. Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. T.: O‘zDJTI, 2005. - B. 171.

  4. Grachev O.K. Fizicheskaya kultura: Ucheb. posobie /Pod. red. dotsenta Ye.V.Xarlamova. - M.: IKS - Mart, 2005. - S. 464. - (Seriya «Uchebnыy kurs»).

  5. Guba V.P. Osnovы raspoznavaniya rannego sportivnogo talanta. Ucheb. posobie dlya VUZov. - M.: Terra-sport, 2003. - S. 206.

  6. Guba V.P., Nikitushkin V.G., Kvashuk P.V. Individualnыe osobennosti yunыx sportsmenov. - Smolensk, 1997. - S. 219.

  7. Gujalovskiy A.A. Osnovы teorii i metodiki fizicheskoy kulturы. - M.: FiS, 1986. - S. 366.

  8. Detskaya legkaya atletika: Programma: Prakticheskoe rukovodstvo dlya organizatorov zanyatiy. - M.: Terra-sport, Olimpiya Press, 2002. - S. 72.

  9. Yeremenko I.A. Postroenie sportivnoy trenirovki begunov- bareristov na etape nachalnoy sportivnoy spesializatsii v gruppovoy individualnoy podgotovke: Avtoref. diss…. kand. ped. nauk. - M., 1996. - S. 19.

  10. Jeleznyak Yu.D., Petrov P.K. Osnovы nauchno-metodicheskoy deyatelnosti v fizicheskoy kulture i sporte: Ucheb. posobie dlya VUZov. - M.: Akademiya, 2002. - S. 264.

  11. Jilki A.I., Kuzmin V.S., Sidorchuk Ye.V. Legkaya atletika: Ucheb. posobie dlya VUZov. - M.: Akademiya, 2003. - S. 464.

  12. Zaporojanov V.A. Kompleksnыy kontrol v sovremennom sporte

//Teoriya i praktika fizichesoy kulturы. - Moskva, 1982. - №2. - S. 41-43.

  1. Zatsiorskiy V.M. Fizicheskie kachestva sportsmena.- 2-ye izd. - M.: FiS, 1970. - S. 31.

  2. Ivankov Ch.T. Teoreticheskie osnovы metodiki fizicheskogo vospitaniya. - M.: Insan, 2000. - S. 352.

  3. Ivanov V.S. Osnovы matematicheskoy statistiki: Ucheb. posobie dlya IFK. - M: FiS, 1990. - S. 280.

  4. Ivochkin V.V. Normativnыe trebovaniya k mnogoletney podgotovke yunыx begunov na srednie distansii //Legkaya atletika. - M., 1990. - S. 31-38.

  5. Ivochkin V.V. Postroenie uchebnыx programm dlya uchaщixsya sportivnыx shkol //Postroenie trenirovki po godam obucheniya v sport shkolax: Tez. dokl. Vsesoyuzn. nauchno-prakticheskoy konfensii. - M., 1987. - S 23-25.

  6. Ippolitov Yu.A., Cheburaev V.S. Metodicheskie osnovы sovershenstvovaniya sportivnыx uprajneniy posredstvom optimizatsii ix xarakteristik //Teoriya i praktika fizicheskoy kulturы. - Moskva, 1998. -

№10. - S. 23-25.

  1. Isaev A.A. Olimpiyskaya pedagogika: opыt modelirovaniya psixologo-pedagogicheskix texnologiy detsko-yunosheskogo sporta. - M.: FiS, 1998. - S. 240.

  2. Karpman V.L. Serdechno-sosudistaya sistema i transport kisloroda pri mыshechnoy rabote: Leksiya. - M., 1985. - S. 31.

  3. Kerimov F.A. Sport soxasidagi ilmiy tadqiqotlar. - T.: Zar qalam, 2004. - B. 334.

  4. Kerimov F.A., Umarov M.N. Sportda prognozlashtirish va modellashtirish. - T.: O‘zDJTI, 2005. - B. 279.

  5. Kim V.V., Matveev Yu.I. Vibrodozimetricheskiy kontrol v fizicheskix uprajneniyax sportsmena: Metod. posobie. - M., 1990. - S. 48.

  6. Korenberg V.B. Nadyojnost resheniya dvigatelnыx zadach

//Teoriya i praktika fizicheskoy kulturы. - Moskva, 1997. - №10. - S. 18-23.

  1. Kravchuk A.I. Fizicheskoe vospitanie detey rannego i doshkolnogo vozrasta: Monografiya. - Novosibirsk: Izd-vo NGPU, 1998. - S. 136.

  2. Kulakov V.N. Postroenie godichnogo sikla trenirovki yunыx begunov na srednie distansii //Legkaya atletika. - M., 1990. - S. 61-70.

  3. Kulikov L.M. Upravlenie sportivnoy trenirovkoy: sistemnost, adaptatsiya, zdorove: Avtoref. diss…. ped. nauk. - M., 1996. - S. 48.

  4. Kuramshin Yu.F. Metodы obucheniya dvigatelnыm deystviyam i razvitiya fizicheskix kachestv: Teoriya i texnologiya primeneniya: Ucheb. posobie. - SPb., 1998. - S. 58.

  5. Kurbanov Sh., Seytxalilov E.A. Natsionalnaya programma po podgotovke kadrov: Vliyanie na razvitie obщestva. - T., 1999. - S. 103.

  6. Kuris V.N. Teoriya i metodika obucheniya prыjkam na dorojke. -

T., 1994. - S. 405.

  1. Legkaya atletika: Programma dlya detsko-yunosheskix sportivnыx shkol. - M., 1971. - S. 25.

  2. Leonenko I. Formula vыnoslivosti //Legkaya atletika. - Moskva, 1979. - №9. - S. 11.

  3. Lines M. Vozrastnыe zakonomernosti stanovleniya i soxraneniya sportivnogo masterstva v bege na srednie distansii //Legkaya atletika. - Moskva, 1990. - №9. - S. 80.

  4. Loktev S.A. Legkaya atletika v detskom i podrostkovom vozraste: Prakticheskoe. rukovodstvo dlya trenera. - M.: Sovetskiy sport, 2007. - S. 402.

  5. Loktev S.A. Ostorojno deti! //Legkaya atletika. - Moskva, 1991. -

№12. - S. 9-12.

  1. Lyax V.I. Koordinatsionnыe sposobnosti shkolnikov //Teoriya i praktika fizicheskoy kulturы. - Moskva, 2000. - №1. - S. 24.

  2. Lyax V.I. Sovershenstvovanie spesificheskix koordinatsionnыx sposobnostey //Fizicheskaya kultura v shkole. - Moskva, 2001. - №2. - S. 7-14.

  3. Lyax V.I. Testы o fizicheskom vospitanii shkolnikov: Posobie dlya uchitelya. - M: AST, 1998. - S. 272.

  4. Makarov A.N. Legkaya atletika. - M.: Prosvyaщenie, 1990.- 205s.

  5. Malkov Ye. Smena pokoleniy //Legkaya atletika. - Moskva, 1991. -

№2. - S. 27.

  1. Malseva I.G.Struktura fizicheskoy nagruzki pri vospitanii vыnoslivosti u detey 6-letnogo vozrasta: Avtoref. diss…. ped. kand. nauk. - Omsk, 1989. - S. 20.

  2. Matveev L.P. Obщaya teoriya sporta: Uchebnik. - M., 1997. - S. 387.

  3. Matveev L.P. Osnovы obщey teorii sporta i sistemы podgotovki sportsmenov: Ucheb. posobie. - K., 1999. - S. 317.

  4. Matveev L.P. Teoriya i metodika fizicheskoy kulturы: Uchebnik dlya IFK. - M., 1991. - S. 543.

  5. Matveev L.P. Etot mnogolikiy, vosxiщayuщiy i vozmuщayuщiy sport //Fizkultura v shkole. - Moskva, 1999. - №1. - S. 40-44.

  6. Maxkamjanov K.M, Nasriddinov F.N. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini takomillashtirish. - T., 1995. - B. 74.

  7. Menuxin Yu.V. Fizicheskoe vospitanie: Teoriya, metodika, praktika: Ucheb. posobie dlya studentov VUZov. - M.: Sportakadem Press, 2003. - S. 322.

  8. Nabatnikova M.Ya. Modelnыe xarakteristiki yunыx sportsmenov //Osnovы upravleniya podgotovkoy yunыx sportsmenov. - M.: FiS, 1982. - S. 42-73.

  9. Nabatnikova M.Ya. O kriteriyax otsenki effektivnosti postroeniya trenirovki yunыx sportsmenov //Postroenie trenirovki po godam obucheniya v sport shkolax: Tez.dokl. Vsesoyuzn. nauchno-praktikcheskoy konferensii 8-20 yanvarya 1987. - M., 1987. - S. 35-36.

  10. Nabatnikova M.Ya. Osnovnыe polojeniya sistemы upravleniya podgotovkoy yunыx sportsmenov //Osnovы upravleniya podgotovkoy yunыx sportsmenov. - M.: FiS, 1982. - S. 22-42.

  11. Nabatnikova M.Ya. Osnovы upravleniya yunыx sportsmenov. - M.: Fis, 1982. - S. 289.

  12. Nachinskaya S.V. Sportivnaya metrologiya: Ucheb. posobie. - M.: Akademiya, 2005. - S. 241.

  13. Niyozov I.G. Qisqa masofaga yugurish ixtisosligiga tanlab olingan 10-12 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarligi va uni samarali o‘stirish imkoniyatlari //Fan sportga. - Toshkent, 2007. - №3. - B. 10-14.

  14. Niyazov S.S. Osobennosti sportivnoy orientatsii i vыbora trenirovochnыx nagruzok v gruppax nachalnoy sportivnoy podgotovki yunыx sportsmenov //Fan sportga. - Toshkent, 2006. - №3. - S. 7.

  15. Ozolin N.G. Molodomu kollege. - M.: Fizkultura i sport. 1988.

– 288 s.

  1. Orыval Z. Mnogoplanovost trenirovki //Sport za rubejom. -

Moskva, 1977. - №11. - S. 10-13.

  1. Platonov V.N. Obщaya teoriya podgotovki sportsmenov v olimpiyskom sporte. - K.: Olimpiyskaya literatura, 1997. - S. 583.

  2. Platonov V.N. Sistema podgotovki sportsmenov v olimpiyskom sporte: Obщaya teoriya i yeyo prakticheskoe prilojenie. - K.: Olimpiyskaya literatura, 2004. - S. 808.

  3. Polunin A. Kak bыstro sleduet begat //Legkaya atletika. -

Moskva, 1990. - №11. - S. 39-41.

  1. Polunin A.Klyuch k uspexu //Legkaya atletika. - Moskva, 1991. -

№9. - S. 26-28.

  1. Popov V.B., Kamorova A.D. Mnogobornaya podgotovka yunыx legkoatletov. - M.: Sovetskiy sport, 1990. - S. 52.

  2. Popov V.B., Suslov F.P., Germanov G.N. Legkaya atletika dlya yunoshestva: Uchebno-metodicheskoe posobie dlya trennerov DYuSSh, SDYuShOR, UOR. - M., 1999. - S. 219.

  3. Programma po fizicheskomu vospitaniyu dlya uchaщixsya I-XI klassov obщeobrazovatelnыx shkol Respubliki Uzbekistan. - T.: UzGIFK, 1994. - S. 83.

  4. Raxmatov N.A., Raxmatova D.N. O‘smirlar jismoniy tarbiya darslaridagi mashqlarning energiya sarfini baholash //“To‘maris” o‘yinlari: II Respublika festivalining ilmiy-amaliy anjumani. - Qarshi, 2001. - B. 9-12.

  5. Raxmatov N.A., Maxmudov T.M., Mirzaev S. Chidamkorlikning biokimyoviy asoslari va uni rivojlantirish uslublari //Biokimyo: Darslik.

- T., 2007. - B. 390-396.

  1. Raxmatova D.N. Boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi yengil atletikachilarning umumiy chidamliligini rivojlantirish //Pedagogik ta’lim. - Toshkent, 2008. - №1. - B. 109-112.

  2. Raxmatova D.N. 9-17 yoshli bolalar chidamliligini rivojlanishi: diss…. pedagogika magistri darajasini olish uchun. - T., 2004. - B. 81.

  3. Raxmatova D.N. O‘quvchilar chidamliligini rivojlantirish

//Bolalar sportini rivojlantirishning mintaqaviy, pedagogik-psixologik, tibbiy-biologik muammolari: Ilmiy-amaliy anjumani materiallari. - Farg‘ona, 2003. - B. 136.

  1. Rixsieva A.A., Nasriddinov F.N., Rixsiev A.I. Fizicheskoe sostoyanie shkolnikov i sportivnoy molodeji. - T.: Ibn Sino, 1992. - S. 152.

  2. Salamov R.S. Boshlang‘ich sinf jismoniy tarbiya darslarida me’yoriy mashqlar bilan ta’minlash //Sog‘lom avlod uchun. - T., 1997. - №2. - B. 5.

  3. Salamov R.S. Sport mashqlarida qo‘llaniladigan usullar. - T.: O‘zavtotranstexnika, 1991. -B. 31.

  4. Salamov R.S. Sport mashg‘ulotlarining nazariy asoslari. - T.: UzDJTI, 2005. - B. 238.

  5. Salamov R.S., Raxmatova D.N. Vozrastnыe izmeneniya vыnoslivosti detey ot 6-17 let v bege //Pedagogik ta’lim. - Toshkent, 2003. -

№5. - S. 31-33.

  1. Semenov V.V. Legkaya atletika v nachalnыx klassax: II- III klass

//Fizicheskaya kultura v shkole. - Moskva, 2004. - №5. - S. 8.

  1. Sovremennaya sistema sportivnoy podgotovki //Pod. red. Suslova. - M., 1995. - S. 96.

  2. Sodiqov A. I-IV sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida mashqlar yuklamasini me’yorlash. - T., 1997. - B. 130.

  3. Suslov F.P., Popov V.B., Kulakov V.N., Tixonov S.A. Beg na srednie i dlinnыe distansii //Pod obщ. red. V.V.Kuznesova. - M.: FiS, 1982. - S. 33.

  4. Tvoe zdorove v tvoix rukax: Metod. posobie. - T., 2002. - S. 49.

  5. Teoriya i metodika sporta: Ucheb.posobie dlya uchiliщ olimpiyskogo rezerva //Pod obщ. red. F.P.Suslova, J.K.Xolodova. - M., 1997. - S. 227.

  6. Teoriya i metodika sporta:Ucheb.posobie dlya uchiliщ olimpiyskogo rezerva //Pod red. F.P.Suslova, J.K.Xolodova. - M., 1997. - S. 416.

  7. Teoriya i metodika fizicheskogo vospitaniya: Uchebnik //Pod red. T.Yu.Krusevich. V 2-x t. T2. - K.: Olimpiyskaya literatura, 2003. - S. 424.

  8. Teoriya i metodika fizicheskoy kulturы: Uchebnik //Pod red. professora Yu.F.Kuramshina. - 2-ye izd., ispr. - M.: Sovetskiy sport, 2004. - S.464.

  9. Teoriya sporta //Pod red. professora V.N.Platonova. - K.: Veщa shkola, 1987. - S. 424.

  10. Tixonov S. Beg na srednie i dlinnыe distansii //Legkaya atletika. - Moskva, 1982. - №3. - S. 6-7.

  11. Travin Yu.G. O razvitii dvigatelnыx kachestva shkolnikov

//Fizicheskaya kultura v shkolax. - Moskva, 1983. - №11. - S. 15-16.

  1. Usmanov X., Nazimov A., Usmanov B. Yengil atletikachilarning texnik va taktik mahoratini takomillashtirish jarayonidagi jismoniy tayyorgarlik //O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish muammolari: Oliy ta’lim muassasalari ilmiy nazariy anjuman materiallari. - Toshkent, 2008. - B. 30.

  2. Usmonxo‘jaev T.S., Aliev M.B., Sagdiev H.H., Turdiev F.K., Akramov J.A., Usmonxo‘jaev S.T. Bolalar va o‘smirlar sporti mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyati. - Toshkent, 2006. - B. 66-72.

  3. Farfel V.S. Upravlenie dvijeniyami v sporte. - M.: FiS, 1975.

- S. 208.

  1. Asab- muskul fiziologiyasi //Fiziologiya: O‘quv qo‘llanma. - T., 1995. - B. 118-127.

  2. Filin V.P. Teoriya i metodika yunosheskogo sporta: Ucheb. posobie. - M.: FiS, 1987. - S. 128.

  3. Fokin G.Yu. Uroki legkoy atletiki v nachalnoy shkole: II klass.

//Fizicheskaya kultura v shkole. - Moskva, 2002. - № 1. - S. 4-11.

  1. Xankeldiev Sh.X. Fizicheskaya podgotovlennost uchaщeysya molodeji. - T.: Meditsina, 1996. - S. 205.

  2. Xolodov J.K., Kuznesov V.S. Teoriya i metodika fizicheskogo vospitaniya i sporta: Ucheb. posobie dlya studentov VUZov. - 2-ye izd., ispr. i dop. - M.: Akademiya, 2000. - S. 480.

  3. Chermit K.D. Teoriya i metodika fizicheskoy kulturы: Opornыe sxemы: Ucheb. posobie. - M.: Sovetskiy sport, 2005. - S. 272.

  4. Sharipova D.D., Musurmanova A., Tairova M. Formirovanie zdorogo obraza jizni. - T.: UzGIFK, 2005. - S. 180.

  5. Yugurish va yurish bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish qoidalari

//Yengil atletika: O‘quv qo‘llanma. - T., 2007. - B. 98-100.

  1. Yunusova Yu.M. Osnovы metodiki fizicheskoy kulturы. - T., 2005. - S. 207.

  2. Yadgarov B.J. Fizicheskoe razvitie legkoatletov v svyazi s xarakterom ix sportivnoy deyatelnosti //Fan sportga. - Toshkent, 2007. -

№4. - S. 36-40.

  1. Apostolopoulos N. Performance Flexibility. High-performance Sports Conditioning //Modern training for ultimate athletic development. - human kinetics. - 2001. - P. 49- 62.

  2. Astrand P.O. Influences of biological age and selection //Endurance in sport.- Oxford: Blackwell Sci. Publ, 1992. - P. 285-289.

  3. Chris Mc Nab. Enduranct Tecnigues. - London Amber books Ltd, 2001. - R 74-76.

  4. Fink W.J., Costill D.L., Van Handel PJ. Leg muscle metabolism during exercise in the heat cold //Eur. J. Appl. Physiol. - 1995. - N34. - P. 183-190.

  5. Hartmann U. General aspects of Muscular adaptation in sport //The 4 International and sports Science. - Tehran, 2004. - R. 43-44.

  6. Naglak Z. Metodika trenowania sportonca. - Wroslawcu: Skruptu AWF, 1991. - R. 296.

  7. Nirek M. Prognozovanie sporte. - Presov, 1996. - R. 108.

  8. Physical Education for Elementary School Children. Medison, 1998. -

R. 616.

  1. Shephard R.J. Aging, Physical Activity, and Health //Champaign, IL

Human Kinetics. - 1997. - R. 59-62.

  1. Verkhoshanski Yu. Main features of modern scientific sports training theory //New Studies in Athletics. - 1998. - N3. - R. 9-20.

  2. Verkhoshanski Yu. Nouvelles tendencies dans lentrainement

//Association genevoise des entaineurs. - Geneve, 2000. - R. 1-31.

  1. Verkhoshanski Yu. Organization of the training process //New Studies in Athletics. - 1999. - N3. - R. 21-31.

  2. Verkhoshanski Yu. Practical technology in training process

//Procudings Seminar for Experts in Methodology of Sport Training. - Sicily, 2002.
- R. 35-40.

  1. Verkhoshanski Yu et al. Specificna snaga u sportu //Teoria i metodica, Prometej. - Novi Sad, 1992. - R. 138.

  2. Verkhoshanski Yu. Trenamento Desportivo //Teoria e metodologia.- Artmed Editora TDA, 2001. - R. 215.

  3. Volkov L.V. Theory of sports selection: capacities and endowments.

//Sports selection and orientation in the system of long- term preparation of athletes. International seientific conference dedicated to a centenary of Olympic Games. - Kiev, 1996. - R. 3-4.

  1. Volkov L., Starosta V., Tabaa F. Methodological basis for Elaboration of training loads technology with young athletes //Theories of Human Motor Performance and their Reflections is Practice. - 1997. - R. 232-233.

  2. Weinberg R.S. Anxiety and motor performance: Were to go from here? //Anxiety Research. - 1990. - N2. - R. 227-242.

  3. Whispon J Broun .Training of youth sportsmen //Physical Education for Elementary School Childern. - Medison, 1995. - R. 62-64.

  4. Widmeyer W.N., Brawiey L.R., Carron A.V. Group Dynamics in Sport //Advances in Sport Psychology. - 1997. - R. 163-180.

  5. Wilmore J.H., Costill D.L. Physiology of sport and Exercise- Champaign: Human Kinetics. - 1994. - R. 549.

ILOVALAR



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə