Respublikasi


Tovar-moddiy zaxiralar auditini takomillashtirish



Yüklə 158,39 Kb.
səhifə17/21
tarix05.07.2023
ölçüsü158,39 Kb.
#119285
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21

Tovar-moddiy zaxiralar auditini takomillashtirish.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan barcha xo’jalik sub’ektlari tomonidan mulkdan, pul mablag’laridan foydalangan holda tijorat operatsiyalari hamda investitsiyalar bo’yicha shartnomaviy munosabatlar amalga oshiriladi. Moliyaviy axborot olish va undan foydalanish imkoniyatining mavjudligi bitim ishtirokchilarida amalga oshiriladigan operatsiyalarga nisbatan ishonchni ta’minlaydi. Mulkdorlar, eng avvalo, jamoaviy mulk egalari - aksiyadorlar, paychilar hamda kreditorlar korxonaning ko’pincha juda murakkab bo’lgan barcha operatsiyalari qonuniyligi va ularning hisobotlarda to’g’ri aks ettirilganligiga mustaqil ravishda ishonch hosil qilish imkoniyatlaridan cheklangan. Chunki, ular odatda hisobot yozuvlaridan foydalanish yuzasidan zaruriy tajribaga ega bo’lmasliklari mumkin. Bunday holat mulkdorlar uchun axborotlar haqqoniyligini mustaqil tasdiqlovchi xizmat ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bunday xizmat turi, albatta, mustaqil auditorlarda mujassamlashgan.
Mamlakatimizda erkin iqtisodiyotning rivojlanib borishi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zaro va xalqaro iqtisodiy aloqalarining keng ko’lamda jadallashib borishi, shubhasiz, yuqori saviyadagi auditorlik xizmatlariga bo’lgan talabni taqozo etadi. Ma’lumki, har bir korxona, umuman tadbirkorlik sub’yekti o’zining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini vaqti-vaqti bilan o’rganib tahlil qilib, unga baho berishi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yo’llarini aniqlab, kelgusi ish rejalarini belgilab olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu ishlarni amalga oshirishda auditorlik xizmatlarining o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyoti aniq va to’g’ri hisob-kitobni, har bir so’mni tejab- tergab sarf qilishni talab qiladi. Auditorlik xizmati xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobi va hisobotini atroflicha tekshirib, yo’l
qo’yilgan kamchilik va nuqsonlarni aniqlash bilan birga ularni bartaraf etish, maromiga yetkazish bo’yicha tavsiyalar berib, yo’l-yo’riqlarni ko’rsatadi hamda boshqa konsalting xizmatlarini ham bajaradi.
Mamlakatimizda nafaqat tadbirkorlik sub’ektlari, balki auditorlik xizmatlarini takomillashtirishning huquqiy jihatlariga ham alohida ahamiyat berilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, auditorlik xizmatlarini xalqaro amaliyot bilan integratsiyalashuvini ta’minlash, respublikamiz miqyosida auditorlar va auditorlik firma hamda kompaniyalari o’rtasida raqobatni kuchaytirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirishda va rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’rin olishida asosiy mexanizmlardan biri bo’lib xizmat qiladi.
Keyingi yillarda Hukumatimiz tomonidan xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo’llab quvvatlash bo’yicha bir qancha qarorlar qabul qilinmoqda. Bu qarorlarga asosan o’zimizning respublikada xalqimizning o’sib kelayotgan xalq xo’jaligi mollariga bo’lgan talabni qondirish ishlab chiqarish jarayonini yo’lga qo’yishdan iboratdir. Hukumatimiz tomonidan bu qarorlarni qo’llab quvvatlash maqsadida ma’lum bir real ishlar amalga oshirilmoqda.
2013-yil 1-yanvardan boshlab xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobotini topshirish shakli, ya’ni “Asosiy vositalar harakati to’g’risida”gi hisobot shakli qisqartirildi va hisobotlar elektron shaklda topshiriladigan bo’ldi.
Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarilishini nazorat qiluvchi tashkilot bo’lib nodavlat tashkilot ya’ni auditorlik tashkilotlari hisoblanadi. Auditorlik xizmatlaridan foydalanishni keng yo’lga qo’yish zarur. Bu uchun eng avvalambor buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar darajasida amalga oshirish uchun muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bular quyidagilar: “Buxgalteriya hisobi tog’risida”gi Qonun, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida” Nizom, “Auditorlik faoliyati tog’risida”gi Qonun, Milliy hisoblarni tashkil qiluvchi andozalar va shu kabilardir.
Hozirgi kunga kelib auditorlik xizmatidan keng foydalanish hamda bu xizmat turini jahon andozalariga yetkazish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Bu ishlarni barchasini O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Adliya Vazirligi hamda Auditorlar Palatasi tomonidan ishlab chiqilgan “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risida”gi Nizomni hisobga olsak bo’ladi. Ushbu qabul qilingan Nizom “Auditorlik faoliyati tog’risida”gi Qonunga mos ravishda olib borilishini ta’minlab beradi. Auditorlik tekshiruvini jahon andozalarida olib boorish uchun quyidagi sinov imtihonlarini topshirish zarur.
Auditor malaka sertifikati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, agar da’vogar malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bo’lsa, beriladi.
Malaka imtihoni auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga da’vogar bo’lgan shaxslar bilimlarini tekshirish vositasi hisoblanadi.
Malaka imtihonini topshirishga mazkur Nizom bilan belgilanadigan malaka talablariga javob beradigan da’vogarlar qo’yiladi.
Auditor malaka sertifikatini olishga da’vogar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga yoki xorijiy davlatning ta’lim muassasasida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga ekvivalent deb e’tirof etilgan oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo’lish va oliy ta’lim muassasini tugallaganidan so’ng oxirgi o’n yil ichida kamida uch yillik buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida yoxud shu sohalarda dars berish amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik asosida) ega bo’lish;

yoki O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumot yoxud xorijiy davlatning ta’lim muassasasida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga ekvivalent deb tan olingan iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumot bilan oliy ta’lim
muassasini tugallaganidan so’ng oxirgi o’n yil ichida kamida 5 yil auditor, auditor yordamchisi, bosh buxgalter, taftishchi yoki soliq inspektori sifatida ish stajiga ega bo’lish, shu jumladan, o’rindoshlik asosida;
yoxud O’zbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatda (qonun hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiyalash o’tkazilganligi sharti bilan) olingan iqtisod fanlari nomzodi (doktori) ilmiy darajasiga ega bo’lish.

  1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan respublika auditorlar jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan o’qitish dasturi asosida auditorlarni tayyorlash markazlarida maxsus o’qitishdan o’tish va malakali buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash (“Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter (CAP)”, “Sertifikatlangan xalqaro malakali buxgalter (CIPA)” yoki boshqalar) doirasida “Moliyaviy hisob” predmetini muvaffaqiyatli topshirganlik to’g’risida hujjatning mavjudligi.

Malakali buxgalter xalqaro sertifikatiga (“Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter (CAP)”, “Sertifikatlangan xalqaro malakali buxgalter (CIPA)” sertifikati yoki boshqalarga) ega bo’lgan va O’zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy sohada kamida 5 yillik ish stajiga ega bo’lgan talabgorlar malaka imtihonini topshirishga auditorlarni tayyorlash markazlarida maxsus o’qitishdan o’tmasdan kiritiladilar.
Bunday holatlar Respublikada o’tkaziladigan tekshiruvlarni sifati va o’z navbatida auditorlik xizmatlarini jahon andozalari asosida o’tkazib berishga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda auditorlik xizmatlarini bunday tezkor rivojlanishi uchun Respublikada barcha shart-sharoitlar mavjud hamda mutaxassislar tayyorlanmoqda. Tayyorlanayotgan auditorlar dunyo miqyosida tayyorlanayotgan auditorlar bilan teng ish olib bormoqda.
Mamlakatimiz olimlari va mutaxassislari B.Pardayev va Qosimovlar ta'riflashicha: «Ajralmas tavakkalchilik - bu xo’jalik yurituvchi sub'ektning ichki nazorat tizimi samaradorligini hisobga olmasdan, jiddiy xatoga yo’l qo’yishdir. Auditor auditorlik tekshiruvining rejalashtirish bosqichidayoq o’z professional
mulohazasidan foydalanib, tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub'ektning ajralmas tavakkalchiligiga baho berishi lozim. Auditor auditorlik tekshiruvi dasturini tayyorlash vaqtida muhimlik darajasining belgilangan darajasini oshirayotgan buxgalteriya hisobining schyotlari qoldig’i yoki ayrim xo’jalik operasiyalari oborotlari uchun ajralmas tavakkalchilikni baholashi lozim»,
«Nazorat tizimi tavakkalchiligi bu ichki nazorat tizimi xatolarining oldini olish yoki ularni aniqlash imkonini ifodalaydi.
Nazorat tizimi tavakkalchiligi tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub'ektning buxgalteriya hisobi schyotlari, buxgalteriya balansi moddalari, bir turdagi xo’jalik operasiyalari guruhi va umuman moliyaviy hsobotda xatolarga yo’l qo’yilishi ehtimoliga qanchalik yaqinligini bildiradi»
Demak, tovar-moddiy zaxiralar auditini rejalashtirishni boshlashdan oldin balansning «Ishlab chiqarish zaxiralari» (150-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish» (160-satr), «Tayyor mahsulot» (170-satr), «Tovarlar» (180-satr) degan moddalari, Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob registrlari orasidagi tenglikni aniqlash zarur. Shu bilan birga, sintetik va analitik hisob ma'lumotlarining muvofiqligiga ishonch hosil qilishi muhimdir.

Yüklə 158,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə