Respublikasi



Yüklə 158,39 Kb.
səhifə16/21
tarix05.07.2023
ölçüsü158,39 Kb.
#119285
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
6-jadval





Test savolining mazmuni





Javoblar

Ha

Yo’q

Eslatma

1

Tovar-moddiy zaxiralarni hisobdan chiqarish bo’yicha
komissiya tuzish to’g’risida buyruq borligi?









2

Hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqda tovar- moddiy zaxiralarni inventarizasiya qilish
usullari va muddatlari ko’rsatilganmi?









3

Inventarizasiya o’tkazish va natijalarini rasmiylashtirish
bo’yicha amaldagi me'yoriy hujjatlar mavjudmi?









4

Inventarizasiya belgilangan muddatlarda o’tkazilganmi?









5

Tovar-moddiy zaxirlar oxirgi marta qachon
inventarizasiya qilingan?






2 yil oldin



6

Inventarizasiya natijalari hisobda aks ettirilganmi?






So’nggi 2 yil inv. o’tkazil-
magan

7

Tovar-moddiy zaxiralar koldikdari normativga mosmi?









8

Tovar-moddiy zaxiralarni saqlash va ishlatish joylari
hisob registrida aks ettirilganmi?












9

Omborxona xo’jaligining tashkil etilishi va yong’inning
oldini olish chora-tadbirlari talabga javob beradimi?









10

Tovar-moddiy zaxiralarni saqlash uchun mas'ul shaxslar bilan to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida
shartnomalar tuzilganmi?









11

Korxonada tovar-moddiy zaxiralar hisobiga doir dastlabki hujjatlarning unifikasiyalangan
shakllari qo’llaniladimi?






To’liq emas

12

Tovar-moddiy zaxiralar hisobi bo’yicha hujjatlar aylanish
reja-grafigi tuzilganmi?









13

Bosh buxgalter tomonidan hujjatlar aylanish reja- grafigiga rioya qilish ustidan nazorat amalga
oshirilganmi?









14

Tovar-moddiy zaxiralar ob'ektlari yongin va boshqa
tabiiy ofatlardan sug’urta qilinganmi?









15

Tovar-moddiy zaxiralar turkumlanganmi?









16

Tovar-moddiy zaxiralar kodifikatori ishlab chiqilganmi?









17

Buxgalteriya xodimlari TMZni tabiiy kamayish me'yorlari to’g’risidagi hujjatlar bilan
ta'minlanganmi?









18

Analitik hisob ma'lumotlari sintetik hisob registrlari bilan taqqoslanganmi?






Ha faqat balans tuzish
paytida

19

Tovar-moddiy zaxiralarni hisobdan chiqarish bo’yicha dalolatnomalar va boshqa hujjatlar rahbar
tomonidan tasdiqlanganmi?









20

Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishning saldo metodi
qo’llaniladimi?









21

Transport-tayyorlov xarajatlarni hisobga olish va
taqsimlash har oyda muntazam amalga oshirilganmi?









22

TMZni baholashning korxonada qo’llanilayotgan usuli
BHMS va hisob siyosatiga mosmi?









23

Inventar va xo’jalik anjomlarini hisobdan chiqarish tartibi
talabga javob beradimi?






Birdaniga
tannarxga
















o’tkaziladi

24

Ishlatishga berilgan inventar va xo’jalik jihozlari 014- "Foydalanishdagn inventar va xo’jalik jihozlari"
balansdan tashqari schyotda aks ettirilganmi?









25

Korxonada 002, 003, 004 va 014-balansdan tashqari schyotlar bo’yicha qoldiqdar mavjudmi? Ushbu schyotlar
bo’yicha hisob yuritish tartibiga rioya qilinganmi?









Shuningdek, ushbu standartlar auditorlik dalillarining yetarli va mos bo’lishini talab qiladi. Yetarlilik fikr bildirish uchun zarur dalillarining miqdoriy chegarasini bildiradi.


Moslik auditorlik dalillarining sifat jihatlarini ifodalab, ularning ahamiyatliligi va ishonchliligini ta'minlaydi.
№50-«Auditorlik dalillari» AFMS yetarlilik va moslikni ta'minlashda auditorlik tashkilotga quyidagi omillarni hisobga olishni tavsiya qiladi:

  • xo’jalik yurituvchi sub'ektning buxgalterlik hisobi va ichki nazorat tizimining tavsifi, shuningdek ajralmas va ichki nazorat tizimi tavakkalchiliklarini baholash;

  • auditorlik tashkiloti tomonidan bajariladigan ishlar hajmi;

  • mavjud ma'lumotlarning manbasi va ishonchliligi.

Tovar-moddiy zaxiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish buxgalteriya hisobotida katta xatolarga yo’l qo’yish xavfini kamaytiradi. Shuning uchun, tovar-moddiy zaxiralarni tekshirishni boshlashdan oldin auditor eng ko’p uchraydigan qoidabuzarliklarni aniqlashi va shuni hisobga olgan holda zarur tekshiruv amallarini tanlashi kerak.
Tovar-moddiy zaxiralar to’g’risidagi axborotlarning ishonchliligi bo’yicha auditor fikrining shakllanishiga quyidagi omillar ta'sir ko’rsatadi:

  1. to’liq aks ettirilish - korxonaga tegishli barcha tovar-moddiy zaxiralarining buxgalteriya yozuvlarida aks ettirilganligi va buxgalteriya hisobotiga kiritilganligi. Tovar-moddiy boyliklar bilan bog’liq muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’liqligidagi xatolar hisobot ma'lumotlari

haqqoniyligining pasayishiga olib keladi. Bunday xatolarni topish ancha murakkab. Buning uchun auditordan dastlabki hujjatlarni yoki hisobga taalluqli bo’lmagan axborotlarni tanlab olish talab qilinadi.

  1. Tovar-moddiy zaxiralar bilan bog’liq muomalalarni yetarli darajada asos bo’lmagan hollarda hisobga olishning mavjudligi. Masalan, korxona o’z balansiga mulkiy huquqqa ega bo’lmagan mulklarni - komissiya yoki konsignasiya shartnomalari bo’yicha olingan moddiy qiymatliklarni kiritgan. Bunday xatolar hisobot ko’rsatkichlarining oshirib ko’rsatilishiga olib keladi.

v) xo’jalik faoliyati faktlarining vaqtinchalik aniqlik tamoiliga rioya qilinishi. Bu xatolar muomalalarning hisob davrlariga noto’g’ri taqsimlanishi ya'ni ularning sodir bo’lgan hisobot davrida emas, balki boshqa hisobot davrida aks ettirish bilan bog’liq. Ko’pchilik hollarda amaliyotda olingan materiallar ularga bo’lgan mulkiy huquq oluvchiga o’tmasdan oldin aks ettiriladi, yoki aksincha, materiallari hali yo’lda bo’la turib, ularga mulkiy huquq xaridorga o’tgan bo’ladi. Mol etkazib beruvchilardan schet-fakturasiz olingan moddiy qiymatliklar hisobda aks ettirilmaydi yoki kirim qilinmaydi. Davriylashtirishdagi xatolarni aniqlash uchun auditor hisob yozuvlarini o’rganishi va ularni dastlabki hujjatlar bilan solishtirishi kerak.
g) Tovar-moddiy boyliklarni baholashning to’g’riligi. Masalan, ularni kirim qilishda sotib olish bahosi noto’g’ri aniqlanib, buning oqibatida amortizasiya noto’g’ri hisoblanadi. Bu xatolar hisob yuritish uslubiyotining buzilishiga olib keladi va ko’p hollarda muntazam sodir bo’ladi.
d) Tovar-moddiy zaxiralarni buxgalteriya hisobining tegishli schyotlarida aks ettirishning to’g’riligi. Bunday xatolar inventarizasiya o’tkazish chog’ida aniqlanishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarini aks ettirish va sotilgan mahsulot tannarxini hisoblashning to’g’riligiga ta'sir qiluvchi muomalalar quyidagilar natijasida yuzaga keladi:

  1. buxgalteriya hisobotining buzilishi:oldingi davrlarda hisobdan o’chirilgan, hamda foydalilik xususiyatlarini to’liq yoki qisman yo’qotgan moddiy

qiymatliklar inventarizasiya ma'lumotlariga qo’shilishi; yo’ldagi tovarlarni yoki sotilib bo’lingan tovarlarni ikki marta hisobga olish;uchinchi shaxslar omborida saqlanayotgan ishlab chiqarish zaxiralari qoldiqining oshirib ko’rsatilishi; komissiyaga qabul qilingan ya'ni balansdan tashhari schyotlarda hisobda turgan tovar-moddiy zaxiralar ham inventarizasiya ma'lumotlariga qo’shilishi va shunga o’xshash;

  1. suyiste'mol qilishlar: korxonaning bir necha xodimlari hatti-harakati yoki saqlash ustidan yetarli nazorat o’rnatilmaganligi oqibatida qiymatliklarning o’g’irlanishi;olingan tovarlar hujjatlarda ko’rsatilganidan kam yoki sifatsiz bo’lsa, ularni qabul qilish uchun mas'ul shaxslarning mol yetkazib beruvchilardan pora (pul yoki sovg’a ko’rinishidagi buyum) olish hollari; haqiqatda yo’q xaridorlarning rekvizitlarini ko’rsatish yo’li bilan jo’natish hujjatlarini qalbakilashtirish.

Yuqorida ko’rsatilganidek, hisobot davri davomida to’liq yoki to’g’ri aks ettirilmaganligi sababli yil oxirida zaxiralar oshirib yoki pasaytirib ko’rsatilishi mumkin. Xaridlar quyidagi ikkita holning bittasi sababli pasaytirib ko’rsatilishi mumkin.

  1. Muomalalarni hisobda aks ettirmaslik. Bunday muomalalar kreditor harzlarni tekshirish chog’ida aniqlanishi mumkin. Masalan, buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlarni taqdim qilingan, olingan moddiy qiymatliklar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langanlikni isbotlovchi schyotlar, shartnomalar, isbotlovchi pul hujjatlari ma'lumotlari bilan solishtirib, auditor ayrim schyotlarning buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirilmay qolganligini aniqlashi mumkin.

  2. Muomalalar noto’g’ri turkumlangan. Masalan, tovar-moddiy zaxiralarning sotib olish qiymati ularni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlardan iborat. Lekin, bunday sarflarning bir qismi yoki ayrim turlari (masalan, sotib olinayotgan xom ashyoning sifatini aniqlashga doir ekspert xizmati qiymati) tovar-moddiy zaxiralar qiymatiga qo’shilmasdan, birdaniga sarflarga olib borilgan bo’lishi mumkin. Xaridlar hajmi qalbaki xaridlar yoki muomalalarni

aks ettirish kabi xarajatlar noto’g’ri turkumlangan hollarda oshirib ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Bunday faktlarni aniqlash uchun xarajatlarni tanlab tekshirish va zarur analitik amallarni bajarish lozim.



    1. Yüklə 158,39 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə