Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


-jadval Mashg‘ulot yuklamalarining yurak qisqarish tezligini baholash



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə8/29
tarix26.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#113102
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Ahror t

1.2-jadval Mashg‘ulot yuklamalarining yurak qisqarish tezligini baholash

Yuklama

YuQT 1 daqiqada

Past yuklama



130 gacha



O‘rta yuklama

150 gacha

Katta yuklama

170 gacha

Maksimal yuklama

170 dan ortiq

Jismoniy mashqlarni bajarish shiddati mashg‘ulot yuklamasining yo‘nalishiga bog‘liq va YuQT bilan baholanadi. Chunki mikrotsikllarni tuzishda yuklama past, o‘rta, katta va maksimalni aniqlash uchun qo‘llanildi. Tortuvchi mikrotsikllarda 130 dan 140 gacha bo‘lgan, hajmli mikrotsiklda 150 gacha, tezlik-kuch tayyorgarligi mikrotsiklida 160, texnik-tayyorgarlik ishida o‘rtacha 150, tayyorgarlik davrining oxirida o‘rtacha 150, yengillashtirishda 140, o‘tish davrida 130 atrofidagi mashqlardan foydalanish tavsiya qilinadi.


Uzluksiz variantli mashqlar uslubi birinchi, uchinchi va beshinchi vazifalarni samarali hal etishga imkon yaratadi. Yuklama shiddatini ko‘p martalab o‘zgartirish evaziga funksional tizimlarning harakatchanligi takomillashadi. ANAO darajasiga yaqin shiddat bilan (uning hajmining 40-60%) mashg‘ulot vazifasining katta qismini bajarish funksional tizimlar shiddatining rivojlanishiga, organizmning ro‘yobga chiqarish
imkoniyatlari oshishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mashg‘ulot vazifasining davomiyligi mashq bilan shug‘ullanganlik darajasiga va chidamlilikni rivojlantirish maqsadiga (sog‘lomlashtiruvchi, musobaqalarga tayyorlash va x.k.) muvofiq holda belgilanadi hamda 20-30 daqiqadan 1-2 soatgacha bo‘lishi mumkin. Yuklama shiddati belgilangan chegaralarda variantli tarzda o‘zgaradi. Ta’kidlash joizki, yuqori shiddat bilan bajariladigan ish fazasi davomiyligining umumiy yig‘indisi mashg‘ulot vazifasi davomiyligining 40% ga yaqinini tashkil etadi. Masalan, variantli shiddat bilan 10 km ga yugurish: 60 m ni past shiddat bilan (YuQT daqiqada 150 zarba), 400 m ni yuqori shiddat bilan (YuQT daqiqada 170 zarba) 600 m ni past shiddat bilan 400m ni yuqori shiddat bilan va x.k. Chiniqqanlik oshishi bilan mashqlar nisbati yuqori shiddat bilan ishlash foydasiga o‘zgaradi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə