Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


BOB. 10-12 YoShLI BOShLANG‘ICh TAYYoRGARLIK GURUHINING O‘RTA MASOFAGA YuGURUVChI YeNGIL ATLETIKAChILARI UChUN TUZILGAN DASTURNI TAJRIBADA TEKShIRISh



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə22/29
tarix26.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#113102
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Ahror t

BOB. 10-12 YoShLI BOShLANG‘ICh TAYYoRGARLIK GURUHINING O‘RTA MASOFAGA YuGURUVChI YeNGIL ATLETIKAChILARI UChUN TUZILGAN DASTURNI TAJRIBADA TEKShIRISh

Ko‘p yillik sport mashg‘uloti jarayonida, ayniqsa, malakalarni oshirishning dastlabki bosqichida jismoniy tayyorgarlikni to‘g‘ri tashkil qilish fundamental ahamiyatga egadir. So‘nggi yillarda ushbu muammoga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan, pedagogik tajribalar o‘tkazish sur’ati borgan sari kuchayib bormoqda. Maqsadli shakllantirilgan jismoniy tayyorgarlik va uni ifodalovchi jismoniy sifatlar sport malakalariga o‘rgatish, ularni samarali o‘zlashtirish hamda yuksak sport natijalariga erishish imkoniyatini yaratadi (V.M.Zatsiorskiy, 1970: V.P.Filin, 1987; V.P.Platonov, 1997; L.P.Matveev, 1999;Yu.V.Verxoshanskiy, 2002).


Mazkur yo‘nalish bo‘yicha olib borilayotgan aksariyat tadqiqotlar turli yoshdagi o‘quvchilar yoki sport bilan shug‘ullanuvchi bolalar jismoniy tayyorgarligini turli pedagogik testlar yordamida o‘rgatish, yosh, jins va sport turlarining xususiyatlariga mos mashqlarni tanlash va qo‘llash asosida jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalariga qaratilgan.
10 yoshli bolalarning o‘rta masofaga yugurishining asosiy vazifasi yugurishning to‘g‘ri texnikasini bilib olish, umumiy jismoniy tayyorgarligini yaxshilash, har tomonlama jismoniy kamol toptirish, organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish va maxsus jismoniy tayyorgarlik olib borishdan iborat.
BO‘SM dagi boshlang‘ich tayyorgarlik guruhining birinchi yilida 10 yoshli bolalar uchun BO‘SM larning yengil atletika bo‘limi dasturidagi o‘quv rejasidan foydalandik. Mashg‘ulotlarning tuzilishi va vositalarini mikro,- mezo- va makrosikllarga taqsimlashda o‘rta masofaga yuguruvchilar
uchun uch yilga mo‘ljallangan 10-12 yoshli o‘g‘il bolalar uchun o‘quv soatlarini taqsimlash grafigi ishlab chiqildi.
Birinchi o‘quv yilida o‘quv soatlarini taqsimlash yillik garafigida umumiy soatlar soni 312 soatni tashkil qilib, shundan, umumiy jismoniy tayyorgarlikka 32%, maxsus jismoniy tayyorgarlikka 16%, yengil atletika turlari (o‘rta masofaga yugurish, qisqa masofaga yugurish, estafetali yugurish, tennis koptogini uloqtirish, kross) texnikasini o‘rganish va takomillashtirishga qaratildi. Bu yoshdagi bolalar, o‘rta masofaga yuguruvchilar bilan haftasiga 3 marta 2 soatdan mashg‘ulot o‘tkazildi.
Rejada berilgan 312 soatdan 76 soati sport zallarida, 224 soat esa ochiq xavoda o‘tkazildi. Boshlang‘ich sport tayyorgarligidagi yosh yuguruvchilarning faoliyati qo‘yidagicha tuzildi: jismoniy sifatlarni rivojlantirishga mashg‘ulotlarning umumiy vaqtining 30% tezkorlik, 30% chidamlilik, 20% tezkor-kuch, harakat o‘yg‘unligi va egiluvchanlikka 10% ajratildi. Tezkorlikni tarbiyalash uchun 3 xil uslubdan foydalanildi:

  1. tezkor-kuch tayyorgarligi;

  2. maksimal tezlikda mashqlarni qayta takrorlash;

  3. tashqi yengillashtirilgan sharoitda tezkor mashqlarni bajarish. 12 soat musobaqalarni kuzatish, me’yor qabul qilish va yildan-yilga

o‘tkazuvchi sinovlarga ajratildi.
Tajribadan oldin boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi 10-12 yoshli sportchi bolalarning jismoniy rivojlanishi antropometrik ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda aniqlandi.
Uch yillik tajriba davomida 10-12 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi: tana uzunligi tajriba guruhida 10 yoshli bolalarda 138,7 sm.ni, 11 yoshda 148,9 sm.ni tashkil qildi, 10-11 yosh bolalarda tana uzunligining o‘rtacha farqi t=6 ga teng (4.1-jadval).



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə