Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə11/29
tarix26.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#113102
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Ahror t

O‘g‘il bolalar. 10 yoshdagi o‘g‘il bolalarda gavda massasi ko‘rsatkichi somatik tizim to‘g‘risida ko‘p axborot bera oladi. U aylana o‘lchamlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi. Ushbu belgining o‘rtacha bog‘liqligi uzunlik parametrlari va gavda diametrlari bilan kuzatiladi. Bilak aylanasi gavda aylanasi bilan r=0,70-0,90 darajada, uzunlik o‘lchamlari bilan r=0,40-0,60 va gavda diametri bilan o‘zaro bog‘liq.
Shunday qilib, gavdaning hamma aylana o‘lchamlari 10 yoshdagi o‘g‘il bolalarda bir-biri bilan yuqori darajada bog‘liqlikka ega.
Qo‘l va oyoqlar uzunligiga kelsak, ularning o‘zaro bog‘liqlik darajasi r=0,78-0,87 ga teng. Yelka diametri ham shu belgilarda bog‘liq bo‘ladi. Qolgan diametrlar bilan uzunlik o‘lchamlari o‘rtacha darajada bog‘liqlikka ega. Yog‘ to‘planish darajasini ifodalovchi parametr ham kam bog‘liqlikka ega. Gavda
diametrlari r=0,60-0,70 darajada bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Yog‘ to‘planish darajasi katta darajada aylana o‘lchamlari bilan va kam darajada uzunlik parametrlari hamda gavda diametri bilan o‘zaro bog‘liq.
Olingan ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, yuqori darajadagi bog‘liqlik gavdaning aylana o‘lchamlari, gavda massasi va yog‘ to‘planish darajasi orasida, uzunlik parametrlari, gavda diametri orasida kuzatiladi.

  1. yoshdagi bolalarda o‘rganilayotgan belgilar orasida birmuncha boshqa bog‘liqlik kuzatiladi. Eng axborotli belgi - gavda massasi - ikkinchi o‘ringa o‘tadi, birinchi o‘ringa esa (axborotliligi bo‘yicha) ko‘krak qafasi aylanasi chiqadi. Ular o‘rtasidagi korrelyatsiya farqi katta emas, r=0,12 bog‘liqlikni tashkil etadi. Bu belgilar hamma boshqa - aylana, uzunlik va gavda diametrlari bilan yuqori darajada bog‘liqlikda bo‘ladi .

Gavda vazni va ko‘ndalang ko‘krak diametri orasidagi kuchsiz o‘zaro bog‘liqlik bundan mustasno. Aylana o‘lchamlari, oldingi yoshdagi kabi, o‘zaro katta darajada bog‘liqlikka ega. Bu bog‘liqlik uzunlik parametrlari bilan r=0,60-0,70, diametrlar bilan r=0,5-0,70, yog‘ to‘planish bilan r=0,70-0,80 darajada turadi.
Uzunlik parametrlari, oldingi yoshdagi kabi, bir-biriga yuqori darajada bog‘liq. Gavda diametrlari orasida bitta holda o‘rtacha, boshqasida o‘rtadan past bog‘liqlikka ega.
Yog‘ to‘planish darajasi aylana o‘lchamlari bilan yuqori, uzunlik va gavda diametrlari bilan past o‘zaro bog‘liqlikka ega.

  1. yoshdagi somatik tizim omillari o‘rtasidagi bog‘liqlik birmuncha pasayadi, ya’ni axborotlilik bo‘yicha katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Oldingi yoshlardagiga o‘xshab, aylana o‘lchamlari, gavda massasi axborotli va yuqori darajada bog‘liqlikka ega.

Eng katta bog‘liqlik gavda massasi, yelka va bilak aylanalari orasida kuzatiladi.
Aylana o‘lchamlari va gavda massasi uzunlik parametrlari bilan kuchsiz bog‘liqlikka ega. Ba’zi hollarda u juda kuchsiz. Bir vaqtning o‘zida gavda,qo‘llar va oyoqlar uzunigi 0,80-0,90 darajada umumiy uzunlik omiliga o‘zaro bog‘liq.
Gavda diametrlari orasida o‘zaro bog‘liqlikning pasayishi kuzatiladi. Yog‘ to‘planish yuqori, uzunlik parametrlari va gavda diametrlari bilan kam bog‘liqlikka ega.
Ichki uzunlik, aylana o‘lchamlari va gavda diametrlarining o‘zaro bog‘liqligi oldingi yoshlarda kuzatilgan darajaga mos. Ularning axborotlilik ahamiyati birmuncha o‘zgardi.
Shunday qilib, 10,11,12 yoshdagi o‘g‘il bolalarda organizmning o‘sishi va rivojlanishi bilan belgilar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikda o‘zgarishlar kuzatiladi.
Mashqlar davomida YuQT daqiqada 130-150 zarba atrofida bo‘ladi. Ish kislorod rejimi bo‘yicha shiddatli turg‘un sharoitlarda kechadi va samaradorlikni pasaytirmasdan bajarilishi mumkin.
Asosan past sur’atda to‘liq koordinatsiyali harakatlar bilan suzish qo‘llaniladi. Mualliflarning ta’kidlashicha, umumiy chidamlilik quyidagi uslublar bilan rivojlantiriladi: ravon yoki masofali uslub. Sportchi 20 daqiqa ichida bir tekis (ravon) rejimda tomir urishi daqiqada 150-160 zarba atrofida bo‘ladi. Quruqlikda 20 daqiqadan 1 soat 10 daqiqagacha davom etadigan kross yugurishi, chang‘ida yugurish yoki eshkak eshish (3 soatgacha) qo‘llanilganda ish shiddatiga ko‘ra tomir urish tezligi daqiqada 165-180 zarbagacha oshadi. Bunday ish rejimi umumiy chidamlilikni oshirish uchun samarali hisoblanadi. Ish davomiyligi 45-90 soniya atrofida, ya’ni 50-100 m belgilanadi. Dam olish oralig‘i shunday belgilanadiki, tanaffus oxirida tomir urishi daqiqada 100-120 zarbagacha pasayishi lozim.
Masofalar o‘rtasida dam olish sust (masofali uslub) yoki faol (o‘zgaruvchan uslub) bo‘lishi mumkin.
Tayyorgarlik davrida umumiy chidamlilikni oshirishga katta e’tibor berishgan. Yosh sportchilar mashg‘ulotining tayyorgarlik davrida past va o‘rtacha shiddatli mashqlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ularning hajmi suzish yoki yugurishning umumiy hajmidan 65% ni tashkil etishi lozim. Bu umumiy chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda shu orqali turli masofalarda sport natijalarining yaxshilanishiga qulay sharoit yaratib beradi. Bu davrda uzoq masofalarga turli usullarda yugurish uchun alohida o‘rin ajratiladi. Nisbatan katta bo‘lmagan shiddatda uzoq ishlash umumiy chidamlilik rivojlanishini yuqori darajaga ko‘taradi va keyinchalik yuqori shiddatda bajariladigan yugurishlarning og‘riqsiz yengil o‘tishga imkon beradi.
Yosh sportchilarning umumiy chidamliligini tarbiyalashda suzish tayyorgarligi asosiy uslublarining (ravon, o‘zgaruvchan, oraliqli, takroriy) salbiy nisbati muhim ahamiyatga ega .
Umumiy chidamlilikni oshirishning asosiy sharti - bu past va katta shiddatdagi ishga muvofiq keladigan rejimda mashg‘ulot yuklamalarini uzoq vaqt bajarishdir. Mashg‘ulot yuklamasining hajmi katta bo‘lishi kerak, chunki umumiy chidamlilikning asosiy tarkibi uni uzoq vaqt saqlab turishni taqozo etadi. Ushbu asosiy tamoyillarga muvofiq umumiy chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotda ravon va o‘zgaruvchan uslublar qo‘llanishi mumkin.
Umumiy chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda ravon va o‘zgaruvchan uslublarni qo‘llashni tavsiya etadi. Bir tekis uslubli mashg‘ulot deganda 1500 m va undan katta masofalarga tomir urishi daqiqada 140 dan 150 zarbagacha bo‘lganda uzoq davom etadigan uzluksiz suzish nazarda tutiladi (masalan, 1 marta 500 m, 2-3 marta 300 m).
Quruqlikda shug‘ullanganda tayyorgarlik davrining birinchi yarmida 20 m dan 3000 m gacha kross yugurishi turli shiddatdagi yuklama almashinuvini nazarda tutadi. Bu almashinuv ritmik (yuqori shiddatdagi ishning bir xil davri bilan birga bir xil dam olish davrlari) yoki aritmik bo‘lishi mumkin. Aritmik almashinuv turlaridan biri «Fartlek» (tezlik o‘yinlari) hisoblanadi. Tayyorgarlik davrining birinchi bosqichida «Fartlek» ancha katta bo‘laklarni o‘tishni o‘z ichiga oladi (YuQT daqiqada 150 dan 170 zarbagacha). Musobaqa davriga yaqin o‘tiladigan bo‘laklar ancha qisqaradi,tezlik oshadi, tomir urishi daqiqada 170-180 zarbagacha yetadi.

Mashg‘ulotda aerob imkoniyatlarni oshirish uchun oraliqli va masofali uslublar keng qo‘llaniladi. Masofalar yoki bo‘laklarni yugurib o‘tish tekis va o‘zgaruvchan rejimlarda amalga oshiriladi.


Aerob imkoniyatlarni oshirish maqsadida oraliqli uslubni qo‘llay turib, quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur:

  1. Ayrim bo‘laklarni o‘tish davomiyligi 1-2 daqiqadan oshmasligi

lozim.

  1. Mashg‘ulot jarayoni uzunligiga qarab dam olish oraliqlari

davomiyligi 40-90 soniya atrofida bo‘ladi.

  1. Mashqlarni bajarishda ish shiddatini aniqlayotib yurak-tomir urishi tezligini hisobga olish lozim ( daqiqada 150-160 zarba ish oxirida, 120-130 zarba faza yakunida).

Mashg‘ulotda quyidagi asosiy holatlarni e’tiborga olish zarur. Ish shiddati yurak - tomir urish hajmining va kislorod iste’mol qilish darajasining yuqori o‘lchamini ta’minlashi lozim.
10 daqiqadan 1,5 soatgacha bo‘lgan ish bunday sharoitlarga javob beradi. Suzishda bu 800 dan 1500 m uzunlikdagi masofa bo‘lib, u tomir urishi daqiqada 145-175 zarba atrofida bosib o‘tiladi.
Ushbu uslublardan tashqari, aerob xususiyatdagi ishda chidamlilikni rivojlantirish uchun o‘zgaruvchan tezlikdagi masofali yugurish keng qo‘llaniladi. Bunda nisbatan yuqori va nisbatan past tezlikda yugurish o‘tiladigan bo‘laklarning almashinuvi «shiddatli» bo‘lak oxirida yurak qisqarish tezligini 140 zarbagacha oshirishni talab etadi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, shunday xulosa qilish mumkinki, ko‘pchilik mualliflarning fikriga ko‘ra, umumiy chidamlilikni bir tekis va oraliqli uslublar yordamida rivojlantirish zarurligini ta’kidlaydilar. Biroq mazkur uslublarning makrotsiklda qay tarzda uyg‘unlashishiga befarq qarab bo‘lmaydi. Ularning quyidagicha uyg‘unlashuvi samarali hisoblanadi, ya’ni bunda turli uslublar doirasida bajariladigan mashqlar nisbati o‘lchanadi: avval (tayyorgarlik davrining birinchi qismida) ishning umumiy hajmi bir tekis (ravon) suzish asosida, keyinchalik esa tayyorgarlik davrining oxirida va musobaqa davrining boshida oraliqli uslubda bajariladi. Bunday nisbat aerob imkoniyatlarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi,boshqa sifatlar va qobiliyatlarni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mashg‘ulot jarayonida quyidagi asosiy uslublar: tekis, o‘zgaruvchan, oraliqli, takroriy, musobaqa uslublari qo‘llaniladi. Ular bir-biridan masofasining uzunligi, yugurish shiddati, suzib o‘tiladigan masofalar soni va dam olish xususiyatiga qarab ajralib turadi. Yuklama o‘lchamlari o‘zgartirilganda mashg‘ulot asosan tezlik, umumiy chidamlilik yoki maxsus chidamlilikni tarbiyalashga qaratilgan yo‘nalishga ega bo‘ladi. 8x25 m bo‘laklar seriyalarida butun kuch bilan deyarli to‘liq tiklangunga qadar suzish tezligini tarbiyalashga, 1500-3000 m. ga kichik tezlikda bir tekis suzish - umumiy chidamlilikni rivojlantirishga, 6x200 m ni maksimal tezlikdan 85-90% shiddatda 1,5-2 daqiqa dam olish bilan suzish - maxsus chidamlilikni tarbiyalashga qaratilgan.
Tekis mashg‘ulot uslubi 400 m. dan 1500 m. gacha va undan katta masofalarda bir tekis tezlikda suzishni nazarda tutadi. Bunday suzish organizm hamma tizimlarining hamohang ishlashiga yordam beradi va suzuvchining suvda tejamkorlik bilan harakat qilishiga, shuningdek, ishlayotgan mushaklarning zo‘riqishi va ushlashini almashib turishga o‘rgatadi, tomir urishi 10 soniya ichida 20-25 zarba atrofida bo‘ladi.
Masofa uzunligi tayyorgarlik darajasiga bog‘liq. Masalan, III va II razryadli sportchilar 800-1500 m. gacha, yuqori malakali suzuvchilar undan ortiq suzadilar.
O‘zgaruvchan uslub turli shiddatdagi yuklamalarning almashib turishidan iborat. Sportchi yuqori tezlikda masofa bo‘lagini (masalan, 500 m) yugurib o‘tib, ancha past tezlikda davom ettiradi. Yuqori tezlikda va hotirjam yugurib o‘tiladigan bo‘laklar uzunligi nisbati sportchi tayyorgarligiga bog‘liq. Yuqori shiddat bilan yugurib o‘tiladigan bo‘laklardagi o‘rtacha tezlikda ushbu uslub umumiy chidamlilikni oshirishiga, ancha tez - maxsus chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi .
Oraliqli mashg‘ulotda ikkita yo‘nalish ajratiladi - umumiy va maxsus chidamlilikni rivojlantirish.
Shunday qilib, yuqorida bayon qilinganlarga xulosa tariqasida aytish mumkinki, umumiy chidamlilikni tarbiyalash uchun sport mashg‘ulotining kompleks uslublaridan foydalanish hamda chidamlilikni rivojlantirish maqsadida shug‘ullanuvchilar yoshi va tayyorgarlik darajasiga muvofiq holda yugurish va suzish vositalarini tanlash zarur.

Bob bo‘yicha xulosalar


Adabiyot manbalarining ko‘rsatishicha, aerob energiya ta’minoti tizimining harakatchanligi shiddatli va yetarlicha uzoq davom etadigan uzluksiz ishni bajarish shiddatining tezligi bilan tavsiflandi.
Chidamlilikning namoyon bo‘lishiga psixik sifatlar katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular motivlar kuchi va faoliyat natijasiga bo‘lgan ko‘rsatmaning mustahkamligi bilan, shuningdek, irodaviy sifatlar: maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik, tirishqoqlik, bardosh, katta salbiy o‘zgarishlarni ko‘tara olish qobiliyati (ya’ni ish jarayonida yuzaga keladigan holatlar – kislorod qarzining ortib borishi) bilan tavsiflanadi.
Umumiy va maxsus chidamlilik orasidagi o‘zaro bog‘liqlik korrelyatsiya koeffitsienti r=0,48-0,70 ga teng bo‘ldi. Umumiy va tezlik, chidamlilik orasidagi bog‘liqlik eng kam (r=31-0,62) deb topildi.
10 yoshdagi bolalarda o‘rganilayotgan belgilar orasida birmuncha boshqa bog‘liqlik kuzatiladi. Eng axborotli belgi - gavda massasi - ikkinchi o‘ringa o‘tadi, birinchi o‘ringa esa (axborotliligi bo‘yicha) ko‘krak qafasi aylanasi chiqadi. Ular o‘rtasidagi korrelyatsiya farqi katta emas- 0.12 ni tashkil etadi. Bu belgilar hamma boshqa - aylana, uzunlik va gavda diametrlari bilan yuqori darajada bog‘liqlikda bo‘ladi.
Umumiy chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda ravon va o‘zgaruvchan uslublarni qo‘llash tavsiya etiladi. Ravon (bir tekis) mashg‘ulot uslubi 1000 m va undan katta masofalarga tomir urishi daqiqada
140 dan 150 zarbagacha bo‘lganda uzoq davom etadigan uzluksiz suzish va yugurish nazarda tutildi.

  1. BOB. TADQIQOTNING VAZIFALARI, USLUBLARI VA TAShKIL QILINIShI




    1. Tadqiqot vazifalari

Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili va tadqiqot maqsadi quyidagi vazifalarni belgilab olishga imkon berdi:



    1. Umumiy chidamlilikni rivojlantirishga taalluqli bo‘lgan ilmiy-uslubiy manbalarni o‘rganish.

    2. 10-12 yoshli BO‘SM boshlang‘ich tayyorgarlik guruhi o‘g‘il bolalarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi darajasini aniqlash.

    3. Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhi bo‘yicha ishlab chiqilgan yillik ish rejalaridagi vosita va uslublarning umumiy chidamlilikni tarbiyalashda 10-12 yoshli o‘g‘il bolalarga mosligi va samarali ekanligini tajribada aniqlash.




    1. Tadqiqot metodlari

Oldinga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun ishda quyidagi tadqiqot uslublaridan foydalanildi: ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish, pedagogik kuzatuvlar, pedagogik nazorat testlari, pedagogik tajriba, antropometrik ko‘rsatkichlar, ish qobiliyatini baholash va matematik statistika metodlari.





      1. Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish

Ushbu uslub dissertatsiyaning hamma vazifalarini hal etish uchun foydalanildi va tadqiqot vazifalarini tanlashda hamda olingan natijalarni muhokama etishda asosiy uslub bo‘lib xizmat qildi.


Adabiyotlarni tahlil qilish jarayonida boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni tashkil etishning umumiy va maxsus qonuniyatlari, maxsus funksional xususiyatlarning uslublari o‘rganildi.
Mazkur uslub tadqiqotning ishchi farazini oldinga surishga imkon tug‘dirdi va ba’zi nazorat xulosalarini chiqarishga yordam berdi.



      1. Pedagogik kuzatuvlar

Pedagogik kuzatuvlar BO‘SM boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlaridagi o‘quvchilarning umumiy chidamliligini, tayyorgarlik dinamikasining yoshga xos tahlilini o‘tkazish, maxsus funksional xususiyatlarni amalga oshirish uchun foydalanildi. Mashg‘ulotlardagi yuklamalarning hajmi, shiddati va davomiyligi aniqlandi va umumlashtirildi. Dasturdagi mashg‘ulot vositalari yillar bo‘yicha mikro-, mezo- va makrotsikllarga taqsimlandi.





      1. Pedagogik nazorat testlari

Tadqiqot jarayonida tekshiriluvchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida turli nazorat mashqlari qo‘llanildi.


Jismoniy rivojlanish, umumiy chidamlilik darajasini baholash hamda aniqlash uchun testlardan foydalanildi.
Testlar:

  1. Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari: tana uzunligi, tana og‘irligi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, KMIQ, panja kuchi (o‘ng va chap).

  2. Jismoniy tayyorgarlik mashqlari:

  1. 600 metrga yugurish (daq,soniya);

  2. 6 daqiqa yugurish (km, metr);

  3. 1000 metrga yugurish (daq, soniya);

  4. Statik chidamlilik (yarim o‘tirib turish) (soni)

      1. Pedagogik tajriba

2021-2022 yillar davomida BO‘SM boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida pedagogik kuzatuvlar olib borildi. Yengil atletika bo‘limiga tanlovdan o‘tgan 30 nafar o‘g‘il bolalar tanlab olindi.


Tajriba guruhi. Dasturdagi materiallardan tashqari, quyidagi vositalardan foydalanildi:

  • o‘rtacha va o‘zgaruvchan shiddatdagi yuklamali mashqlarni birga bajarish (yuklama davomiyligi bir necha daqiqadan o‘nlab daqiqagacha);

  • takroriy oraliqli mashqlar (ish hajmi - submaksimal, ishchi fazalar orasida - minimal, fazalar miqdori shug‘ullanuvchining tayyorgarligiga bog‘liq);

  • sport va harakatli o‘yinlar. O‘yinning yuqori emotsionalligi uzoq vaqt harakat faoliyatini saqlab turadi;

  • majmuaviy xarakterdagi umumiy chidamlilikni tarbiyalashning aylanma mashg‘ulot mashqlari va quyidagi pedagogik uslublardan foydalandik:

Takrorlash uslubi. Maksimaldan 95-100% bo‘lgan mashqlar 3-8 soniya davomiylikda takroriy bajariladi. Bunda tanaffus oralig‘i 2-3 daqiqa, bir seriyada takrorlashlar soni - 3-5 marta. Seriyalar orasida 3 marta yugurib kelingandan keyin 4-6 daqiqa dam olinadi.
Intervalli uslub. Bunda mashqlar maksimal 95-100% tezlik bilan,
10 soniya tezlik va 10-15 soniyalik tanaffuslar bilan bajariladi. Tanaffuslar hajmi katta bo‘lmagan 3-5 seriyali ish bilan to‘ldiriladi, har bir seriyada mashqlar 3-5 marta takrorlanadi. Seriyalar orasida dam olish 8-10 daqiqa. Seriyalar soni - 2-3 ta.
Bir tekisdagi yugurish uslubning xususiyati shundaki, u katta hajmda ish bajarish imkonini beradi, harakat ko‘nikmasining barqarorlashuviga ko‘maklashadi, yurak faoliyati quvvatini oshiradi,
mushaklardagi markaziy va periferik qon aylanishini, tashqi nafas apparati quvvati hamda nafas olish mushaklari chidamliligini yaxshilaydi.
Nazorat guruhi. Dastur materiallari bo‘yicha o‘tkazildi.



      1. Antropometrik ko‘rsatkichlar

Tajribalar davomida jismoniy rivojlanish umumlashtiruvchi va individuallashtiruvchi usullar yordamida somatik va antropometrik ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlandi.





      1. Ish qobiliyatini baholash

Jismoniy ish qobiliyati kislorodni maksimal iste’mol qilish (PWC 170) pulsning daqiqaga 170 xolda qo‘llashni baholash uslubi asosida aniqlanadi [37]. Bu ko‘rsatkich V.M.Zatsiorskiy tomonidan taqdim etilgan, bolalar va o‘smirlar organizmi umumiy jismoniy ish qobiliyatini aniqlash uslubiyati asosida [44] hisoblash bilan aniqlanadi. Test yuklamalarini bajarishda 1 daqiqada 20 va 30 tezligida va 33,3 sm balandlikka 5 daqiqa ichida ko‘tarilishni amalga oshirishda ikki bosqichdan foydalaniladi.






      1. Yüklə 1,25 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə