Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


-jadval Intervalli va bir tekis uslublarning amaliyotda qo‘llanilishi



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə19/29
tarix26.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#113102
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Ahror t

3.13-jadval Intervalli va bir tekis uslublarning amaliyotda qo‘llanilishi

Mashg‘ulotning
murakkablik qismlari

Intervalli uslub

Bir tekis uslub

Ishning shiddati, yugurish tezligi

Maksimaldan 46% (3,9 mg.soniya). Yugurishning oxiriga kelib tomir urish tezligi tahminan daqiqada 175-180
zarbaga teng

Maksimaldan 39% (3,3 mg.soniya). Yugurish oxiriga kelib tomir urish tezligi tahminan daqiqada 175-180
zarbaga teng

Masofada o‘tiladigan oraliqlar uzunligi

1400 m (shu jumladan, 50m dan 3 marta tezlanishlar).
Masofani bosib o‘tish tahminan 6 daqiqaga
teng.

1400 m. masofani bosib o‘tish tahminan 7 daqiqaga teng.



Dam olish intervali

90 dan 120 soniya.

Dam olish intervallari
yo‘q

Dam olish xususiyati

sekin yugurish

-

Oraliqlarning qaytarilish soni

3

-

Tajriba guruhida tekshiriluvchilarning umumiy chidamlilik mashg‘ulotlari o‘zgaruvchan uslubni qo‘llash bilan takomillashtirilgan.


Shug‘ullanuvchilar muntazam ravishda bir tekisli sur’atda yugurishni kam shiddatli ishni bajarish bilan (oyoqlarni orqaga siltab) va harakatli o‘yinlar bilan almashtirib turganlar.
Bu tinchlik holatidan ishga o‘tishga imkon bergan, tiklanuvchi jarayonlarni bir qancha tezlashtirgan va mashg‘ulotlarning emotsionalligini oshirgan. Nazorat guruhida umumiy chidamlilik bir tekis sur’atda yugurishni qo‘llash bilan takomillashtirilgan. Ikkala uslubda shug‘ullanuvchilar bir xil tayyorgarlikda bo‘lgan, hafta mobaynida 11-12 km. gacha yugurish olib borildi. Bu esa bir mashg‘ulotda 3-4 km.ga to‘g‘ri keladi. Mashg‘ulotlar dasturiga 3 km kross ham kiritildi.
Chidamlilikni tarbiyalashda mashg‘ulot yuklamasini 5 ta tarkibga: 1) masofaning uzunligi; 2) takrorlash soni; 3) mashqni bajarish shiddati; 4) dam olish oralig‘i; 5) dam olish xususiyatiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir (V.M.Zatsiorskiy, 1970y). Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, bir maromdagi va o‘zgaruvchan yugurish barcha shug‘ullanuvchilarning ruhiy va jismoniy holatiga mos keladi. Mashg‘ulotlarning 1-chi oylarida (2006 y. sentabr, noyabr) chidamlilik takomillashtirish uchun zarur mashg‘ulot yuklamalarini bajarilgandan keyin, bolalarning yuzlari qizardi, ayrimlarda esa yaxshigina terlash kuzatildi. 2005 y. may oyida esa bunday holatlar kuzatilmadi. Pedagogik tajribaning yakunida tekshiriluvchilar va ularning ota-onalaridan olingan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, deyarli barcha yosh sportchilar mashg‘ulotlar tugaganidan so‘ng ham bu mashg‘ulotlarga qiziqishi so‘nmagan, balki o‘sha damlarga qaytish orzusi saqlanganligi aniqlandi.
Intervalli yugurish va bir tekisli yugurish usul va uslublarining farqini aniqlash uchun sentabr- may oylarida qo‘shimcha tajriba o‘tkazildi. 3.14-jadvalda berilgan ma’lumotlarga qaraganda, intervalli va bir tekisdan yugurish uslublari bo‘yicha olib borilgan pedagogik tajriba davomida o‘rta masofalarga yugurishga ixtisoslashgan 11 yoshli bolalarda
tayyorgarlikning rivojlanish darajasida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tekshiriluvchilarda statik chidamlilik tajriba guruhida va 300 m ga yugurishdagi chidamlilik har ikki uslubni qo‘llaganda ham sezilarli darajada oshgan. Shu bilan birga, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yuqori darajada umumiy chidamlilik ustida ishlash tezlikning rivojlanishiga salbiy ta’sir etmadi (60m.ga yugurishdagi natijalar sezilarli darajada yaxshilandi). 10-12 yoshli sportchilarning keng qamrovli tibbiy tekshiruvlari ularning sog‘liq xolati va jismoniy rivojlanishida xech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaganini ko‘rsatdi.
Qo‘llanilgan 2 xil uslub ham yuqori natija ko‘rsatishiga yordam berishi aniqlandi. Intervalli uslubda 6 ta ko‘rsatkich bo‘yicha, bir tekisdagi usulda 6 tadan 5 tasida Styudent t mezoni bo‘yicha statistik farq borligi aniqlandi.



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə