Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


-ilova Murabbiylar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari (%)



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə28/29
tarix26.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#113102
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Ahror t

1-ilova Murabbiylar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari (%)



t/r



Savollar

Murabbiylar n=20

Ha

Yo‘q

Javob yo‘q

1

2

3

4

5

1.

Chidamlilikni tarbiyalashda qanday vositalardan foydalanasiz?

90

-

10

2.

Mashg‘ulotlar rejalashtirish xujjatlariga asoslanadimi?

78,3

11,7

10

3.

Mashg‘ulotlar rejalari muayyan sharoit va guruhga
moslashtiriladimi?

63,3

10

26,7

4.

Mashg‘ulotlar muntazam
o‘tkaziladimi?

90




10




1. “Xujum”


Harakatli o‘yinlar
2-ilova

Tayyorgarlik: ikkita jamoa, o‘yinchilar soni teng. Maydonning qarama-qarshi tomonlarida sirt chizig‘i orasida yuzma-yuz saf tortadilar.
Ta’rifi. Rahbarning ko‘rsatmasiga ko‘ra bitta jamoa o‘yinchilari yuqori (yoki past) start holatini egallaydilar, ikkinchi jamoa o‘yinchilari esa qo‘llarini ushlab, tekis qatorni buzmagan holda oldinga boradilar. Startda turganlaricha 2-3 qadam qolganda rahbar xushtak chaladi. “Xujum qilayotganlar” qo‘llarini bo‘shatadilar va o‘z uylari chizig‘i orqasiga yuguradilar. Boshqa jamoa o‘yinchilari ularni ta’qib qiladilar va qo‘l tegizishga urinadilar. 3-4 marta yugurishlardan keyin tutilganlarning umumiy soni hisoblanadi va eng yaxshi sprinterlar e’lon qilinadi.
Qoidalari:

  1. Signalsiz harakat qilish taqiqlanadi.

  1. Har bir o‘yinchi qarama - qarshi jamoaning istalgan o‘yinchisiga qo‘l tegizishi mumkin, lekin faqat “uy” chizig‘igacha.

    1. Chiqib ketishli poyga”

Tayyorgarlik. Bayroqchalar yordamida 9-12 m. diametrga ega doira
(aylana) chiziladi va unda start- finish chiziqlari o‘tkaziladi.
Ta’rifi. Signal bo‘yicha o‘yinning har bir qatnashchisi bir vaqtning o‘zida aylananing tashqi tomoni bo‘ylab soat millariga teskari ravishda yugurishni boshlaydi. Har bir aylanadan (yoki ikkita aylanadan) so‘ng startning nazorat chizig‘ini oxirgi bo‘lib kesib o‘tgan qatnashchi o‘yindan chiqadi. Asta-sekin chidamsizroq o‘yinchilar o‘yindan chiqib keta boshlaydilar. Kim peshqadam bo‘lib qolsa, ya’ni eng chidamli va tezkor o‘yinchi g‘olib deb e’lon qilinadi. Rahbarning istagiga ko‘ra qatnashchilar to‘ldirma to‘p bilan yugurishi, og‘irliklar osilgan belbog‘, yuk solingan ryukzaklarni taqib olishi mumkin.
Eslatma: poyga to‘g‘ri chiziq bo‘lab oldinga va orqaga o‘tkazilishi mumkin. Start chizig‘iga oxirgi bo‘lib yetib kelgan qatnashchi o‘yindan chiqadi.

    1. Yetib olish”

Tayyorgarlik. 20 tagacha bola o‘ynashi mumkin. Qatnashchilar bir- biridan bir xil masofada stadionning yugurish yo‘lakchasida joylashadilar. Masalan, agar 16 kishi o‘ynayotgan bo‘lsa, 400 m.li yo‘lakchada ular bir- biridan 25 m.narida turadilar.
Ta’rifi. Signal bo‘yicha o‘yinchilar yugurishni boshlaydilar. Har birining vazifasi - orqadan yugurib kelayotgan o‘yinchining unga yetib olmasligiga yo‘l qo‘ymaslik va bir vaqtning o‘zida oldinda yugurib ketayotgan o‘yinchiga qo‘lini tegizish. Tutilganlar kurashdan chiqib ketadilar va yugurish aylanasining o‘rtasiga boradilar. Qolganlar poygani davom ettiradilar.
Yugurish yo‘lakchasida 3 nafar eng chidamli sportchilar qolganda o‘yinni tugatish mumkin. Yakka g‘olibni aniqlash ham mumkin.
Eslatma: Agar o‘yin zalda o‘tkazilayotgan bo‘lsa, unda uning burchaklaridan yaqinroq joyda burilish ustunlari o‘rnatiladi. Bu ustunlarni faqat tashqi tomondan aylanib o‘tish mumkin. O‘yinchilar soni - 10 kishi. Bu o‘yinda yigitlar va qizlar alohida musobaqalashadi.

    1. Chavandoz sportchilar”

Devordan 2 m uzoqlikda va bir-biridan 1 m uzoqlikda “og‘illar” turibdi. Ularning soni o‘yinchilar sonidan 2-3 tacha kam bo‘lishi kerak. Barcha o‘yinchilar doira qurib, markazga yon tomon bilan turgan holda otga taqlid qiladilar. Sport otlarini minib chiqish ifodalanadi. “Ot yursin!”jamoasi bo‘yicha “otlar” tizzalarini baland ko‘tarib, ularni tirsakda bukilgan qo‘llar kaftiga tekkizib yuradilar. “Burilish!” jamoasi berilgach, otlar orqaga qayriladi va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatni davom ettiradi. “Yo‘rtib” jamoasi berilgach, otlar yo‘rtadi. “Ot yursin!” jamoasi berilgach, otlar tag‘in yura boshlaydi. O‘yin shu tarzda 2-3 marta takrorlanadi. “Og‘ilga!”jamoasi bo‘yicha barcha yugurib belgilangan joylarini egallashga harakat qiladi. Og‘ilsiz qolganlar yutqazgan hisoblanadi.
O‘yin qatnashchilari qaytadan doira quradilar, lekin bu safar markazga boshqa yon bilan turadilar, o‘yin takrorlanadi.

    1. Lentaga dog‘ tekkizish”

O‘yinboshidan boshqa barcha o‘yinchilar maydonchada bemalol turadilar. Ularning har birining belida rangli lenta bo‘lib, uning uchi yerga osilib turadi (uzunligi 20-30 sm). O‘qituvchi signal bergach, o‘yinboshi qochuvchilarning lentalarini ushlab olishga harakat qilib quvadi. Agar o‘yinboshi buning uddasidan chiqa olsa, u lentani o‘z beliga bog‘lab oladi va qochuvchiga aylanadi. Lentasiz qolgan o‘yinchi o‘yinboshi bo‘ladi. U qo‘lini ko‘tarib “Men dog‘man”-deydi.

    1. Peshvoz estafeta”

O‘yinchilar ikki-uch jamoaga bo‘linadilar. Har jamoa o‘z navbatida ikki qismga bo‘linadi.
Jamoalarning qismlari kolonnaga saflanadilar. Kolonnalar orasida masofa 3-4 metr. Jamoalarning ikkinchi qismlari ham ro‘parada 10- 20 m joyda bittadan kolonnaga saflanadilar. O‘qituvchining signaliga ko‘ra jamoalarning birinchi qismlarining birinchi o‘yinchilari jamoalarning ikkinchi qismlarining birinchi o‘yinchilariga tomon chopadilar va estafetani uzatadilar, natijada peshvoz yugurish boshlanadi. Yugurishni birinchi bo‘lib tugatgan jamoa g‘olib hisoblanadi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə