Respublikasi



Yüklə 158,39 Kb.
səhifə18/21
tarix05.07.2023
ölçüsü158,39 Kb.
#119285
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21

XULOSA VA TAKLIFLAR.


Bizlar “Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi, uning natijalari hisobi hamda auditi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida korxonalarda Tovar-moddiy zaxiralar holatini o’rganish jarayonida bitiruv malakaviy ishida quyidagi xulosa va takliflarni beramiz:

  • Tovar-moddiy zaxiralari hisobini olib borganda ombordagi hisob- kitoblarni to’g’ri yo’lga qo’yishda hamda buxgalteriyadagi ma’lumotlar bilan bir-biriga to’g’ri kelishda ombor mudirining xizmati juda kata. Shuning uchun bizlar o’ylaymizki, korxonlardagi Tovar-moddiy zaxiralarining kirim-chiqimini hisobga olishda ombor mudirlari hisob-kitob ishlarini yaxshi bilishi talab etiladi, shuning uchun ombor mudirlarini buxgalteriya hisobidan xabardor bo’lgan shaxslarni qo’yish yoki bo’lmasam shu shaxsni buxgalteriya sohasidagi kurslarni o’qitishni talab etish zarur. Chunki, o’z sohasining mutaxasisi bo’lish uchun ozmi ko’pmi buxgalteriya hisobidan xabardor bo’lish zarurdir.

  • Tovar-moddiy zaxiralarini buxgalteriya hisobida baholashda juda katta muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu Tovar-moddiy zaxiralarini ombordagi bahosi, sotishdagi bahosi, ishlab chiqarish bahosi shu kabi baholar qo’llaniladi. Bu esa moliyaviy natijalarni aniqlashda noaniqlikka olib keladi. Buning uchun yuridik hisoblangan barcha korxonalar Tovar-moddiy zaxiralarini oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishda Tovar-moddiy zaxiralarini bahoso bo’yicha yagona to’xtamga kelish zariur. Agarda yagona to’xtamga kelinsa, Tovar- moddiy zaxiralari bo’yicha hisob-kitob ishlari ancha yaxshilangan hisoblanadi. Buning uchun esa hisob-kitob ishlari bo’yicha Moliya Vazirligi tomonidan ma’lum bir yo’riqnomalar ishlab chiqish talab etiladi. Bu yo’riqnomalar qanchalik tez ishlab chiqilsa, shunchalik moliyaviy natijalarni yanada aniq hisoblash imkonini beradi.

  • Korxonalarda Tovar-moddiy zaxiralarini o’z vaqtida hisob-kitobini yo’lga qo’yish eng asosiy mezon hisoblanadi. Lekin, hozirgi kunda ko’p korxonalarda ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar hisobini tashkil etmaslik holatlari uchrab turmoqda. Bu faqatgina hisob ishlarini chalkashtiradi. Buxgalteriya

hisobida shunday narsa bo’lish kerakki, miqdoridan, qiymatidan qat’iy nazar har bir tayyor mahsulotlar yoki yarim tayyor mahsulotlar omborga qabul qilinsa, hujjatda aks ettirish zarur. Bu holat korxonalarda to’g’ri yo’lga qo’yilmagan. Hujjatni oldindan rasmiylashtirish, keyin rasmiylashtirish hollari mavjud. Bizning fikrimizda yuqorida aytilgan prinsip, buxgalteriya hisobida shunday asos bo’yicha ish yuritish kerakki, miqdoridan, qiymatidan qat’iy nazar har bir tayyor mahsulotlar yoki yarim tayyor mahsulotlar omborga qabul qilinganda hujjat orqali rasmiylashtirish zarur. Bundan tashqari, ombor mudirlari Tovar- moddiy zaxiralarini tabiiy kamayish va saqlash normalarini bilish zarur.

  • Hozirgi kunda barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy muammolardan biri buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan shakliga o’tkazish muammosi mavjuddir. Buning uchun barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobini yuritishning avtomatlashgan shaklini qo’llash zarur. Buning uchun bizlarda barcha shart-sharoitlar mavjuddir. Tovar-moddiy zaxiralarning hisobni tashkil qilishni yanada yaxshilash uchun buxgalteriya hisobining avtomatlashgan shakli bo’lgan buxgalteriya hisobi dastur (1C: Buxgalteriya va BEM)laridan keng foydalanish lozim.

  • Inventarizatsiya o’tkazish jarayoni yirik korxonalarda yilni oxiriga to’g’ri keladi. Bizning fikrimizcha korxona rahbarining buyrug’iga muvofiq korxonani ichki qismida joriy inventarizatsiyani o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Tovar-

moddiy zaxiralarning hisobi va hisobot ishlarini to’g’ri tashkil qilish uchun joriy inventarizatsiya o’tkazishni tashkil qilish va auditor tekshiruvi asosida uni yanada mustahkamlashni tavsiya qilamiz.

  • Moddiy boyliklarini saqlash xarajatlarini hisobga olishning hozirgi kunda amalda bo’lgan tartibini yanada yaxshilashni talab etadi. Hozirgi kunda ko’p hollarda tovar-moddiy zaxiralarining saqlashga aloqador xarajatlar: omborlarning holati, ularning amortizatsiyasi, tegishli xodimlarning mehnat haqi va boshqalar umum ishlab chiqarish xarajatlariga olib boriladi va shu orqali tannarxga qo’shiladi yoki davr xarajatlariga olib boriladi. Bu xarajatlarni

mo’ljallanishiga ko’ra, ya’ni bevosita omborlarda saqlanayotgan moddiy boyliklar bahosini oshirishga o’tkazishni taklif qilamiz.

  • Tovar-moddiy boyliklarning kamomadi, nobudgarchiligi va ortiqchasini hisobga olishni takomillashtirish bo’yicha ko’pgina takliflar bor. Hozirgi kunda amaldagi tartibga ko’ra saqlanayotgan mahsulotlarning tabiiy kamayish me’yorlari doirasidagi kamomadi va nobudgarchiligi (biologik nobudgarchilikdan tashqari) asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga olib boriladi. Ravshanki, bunday tartib itstisodiy jihatdan o’zini oqlamaydi. Tovar-moddiy zaxiralarning kamomadi va ortiqchasi tannarxni shakllantirish jarayoniga hech qanday aloqasi yo’q. Shunday ekan, ular xarajatlar schyotiga o’tkazilmasligi kerak. Ularni faoliyatning moliyaviy natijalariga o’tkazilishi haqiqatga yaqinroqdir.

Yüklə 158,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə