Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


-jadval Musobaqa oldi va musobaqalarga yondashtiruvchi



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə18/29
tarix26.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#113102
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Ahror t

3.11-jadval
Musobaqa oldi va musobaqalarga yondashtiruvchi mikrosikllarining tuzilishi va mazmuni





Mikrosikl
nomi

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Shanba

Yakshanba

1

2

3

4

5

6

7

8

9

4

Musobaqa

URM-10daq




URM-10daq

Dam olish

URM-10daq




Dam




oldi

UJT-20daq

Fartlek-1,5km




UJT-20daq

olish







MYuM-

(100-300m)




Uyin -










8-10x60m

SYu-3km




15daq










R.K-4km







Kr-3km










(YuQT







(YuQT










daq.140







daq.140










zarba)







zarba)




5

Musobaqa

URM-10daq




URM-10daq

Dam olish

URM-10daq




Dam




larga

UJT-20daq

Fartlek-1,5km




MYuM-6-

olish




yondashti

Kr-4km

SYu-1km




8x60m







ruvchi

(YuQT daq.

Raz-ka-4km




UJT-30daq










150 zarba)

Yugur-3km




SYu-2km













(YuQT daq.170



















zarba)










Iyun oyida yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 45 km.ni, aerob rejimdagi yugurishlar hajmi 40 km.ni, aralash rejimdagi yugurish hajmi esa 5 km. ni, maxsus yugurish va sakrash mashqlari 2 km. ni, umumiy jismoniy tayyorgarlik 8 soatni tashkil qildi. Bular uchun quyidagi yengillashtiruvchi, musobaqalarga yondashtiruvchi va o‘tish davri mikrosikllari rejalashtirildi ( 3-ilova).
Iyul oyida yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 45 km.ni, aerob rejimdagi yugurishlar hajmi 40 km.ni, aralash rejimdagi yugurish hajmi esa 5 km. ni, maxsus yugurish va sakrash mashqlari 2 km ni, umumiy jismoniy tayyorgarlik 8 soatni, musobaqalar soni 1 tani va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
1 soatni tashkil qildi. Bular uchun quyidagi yengillashtiruvchi, musobaqalarga yondashtiruvchi va o‘tish davri mikrosikllari rejalashtirildi.
Bu bosqichda asosiy e’tibor yosh sportchilarning texnik-taktik mahoratini oshirishga va umumiy chidamlilikni rivojlantirishga qaratildi. Berilgan mikrosikllardan umumiy yugurish yuklamalari kamaytirildi, anaerob rejimdagi yugurish hajmi 2-3 kmga ko‘paytirildi hamda musobaqaga qatnashish soni ham oshirildi. Bu esa texnik-taktik mahoratni oshirishga va umumiy chidamlilikni rivojlantirishga yordam berdi.
O‘tish davri (3-ilova). Sport ish qobiliyatini ushlab turish uchun kross, umumrivojlantiruvchi mashqlar, umumiy jismoniy tayyorgarlik va aerob rejimida bajariladigan mashqlardan foydalandik. Umumrivojlantiruvchi mashqlardan ko‘proq sport o‘yinlari qo‘llanildi. O‘quv yilidan keyingisiga o‘tkazish testlari o‘tkazildi.
11 yoshli bolalarda 600 metrga yugurishda tajriba guruhida tajribadan oldin 2:06.0±0,35 ni., tajribadan keyin 1:59.17±0,30 ni tashkil qildi. Nazorat guruxida esa tajribadan oldin 2:08.0±0,30 bo‘lgan bo‘lsa,
tajribadan keyin 1:59.56±0,40 ni tashkil qildi. Tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasidagi farq Styudent mezoni bo‘yicha t=1,1 ga P>0,05 teng.
11 yoshli bolalar 6 daqiqa yugurganda tajriba guruhidagilar orasida 5 nafari qoniqarli, 5 nafari yaxshi, 5 nafari a’lo natijaga erishishdi. Tajriba guruhidagi bolalar nazorat guruhiga qaraganda 85 metrga ko‘proq yugurishdi. Statistik farqli ravishda tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida t=8,0 R<0,001 farq ko‘rsatdi (3.12-jadval).
3.12-jadval Tajriba va nazorat guruhlaridagi 11-yoshli o‘g‘il bolalarning
umumiy chidamlilik ko‘rsatkichlari





Test ko‘rsatkichlari



Tajriba guruhi n=15

Nazorat guruhi n=15

t


P


1.


600 m.ga yugurish.(daq/soniya)





2: 06.0±0,35
1:59.17±0,30



2:08.0±0,30
1:59.56±0,40



0,44
1,1



>0,05
>0,05

2.


6 daqiqa yugurish. m





1160±2,49
1200 ±6,08



1130±4,3
1120±6,0



3,1
8,0



< 0,01
< 0,001

3.


1000 m.ga yugurish soniya/daq

4:39.0±0,8
3:48.0±0,35

5:40.0±0,03
5:38.0±0,33

1,23
4,60

>0,05
< 0,01

4.

Statik chidamlilik

164±10,5

160±3,6

0,23

>0,05

(yarim o‘tirib-turish)

174±10,1

164±3,8

1,42

>0,05

1000 metrga yugurishda tajriba guruhidagi 11 yoshli bolalar o‘rtacha tajribadan oldin 4:39.0±0,8 soniyaga yugurgan bo‘lsa, tajribadan keyin 3:48.0±0,35 soniyaga yugurishdi. Nazorat guruhidagilar esa bu masofani tajribadan oldin 5:40.0±0,03 soniyaga, tajribadan keyin 5:38.0±0,33 soniyaga yugurishdi. Bu esa tajriba guruhida umumiy yugurish aerob va anaerob hajmiga qarab o‘sganligini ko‘rsatadi. Tajriba guruhi bolalari


nazorat guruhiga qaraganda Styudent mezoni buyicha t=4,60 R<0,01 ni tashkil qildi.

  1. yoshli bolalarda statik chidamlilik (yarim o‘tirib - turish) soni tajriba guruhida tajribadan oldin 164±10,5 ni, tajribadan keyin 174±10,1 ni tashkil qildi. Nazorat guruhida esa tajribadan oldin 160±3,6 ni tashkil qilgan bo‘lsa, tajribadan keyin 164±3,8 ni tashkil qildi. Tajriba guruhida tajriba boshida va oxirida t=0,03; nazorat guruhining tajriba boshida va oxirida t=1,42 ni tashkil qildi.

2006 yilning sentabr oyidan boshlab olib borilayotgan ishlar davomida quyidagi vazifalar hal qilindi:

  1. BO‘SMda umumiy chidamlilikni oshirishning samarali uslub va vositalarini aniqlash.

  2. Bolalar va o‘smirlar bilan mashg‘ulotlar davomida tezlik chidamliligini tarbiyalashga yo‘naltirilgan mashg‘ulot yuklamalari va uslublarining optimal nisbatlarini taqqoslashlar.

  3. Bolalar, o‘smirlar va yoshlarda chidamlilikni tarbiyalash jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan mashg‘ulot yuklamalarini aniqlash. Tekshiruvlar yengil atletikachilarning boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida amalga oshirildi.

Ko‘pchilik mutaxassislarning fikriga ko‘ra (N.G.Ozolin, 1988; L.V.Volkov 2002 y.), tayyorgarlikning birinchi yillari yosh sportchilarning asosiy faoliyatini umumiy chidamlilikni oshirishga, keyinchalik uning zaminida maxsus chidamlilikni tarbiyalashga qaratilishi kerak.
Ko‘pchilik mualliflar (V.M.Zatsiorskiy, 1970 y; N.G.Ozolin, 1988 y va boshqalar) boshlovchi sportchilarda umumiy chidamlilikni tarbiyalash uchun mashg‘ulotlarning bir tekisli va intervalli uslublarining turli variantlarini qo‘llash maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. Bir tekisli mashg‘ulotlarda bevosita ish davomida, kislorod so‘rilishini ta’minlovchi tizimlarining faoliyati bevosita oshadi.
Shug‘ullanuvchilarning funksional «cho‘qqillari» qiziqarli bo‘lmasligi mumkin, lekin uzoq muddatli ish davomida oshadi (N.G.Ozolin 1988 y). Qator tekshiruvlarning isbotlashiga ko‘ra, umumiy chidamlilikni oshirish uchun qisqa takrorlashlar orqali amalga oshadigan, uncha uzoq davom etmaydigan dam olish intervallari bilan davom etadigan tezkor ish ham samarali hisoblanadi.
Shunday qilib, tadqiqotchilarning fikrlarini umumiylashtirib, boshlovchi sportchilarda umumiy chidamlilikni tarbiyalashda mashg‘ulotlar davomida bir tekisli va intervalli uslublarni qo‘llash maqsadga muvofiq degan xulosa qilish mumkin (3.13-jadval).

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə