Respublikasi


MAVZU: O’RTA OSIYO ROSSIYA IMPERIYASI TARKIBIDA: ME’MORCHILIK, MUSIQA, TASVIRIY SAN’AT, ILM-FAN RIVOJI



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə40/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
fayl 1854 20210917

MAVZU: O’RTA OSIYO ROSSIYA IMPERIYASI TARKIBIDA: ME’MORCHILIK, MUSIQA, TASVIRIY SAN’AT, ILM-FAN RIVOJI.



Reja:

  1. Turkiston o‘lkasida xalq maorifi va adabiy-ma’rifiy jarayon.

  2. Ilm-fan va san’at rivoji.

  3. Me’morchilik, badiiy xunarmandchilik va tasviriy san’at.

  4. Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakati va siyosiy harakatlar.



Mavzuning o’quv maqsadi: Talabalarga O’rta Osiyo Rossiya imperiyasi tarkibida: me’morchilik, musiqa, tasviriy san’at, ilm-fan rivoji hamda o’lkada jadidchilik harakati va siyosiy jarayonlar haqida ma’lumotlar berish.
Rus bosqiniga qadar Turkistonda keng tarmoqli xalq maorifi o‘choqlari: maktablar va madrasalar mavjud edi. Istilochilar ularning faoliyati bilan tanishib, mustamlakachilikning bundan keyingi taqdiri uchun o‘sha maktab va madrasalarning g‘oyatda xavfli ekanligini tushunib etgandilar. Shu bois chorizm o‘lkada ruslashtirish siyosatini ayni shu sohadan boshlab, bu soha bo‘yicha o‘z dasturini ishlab chiqadi. Ayniqsa bu sohada K.P.Kaufman jon kuydirib faoliyat ko‘rsatgandi.

1866 yilda Toshkent Rossiya tomonidan bosib olinganidan bir yil o‘tgach, Toshkent shahrida birinchi rus maktabi ochildi, bundan keyin Turkistonning boshqa shaharlarida ham rus maktablari ochila boshladi. 1876 yildan e’tiboran Turkiston o‘lkasidagi o‘quv yurtlari boshqarmasi tuziladi, shu yili Toshkentda erlar va xotin-qizlar progimnaziyalarining quyi sinflari ochiladi. 1880 yili Imperiya Davlat Kengashining qarori bilan Turkistonni ruslashtirish siyosatining yangi bir jabhasi xalq maorifiga qaratildi. Kaufman kengashda Turkistonda ruslar bilan mahalliy millat bolalarini birgalikda o‘qitish masalasini ko‘taradi. U musulmon va rus maktablarining ajralib turishi iqtisodiy va siyosiy jihatdan zararli deb hisobladi. Bu g‘oyani Kaufmanning izdoshi general-leytenant N.O. Rozenbax (1884-1889)

davom ettirib, ibtidoiy turdagi boshlang‘ich maktablar – rus-tuzem maktablari tarmog‘ini yaratish loyixasini ishlab chiqdi. 1884 yilda Toshkentda birinchi rus- tuzem maktabi ochildi, ularning soni XIX asr oxirida yuzdan oshib ketdi. Bunday maktablarda o‘quv kuni ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda ikki soatlik mashg‘ulotni rus o‘qituvchisi, ikkinchi qismda esa saboqni o‘zbek muallimi olib borgan. O‘quv yili 125 kundan oshmagan. 1887 yilda rus-tuzem maktablari uchun umumiy tarzda tuzilgan dastur ishlab chiqilgan. Bu maktablar uchun darsliklar sistemasi ham bo‘lmagan. O‘zbek bollarini rus tiliga o‘rgatish metodlari tasodifiy xarakterda bo‘lgan. Mana shular natijasida rus-tuzem maktablarini kamdan-kam mahalliy millat vakillari bitirib chiqqanlar. Maktabni tamomlaganlar ruschani odatda ancha tez va ravon o‘qiganlar, rus grammatikasiga doir biron bir qoidani ham yoddan aytib bera olganlar, lekin og‘zaki so‘zlashda qo‘pol xatolar qilganlar.

XIX-asr oxiriga kelganda Turkiston o‘lkasidagi rus-tuzem maktablari uchun darsliklar sistemasi tuzilgan. Bu sistema ko‘rgazmali-og‘zaki metod asosida tuzilgan edi. Lekin darslikdagi asosiy kamchilik shunda ediki, unda o‘quvchilarning ona tili hisobga olinmagan edi. 1898 yilgi Andijon qo‘zg‘oloni Turkiston ma’murlarni musulmon ruhoniylariga extiyotlik bilan qarashga majbur etdi. Shu munosabat bilan Turkiston ma’murlari rus-tuzem maktablarining rolini ko‘tarmoqchi bo‘ldi. Bunda avvalo mahalliy o‘quvchilar sinflariga e’tibor berila boshladi. Farg‘ona harbiy gubernatori N.I.Korolkov 1898 yilda imperatorga yo‘llagan hisobotida podsho ma’muriyatining o‘lkani ruslashtirish borasidagi dasturini bayon etib, tuzemetslarning o‘z bolalarini ixtiyoriy rus-tuzem maktablariga berishiga erishish muhimligiga e’tiborni qaratgan. Buning uchun u mahalliy ma’muriyat amaldorlariga yaqin besh yil ichida ish yuritishni rus tiliga ko‘chirtirish lozimligini o’qtiradi. Korolkov bu tadbir mahalliy millat vakillarini mansabga qiziqib, farzandlarini rus-tuzem maktablariga berish istagini uyg‘otadi, deb hisoblagan. Bu g‘oya o‘z natijasini berib, rus-tuzem maktablari o‘quvchilari soni ko‘paya boshladi. 19-asr oxirida Turkistonda 100 dan ortiq rus-tuzem maktablari bo‘lib, xonliklar poytaxtlari Xivada (1891 yilda) va Buxoroda (1894 yilda) ham rus-tuzem maktablari ochildi.

Shaharlarda ochilgan bilim yurtlari ham ruslashtirishning muhim o‘chog‘i bo‘lib hizmat qildi. Ular rus-tuzem maktablaridan internatlari bilan ajralib turgan. Internatlarda o‘zbek, qirg‘iz, qozoq bolalarining rus tengdoshlari bilan birga yashab, rus tilini yaxshi o‘zlashtirayotgani mustamlakachilarga ayon bo‘lgan. Shuning uchun ham Turkiston general-gubernatori M.G. Chernyaev (1882-1884) Chimkent shahar bilim yurtini kengaytirish uchun 100 ming rubl ajratgani va bilim yurtida o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun pul mukofoti ta’sis etgani bejiz emas.

Ammo rus amaldorlariga ruschani yaxshi bilgan va xalq ko‘zini ochib g‘aflat uyqusidan uyg‘otadigan ziyolilar kerak emas edi. Mustamlaka ma’muriyati Turkiston ziyolilari katta mansabga erishsa, o‘z xalqi uchun xizmat qilishlari va mustamlaka tartiblariga qarshi chiqishlari mumkinligidan xavfsirashgan. SHu boisdan ham mustamlaka ma’muriyati mahalliy millat vakillari orasidan etishib chiqqan oydin fikrli ziyoliliarni doimo ta’qib etishga harakat qilgan. Mahalliy xalq manfaatlari yo‘lida qayg‘uradigan ilm odamlari, millatparvar kishilar mahalliy boshqaruvga umuman yaqinlashtirimagan. Bunday kimsalar savylovlarda g‘olib bo‘lsada, rus ma’muriyati tomonidan saylov natijalari bekor qilingan. Vaholanki, mustamlaka Turkistonida mahalliy maktab-madrasalarda saboq olgan, bilimli, savodli kishilar ham ko‘p edi.

Rossiya davlati ma’murlarining Turkiston o‘lkasida erli xalq vakillarini qorong‘ulik va zulmatda saqlashga qaratilgan mustamlakachilik va zo‘rlik siyosatiga qaramasdan XIX asrning oxiri XX asr boshlarida o‘lkada milliy maorif, fan va madaniyat taraqqiyoti to‘xtab qolgan emas. Ammo ushbu masalada ham sovet davri tarixchilari o‘z asarlarida chorizm davrida yuritilgan maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosatni maqtab, rus bosqiniga qadar o‘lkadagi ahvolni kamsitib erga urdilar. Ular 1897 yil o‘lkada savodli o‘zbeklar - 1,6 foizni, qozoqlar

- 1 foizni, turkmanlar - 0,7, qirg‘izlar - 0,6 foizni tashkil etgan, aholining savodxonligi shundan keyingi yillarda ham oshmagan, O‘zbekistonda har 100 kishining 98 tasi savodsiz edi, deb keldilar. “O‘rta Osiyo xalqlari inqilobgacha deyarli yoppasiga savodsiz edi. 1897-yili o‘zbeklarning atigi 1,9 foizi o‘qish va imzo chekishni bilardi. 1897-yilgi Butunrossiya aholi ro‘yxatiga ko‘ra savodlilar

o‘lkada 1,8 foizni tashkil etgan, ya’ni inqilobgacha Turkiston deyarli yoppa savodsiz o‘lka edi”. “O‘zbek xalqi deyarli yalpi savodsiz edi”. Hatto ayrim olimlar vatanga, o‘z xalqiga xiyonat qilgan va bosqinchi Rossiya hukmdorlari tomoniga o‘tgan Saidazimboy singari savdogarlarni Toshkentda o‘z uyida rus-tuzem maktabi ochdi deb osmonga ko‘tarib maqtaydilar. Aslida esa rus-tuzem maktablari asosan tilmochlar-tarjimonlar tayyorlashga mo‘ljallab tashkil etilgan edi.

Shu bilan birga sovet davrida bu kabi da’volarni inkor etuvchi xolisona tadqiqotlar ham e’lon qilindi. Taniqli tarixchi olim Pyotr Geronovich Kim o‘zining “Uydirma va haqiqat” maqolasida quyidagicha yozadi: Xo‘sh, savodsiz xalq butun dunyo xalqlarining fahru iftixoriga aylangan Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkent va Xivadagi Go‘ri Amir, Shohizinda, Bibixonim kabi koshonalarni va boshqa ko‘plab asori-atiqalarni qanday qilib bunyod etgan ekan? Savodsiz xalq qay yo‘l bilan jahonga Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Beruniy kabi olamga mashhur allomalarni etkazib berdi ekan? Savodsiz xalq Navoiy, Ulug‘bek, Forobiy, Jomiy va boshqa ko‘plab shoiru fozillari bilan olamga dong taratgannining siri nimada? Furqat, Muqimiy, A.Avloniy, M.Behbudiy kabi minglab ma’rifatparvarlari bo‘lgan xalqning savodsizligiga ishonish mumkinmi?

P.G.Kim yuqoridagi kabi mantiqsiz va kurakda turmaydigan da’volarni inkor etib bo‘lmaydigan dalillar bilan o‘z maqolasida isbotlab berdi. U bunday yozadi: “Endi manbalarda keltirilgan faktlarga asoslanib, 1897 yili Rossiya, Belorussiya va Turkistonda aholining, maktablarning, ulardagi o‘quvchilarning sonlarini kuzatsak, bu o‘lkalardagi savodxonlikning darajasi oydinlashadi. Rossiyada aholining umumiy soni – 126,388,800, maktablar soni – 33,401, o‘quvchi soni – 2.318.100, aholining umumiy soniga nisbatan o‘quvchilar 1,8 foizni tashkil etgan holda, aholining savodxonligi – 21 foiz; Belorussiyada aholining umumiy soni – 6.492.857, maktablar soni – 2.263, o‘quvchilar soni – 125.418, aholining umumiy soniga nisbatan o‘quvchilar – 1,9 foizni tashkil etgan holda aholining savodxonligi – 24,7 foiz; Turkistonda aholining umumiy soni – 3.792.774, maktablar soni – 6.027, o‘quvchilar soni – 64015, aholining umumiy

soniga nisbatan o‘quvchilar – 1,7 foizni tashkil etgan holda aholining savodxonligi

– 19,55 foiz bo‘lgan».

Axir mustamlaka Turkistonidagi juda ko‘p eski maktablarda oliy ta’lim beradigan o‘quv yurtlarida ajdodlarimiz farzandlari ta’lim olganliklari, madrasalarda mudarrislar, mahallalarda savodxon ayollar otinoyilik qilib, shariat (fiqh) qonunchiligidan ta’lim-tarbiya berganlari, o‘sha o‘quv muassasalarida ko‘plab yurtdoshlarimiz o‘qib, zamonasining savodli kishilari bo‘lib etishganini unutmaslik kerak. XX asr boshlarida butun o‘lka bo‘yicha jadid maktablarining necha tarmog‘i yuzaga kelganini ham e’tibordan chiqarmaslik lozim. Ehtimol shu boisdan mashhur rus olimlaridan akademik V.V.Bartold, A.D.Middendorf, sayyoh olim A.L.Fedchenko, sharqshunoslardan V.P.Nalivkin, A.L.Kun va boshqalar o‘lkadagi maorif taraqqiyotiga yuqori baho berganlar, xalqimizning madaniyatiga hayron qolganlar va uni olqishlaganlar. A.Middendorfning 1882 yilda chop etilgan “Очерки Ферганской долины” kitobida shunday satrlarni o‘qiymiz: “Farg‘ona viloyatida qadimdan o‘troq holda yashashni sevgan mehnatkash qabilalar istiqomat qilishadi. Albatta, o‘ziga xos betakror sharoiti bo‘lgan Farg‘ona yuksak madaniyatli mamlakatlar cho‘qqisiga ko‘tarildi”. A.Middendorfning so‘ziga qaraganda XIX asrga evropaliklar er xo‘jaligi ravnaqiga harakat qilib maqsadlariga erisholmayotgan bir paytda Farg‘ona vodiysida bu muammo ancha burun hal bo‘lgan, u joylarda dalalar sug‘orilar, yaylovlar esa o‘g‘itlantirilarkan.

Olim o‘z fikrini davom ettirib yozadi: “Farg‘onada qilingan ishlarga havas qildik, bu erdagi zaminga nisbatan yuksak madaniyat boshqa yerlarga qaraganda ko‘proq saqlanib qolganligini ko‘rdik. Bir qancha erlarni ko‘zdan kechirib shu xulosaga keldikki, Farg‘onada er xo‘jaligini ehtiyotkorona va mohirona olib borishar ekan. Bu esa hayratda qoldiradigan haqiqiy madaniy mehnat eng katta zanjirining bir qismi ekaniga ishonch hosil qildik”.

“Golos” gazetasi 1874 yil 29 avgust sonida suv xo‘jaligi masalasi haqida bunday yozadi: “amalda ko‘pincha tuzemetslardan (ya’ni mahalliy aholidan) ko‘p narsani o‘rganishga to‘g‘ri kelmoqda. Irrigatsiya haqida Rossiyada oxirgi vaqtgacha o‘ylanmagan edi. Osiyoda esa bu soha yuksak darajada rivojlangan va

albatta, dalalarni sun’iy sug‘orish bo‘yicha biz O‘rta Osiyoliklarga hech narsa o‘rgata olmaymiz. Bizda Janubiy Rossiyada irrigatsiya borasida tortishuvlar davom etayotgan bir davrda Osiyoliklar tog‘larda korizlar orqali kanallar qurishmoqda. Uning tubidan o‘nlab sajen yuqori suvlarni chiqarishmoqda, bir qoyadan ikkinchi qoyaga arg‘amchi tortib tarnov yordamida suv olishmoqda, bular esa bizdagi donishmandlarning tushiga ham kirmagan”.

Rus olimlari, sayyohlari, savdogarlari Qo‘qon xonligidagina emas, balki o‘lkaning boshqa joylarida ham sun’iy sug‘orish usulini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib yuksak baho berganlar.

Turkiston xalqlari madaniyati haqida Turkiston general-gubernatori S.M.Duxovskiyning 1899 yili podshoga yozgan dokladida qiziqarli fikrlar bor. Jumladan, u shunday yozadi: “Uzoq vaqtlar mobaynida Buxoro butun musulmonlar olamida musulmon huquqshunosligi va ilmining mo‘‘tabar markazi sifatida tan olib kelingan, boz ustiga bu obro‘ – e’tiborni hanuz yo‘qotmay kelayotir. Bir vaqtlar O‘rta osiyolik ruhoniylar, qonunshunos arab tili bilimdonlari faoliyatining ahamiyati naqadar ulug‘ bo‘lganini bugungi kunda butun dunyodagi musulmon-sunniylar qo‘llayotgan mashhur va mo‘‘tabar shariat majmualarining ayrimlari O‘rta Osiyoda bitilganini eslashning o‘zigina kifoya. “Hidoya-i-Sharif” Marg‘ilonda, “Aqoid” Buxoroda, “Hikmat-ul-Ayn” Samarqandda yaratildi. Musulmon olamiga shariatning so‘nggi talqinini O‘rta Osiyo taqdim etdi. Bulardan tashqari, bu o‘lka olamga Navoiy, So‘fi Olloyor, Ahmad Yassaviy, Mashrab kabi shoir-so‘fiylarni berdi”.

Xullas Turkistonda Rossiya bosqiniga qadar aholining savodxonlik va madaniyati darajasi ba’zi kimsalar ta’kidlagani singari qoloq bo‘lmagan. To‘g‘ri, hozirgi davrga nisbatan oladigan bo‘lsak, savodsizlar Turkiston o‘lkasida XIX asrda ko‘p bo‘lgan. Ammo o‘tgan o‘sha XIX asrda qaysi mamlakatda ahvol bundan ko‘ra yaxshiroq edi? Shuning uchun xalqimizning o‘tmish tarixini nodonlarcha qora bo‘yoqlarda yoritishga istiqlol tufayli barham berilmoqda.



  1. asrning ikkinchi yarmida o‘lkaning ijtimoiy-madaniy hayotida albatta ba’zi bir ijobiy o‘zgarish va yangiliklar bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar va yangiliklar

mustamlakachilar tomonidan erli xalqlarning talab va ehtiyojlarini qondirish maqsadida ro‘yobga chiqarilgani yo‘q. Balki, birinchi navbatda va asosan bosqinchilarning talablari va manfaatlari nuqtai-nazaridan amalga oshirildi. Ana shunday yangilik va o‘zgarishlardan biri o‘lkada aholiga xizmat qiluvchi madaniy oqartuv muassasalaridir. 1870 yilda Toshkentda kutubxona tashkil qilindi. Kutubxona uchun Peterburg va Moskvadan 1867 yilda yuborilgan dastlabki kitoblar zo‘r qiyinchiliklar bilan 1868 yilda Toshkentga etib kelgan edi. Bu kitoblar asosan Markaziy Osiyoni va unga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarni o‘rganishga va boshqa masalalarga aloqador adabiyotlar edi. Kutubxona fondi mutlaqo rus tilida bo‘lib, uning o‘quvchilari ham asosan rus ofitserlari, amaldorlari, va ularning oilalaridan iborat edi. Dastlabki kitobxonlar to‘g‘risidagi ma’lumot 1870 yil may oyidan 1871 yil sentyabrgacha bo‘lgan davrga aloqadordir. Hammasi bo‘lib 75 kitobxon bo‘lgan, shundan 45 nafari ofitser, 19 nafari amaldor, 4 nafari savdogar, 2 kishi ruhoniy, bir kishi mahalliy maktab talabasi edi.

Shunday bo‘lsada, kutubxona har holda ma’rifiy ish bilan shug‘ullandi va o‘lkada XIX asr rus adabiyotining demokratik g‘oyalarini tarqatishda ma’lum rol o‘ynadi. Biroq 70-80-yillarda Rossiyada madaniyat va halq maorifi 60-yillarda qo‘lga kiritgan demokratik huquqlarni yo‘q qilishga intilgan reaksiyaning hujumi boshlanib ketdi. Bu hujumdan kutubxona ham chetda qolmadi. 1882 yil dekabrda Turkiston general-gubernatori M.G.Chernyaevning buyrug‘i bilan alohida ishlar bo‘yicha amaldor, “Peterburg xarobalari” asarining muallifi, reaksion yozuvchi V.V.Krestovskiy kutubxonani taftish qildi. U o‘zining Chernyaevga yozgan raportida: “Rus mualliflaridan Saltikov, Dobrolyubov, Pisarev, Nekrasov va Shiller (A.Mixaylov) asarlariga talab eng ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ldi”, deb yozdi. Ushbu raportga asosan general Chernyaev 1883 yil 1 yanvardan e’tiboran kutubxona faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida buyruq berdi. Jamoatchilikning talabi bilan 1889 yilda kutubxona yana o‘z ish faoliyatini boshladi. Markaziy Osiyoni o‘rganish bilan shug‘ullangan taniqli rus olimlari arxeolog V.L.Vyatkin, akademik V.V.Bartold va boshqalar kutubxonaga faol yordam berib turishgan, natijada kutubxona qimmatli asarlar va materiallar bilan to‘lib borgan.

1868 yilda Toshkentda bosmaxona va litografiya, 1874 yilda Xivada litografiya, keyin esa Samarqand, Farg‘ona va boshqa shaharlarda litografiyalarning paydo bo‘lishi Turkiston xalqlari hayotida muhim voqea bo‘ldi. 1880 yildan boshlab mahalliy tilda chiqadigan “Turkiston viloyati gazetasi” sahifalarida tabiyot, meditsina, tarix, adabiyot va falsafaga oid kichik-kichik xabarlar ba’zan xatto maqolalar chiqa boshladi.SHu tariqa Turkistonda vaqtli matbuot yuzaga keldi. 1898 yilda Toshkentda “Russkiy Turkestan”, 1904 yildan boshlab Samarqandda “Samarqand” gazetalarini chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1880 yilda Navoiyning “Xamsa”si, “Devoni Munis” va “Devoni Roji” asarlari bosilib chiqdi.

1906 yilda Toshkentda o‘zbek tilida “Taraqqiy” gazetasi chiqarildi. Shundan so‘ng birin-ketin yangi matbuot organlari vujudga kela boshlaydi. Toshkentda “Sadoi Turkiston” gazetasi jadidlar tomonidan chiqarila boshlaydi. 1916 yildan esa rus demokratlari va jadidlar Andijonda “Turkestanskiy golos” gazetasini chiqara boshlaydilar.

Bu davrda tarix va adabiyot soxasida ijod qilgan maxalliy yozuvchilar o‘z asarlarida mahalliy xalq ommasining ezgu niyatlarni tarannum etdilar. Axmad Donish (1827-1897) o‘z davrining yirik ma’rifatparvar olimi va faylasufi, yozuvchisi va astronomi, tarixchisi va arxitektori, musavviri va musiqanavisi edi. U “Ulug‘ qonun”, “Tanlangan qarorlar”, “Noyob voqealar”. “Mang‘it amirlari xonadoni saltanatining qisqacha tarixi” kabi asarlar yozib qoldirgan. Ahmad Donish o‘z asarlarida taraqqiyotda orqada bo‘lgan amirlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni tanqid qiladi, rus madaniyatini omma o‘rtasida tinmay targ‘ib qiladi va undan o‘rganishga chaqiradi.

Muqimiy (1850-1903) 19-asr oxirida Turkistonda yuzaga kelgan demokratik adabiyotning yirik vakillaridan biri hisoblanadi. U asosan lirika (g‘azalllar, muhammaslar, ruboiy, tuyuq va fardlar), hajviy, sayohatnomalar, maktubot janrlarida ijod qilgan. U o‘z xajviyalarida mahalliy zolim amaldorlarining kirdikorlarini fosh qilib, mazlum xalqning nochor ahvoliga achinadi. Bu kabi asarlari jumlasiga “Tanobchilar” she’ri misol bo‘la oladi. SHoir Muqimiy

“Sayohatnoma” asarida och va yalang‘och dehqonlarni zolimlarcha ezayotgan mingboshilarni tanqid qilgan.

Furqat (1858-1909) o‘zining xalqchil va demokratik ruhda yozilgan asarlar bilan xalq orasida katta obro‘ qozongan. U shoirlar maskani Qo‘qonda tug‘ilgan. Furqat ham dastlabki davrlarda Turkistonni bosib olgan chor ma’murlariga umid ko‘zi bilan qaragan. Xatto u rus ilm fani, texnikasi va madaniyatini tadh etuvchi asarlar yozib o‘z xalqini unga da’vat etadi. Uning “Gimnaziya”, “Ilm hosiyati”, “Vistavka xususida” kabi asarlari fikrimiz isbotidir.

Zavqiy (1853-1921) o‘zbek demokratik xalqchil adabiyotining Muqimiy va Furqat ijod etgan an’analarini davom ettirdi. Zavqiy ijod etgan asarlar yo‘nalishini quyidagi to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: 1. Lirik she’rlar. 2. Hajviyalar. 3. Sayohatnomalar. 4. Dostonlar. Shoir o‘zining “Aylab keling” “Kelmasa kelmasun netay”, “Ofarin”, “Ajab ermas”, “Farg‘ona”, “Ahli rasta hajvi”, “Ajab zamona” kabi lirik va hajviy she’rlarida insoniy fazilat va sadoqatni tarannum etadi.

Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishidan ancha ilgariyoq rus olimlari o‘lkani o‘rganish borasida ancha ishlarni amalga oshirgan edilar. 19- asrning 2-yarmida o‘lkani ilmiy jihatdan o‘rganish yanada avj oladi. N.YA.Seversov, P.P.Semyonov-Tyan-Shanskiy (1827-1914) lar O‘rta Osiyoni geografik joylashuvi va uning relefini o‘rganish borasida muhim ishlar qildilar. Rus sayyoxi A.P.Fedchenko Turkistonni tabiiy-tarixiy jihatdan o‘rganib, Farg‘ona va Oloy vodiysini tekshirdi. Shuningdek, u Zarafshon vodiysi va Qizilqumni ham tabiiy tarixini o‘rganadi. 1877-1879 yillarda I.V.Mushketov Oloy, Pomir, Buxoro, Xisor, Amudaryo bo‘ylari va Qizilqumni geologik jihatdan tekshirib, Turkistonning birinchi geologik kartasini tuzdi. U “Turkiston” nomli monumental monografiyasini yozgan.

Rus mustamlakachiligi davrida bir qator rus ziyolilari va olimlari tomonidan Turkistonning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tarixiga oid turli materialalr “Turkiston to‘plami” nomi ostida jamlana boshlagan. Bu to‘plam Turkiston o‘lkasiga oid asarlar va maqolalarning ajoyib majmuasi bo‘ldi. Bu to‘plam 594 tomdan iborat bo‘lib, Oktabr to‘ntarishigacha bo‘lgan Turkiston haqidagi

kitoblardan, ro‘znoma va oynomalardan olingan maqolalardan tashkil topgan. To‘plamning 416 tomi mashhur rus bibliografi V.I.Mejov tomonidan tayyorlangan. Bu tomlarga 1867-1887 yillarga oid materiallar kiritilgan. So‘ngra to‘plam ustida olib borilayotgan ish to‘xtab qolgan va 1907 yildan 1917 yilgacha bo‘lgan davrda har xil bibliograflar to‘plamning 175 tomini tuzganlar.



  1. asrning 80-90 yillarida Toshkent va boshqa yirik shaharlarda turli ilmiy jamiyatlar (arxeologiya, jug‘rofiya, etnografiya kabilar) tashkil etilgan. 1896 yilda Samarqand “Tarixiy muzey” ish boshladi. Bir qator ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Bu borada rus olimlari I.V.Mushketov, N.A.Seversov, A.P.Fedchenko, P.P.Semenov Tyan-Shanskiy, N.M. Prjevalskiy va boshqalar samarali ishlar olib bordilar. Turkiston xalqlari tarixini o‘rganish va yoritish xalqimizning o‘tmish madaniyatini ilmiy tadqiqot qilishda sharqshunos olimlar V.V.Radlov, V.V.Bartold, E.E.Bertels va boshqalarning xizmatlari oz emas. SHu davr mobaynida bir qator ijodkor rus adiblari asarlarining mahalliy xalqlar tillariga o‘girilishi ham ijobiy faoliyatlardan hisoblanadi.

1871 yilda O‘rta Osiyo ilmiy jamiyati vujudga keldi, bu jamiyat o‘z oldiga O‘rta Osiyo tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, statistika va iqtisodiyotiga oid ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tarqatish vazifasini qo‘ygan edi. 1874 yilda Toshkentda dastlabki observatoriya tashkil qilindi. Observatoriya xodimlari O‘rta Osiyo xududlarida 870 astronomik punktni belgiladilar. O‘lkada ish olib borgan arxeolog xavaskorlar 1895 yilda Turkiston arxeologiya xavaskorlar to‘garagiga birlashdilar. Lekin fanning boshqa soxalarida bo‘lgani singari arxeologiya soxasidagi ishlar ham plansiz olib borilgan. Arxeologik ishlar asosan qadimgi yodgorliklarni yozma manbalarga qarab tasvirlash va o‘rganishdan, ayrim arxeologik yodgorliklarni qidirish va qazuv ishlarini olib borishdan iborat bo‘lgan. Bu kabi ishlar asosan Samarqandda olib borildi. 1895 yili arxitektor A.V.Shchusev ishtirokida tashkil etilgan ekspeditsiya natijasida Go‘ri amir maqbarasining arxitekturasi albom shaklida nashr etiladi.

Rus olimlari tomonidan o‘lka tarxini o‘rganish XIX-asr ikkinchi yarmida nisbatan avj oladi. O‘lka rus mustamlakasiga aylangaitdan keyin qator rus

sharqshunoslari o‘z faoliyatlarini kengaytiradilar. XIX-asrning ikkinchi yarmida bir qancha yodgorliklar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plagan va Xiva tarixi bilan shug‘ullangan A. Kun, shuningdek, V. Nalivkinni (Qo‘qon xonligi tarixi) ko‘rsatib o‘tish kerak. O‘rta Osiyo tarixiga oid muxim manbalardan biri Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari N.S. Likoshin tomonidan rus tiliga tarjima qilinishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

O‘lkani boshqarish extiyojlari xalq ommasi hayotini o‘rganishda xozir ham muxim manba hisoblangan turli xil statistik ma’lumotlarni to‘plash va nashr etishni talab etgan. 1871-1874 yillarda har yili “Turkiston o‘lkasini statistik jihatdan o‘rganish uchun materiallar” bosib chiqarilgan.Turkiston o‘lkasining ayrim oblastlarining, ayniqsa muxim paxtachilik sanoati rayoni sifatida mustamlakachi hokimiyat rasmiy doiralarining e’tiborini o‘ziga tortgan Farg‘ona viloyatining xar yilgi obzori nashr etilib turgan.

O‘rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin san’at sohasida ham ma’lum o‘zgarishlar yuz berdi. O‘lkaga rus san’ati turli formalarda kirib kela boshladi. O‘zbekistonga musiqachilar, rassomlar, arxitektorlar, artistlar kela boshladi. Ular o‘lkada Evropa madaniyati va san’ati ko‘rinilarini yoya boshladilar. Mahalliy aholi ularning ijodi bilan tanisha boshladilar. Bu davrda o‘zbek san’ati hamma sohada yanada rivojlandi, yangi g‘oyalar, yangi texnika imkoniyatlari bilan boyidi. Ijtimoiy fikr sohasida yangi oqimlarning rivojlanishi va ilgarigi madaniy cheklanishning yo‘qolib borishi o‘zbek san’atiga samarali ta’sir ko‘rsatdi.

Turkiston o‘lkasida qadimdanoq yuksak taraqqiy etgan xalq professional teatri XIX-asrda asosan ikki xil: qiziqchilar teatri va qo‘g‘irchoq teatridan iborat edi. Qiziqchilar ham, qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilar ham hunarmandlar kabi rayonlar bo‘yicha ayrim sexlarga birlashgan. Xalq artistlari sexi yaxshi uyushtirilgan tashkilot bo‘lgan. Ular turli bayramlarda va tadbirlarda xalq o‘rtasida o‘z san’atlarini namoyish qilganlar. Turkiston Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin bu erga rus teatri ham kirib kela boshladi. Dastlabki rus spektakllarini xavaskor mahalliy ziyolilar qo‘ygan.

Xullas, yuqoridagi fikr-mulohazalar shundan dalolat beradiki, chor Rossiyasining og‘ir mustamlakachilik zulmi siyosati davrida ham Turkistonda siyosiy-ijtimoiy va madaniy hayot to‘xtab qolmadi, xalqimiz o‘zining an’anaviy tarixiy taraqqiyotiga sodiq qoldi, jahon fani va madaniyati xazinasi rivojiga munosib hissa qo‘shdi. 19-asrning ikkinchi yarmida Osiyo, jumladan, Turkiston ilm-fan va texnika taraqqiyoti bo‘yicha Yevropadan ancha orqada qolib ketgan edi. Qoloqlitk vpa jaholat, o‘lka aholisining ayanchli ahvoli Turkistonning Evropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada qolib ketishi va bunday fojiali hayotdan qutulish, erk va ozodlikka erishish haqida o‘z zamonasining ilg‘or ziyoli qatlamlarida fikr- mulohazalar paydo bo‘la boshladi.


  1. asr boshlarida Rossiyadagi musulmon maktablarining buyuk islohotchisi va “Tarjimon” jurnali tashkilotchisi Ismoil G‘aspiralining nomi butun Sharqqa mashhur bo‘lib ketdi. U Bog‘chasaroyda eski maktablarning murakkab o‘qish usuliga nisbatan engil qiroat usuliga asoslangan yangi maktab ochib. Unda o‘zi dars bergan, darsliklar yozgan, chorizmning Sharqdagi siyosatini fosh qiluvchi asarlari bilan Turkistondagi ilg‘or ziyolilarning dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatgan edi. Qisqacha aytganda u yangi usul maktablarning vujudga kelishida namuna bo‘lgan.

Jadidlar chorizmning mustamlaka siyosati strategiyasiga jiddiy zaiflantiruvchi o‘zgarishlar qilishga majbur etuvchi vatanparvar siyosiy kuch sifatida XIX-asr oxiri – XX-asr boshlaridan tarix saxnasiga chiqa boshladilar. Jadidlar Turkistonda XIX-asr oxirida paydo bo‘lgan ilg‘or usullarni yoqlagan ma’rifatparvarlargina bo‘lib qolmay, ayni chog‘da turkiy-islomiy huquqiy merosning millat ichida keng yoyilishi, xurfikrlilik, taraqqiyot va milliy istiqlol uchun ham kurashni maqsad qilib ko‘ygan edi. Bu harakatning vujudga kelishida O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng quloch yoyib rivojlangan bobiylik va bahoiylikdan iborat falsafiy-diniy oqimlar va Turkiyadagi “Ittihod va taraqqiy” (“Yosh turklar” harakati) harakatining ta’siri katta bo‘ldi. Bobiylik va bahoiylik XX asr boshlariga kelib Kavkazda, so‘ngra Toshkent, Ashxobod va Turkistonning boshqa shaharlarida keng tarqala boshlagan va xalqning madaniy-ma’rifiy

darajasini ko‘tarishda katta ta’sir ko‘rsatgan. Birgina Toshkentning o‘zida bobiylar va bahoiylar tarafidan “Turkiston”, “Isloh”, “Osiyo” va boshqa kutubxonalar, qiroatxonalar tashkil etilgan bo‘lib, ular xalqning turli qatlam vakillari o‘rtasida ma’rifat tarqatishda katta rol o‘ynadi.

Turkiyadagi “Ittihod va taraqqiy” chilardan Turkistondagi “Ittihod va taraqqiy” chilarning afzallik tomonlari bor edi. Ularda kosmolitik g‘oya deyarli yo‘q edi, rus imperalizmiga va uning mustamlakachilik tizimiga qarshi kurash g‘oyasi va mafkurasi kuchli edi. Hatto 1905 yilgi rus inqilobi va 1908 yilgi Turkiya inqilobida imperializm va mustamlakachilikka qarshi kurash olib borish g‘oyasi yo‘q edi.

Jadidlar Buxoro amirligi va Xiva xonligida xon va amirni ham o‘z g‘oya va maslaklariga tortishga harakat qildilar. Buxoro jadidlari 1900 yil boshida amirdan yangi usuldagi maktablar ochishga ruxsat olishga muvaffaq bo‘ldilar. Ammo bunday yangi usul maktablarini ochilishi Rossiya manfaatiga zid edi, shu boisdan Rossiyaning amirga bo‘lgan tahdidi ortdi, amir jadidlarni siquv ostiga oldi. Rossiya barcha imkoniyatlarni ishga solib jadidlarning musulmon mamlakatlari, xususan Turkiya bilan bo‘ladigan har qanday bordi-keldi aloqalarini oldini olishga e’tibor beradi.

Rus mustamlakachilari O‘rta Osiyoda ochilgan yangi usul maktablariga qarshi kurash boshlaydi, bu maktablarni “islomiyatga qarshi”, “g‘ayridin maktablari” deb tashviqot yurgizadilar, josuslik idoralarini ishga soladilar, hatto Buxoro amiriga va Xiva xoniga ham kuchli tazyiq o‘tkazadilar. Ahvol shu darajaga borib etadiki, bu masala bilan bog‘liq ko‘plab qurbonlar yuz beradi. Chor ma’murlari islom diniga ham qarshi kurashni kuchaytirib yuboradilar. Hatto, 1903 yili podsho Turkiston aholisi uchun muborak Haj qilishni ham farmon bilan man etadi. Bu mahalliy musulmon aholisida kuchli norozilik uyg‘otdi.

1905 yilgi to‘ntarish harakatidan keyin Rossiya hududidagi turkiy xalqlar va ularning Turkiya bilan qardoshlik aloqasi kuchaydi. O‘z davrida Turk dunyosi markazlaridan biri bo‘lgan Qirim, Qozon, Istanbulda chop etilgan jadidchilik ruhidagi adabiyotlar Turkistonga ham keng yoyila boshladi. 1908 yilgi Turkiya

inqilobi tufayli yuzaga kelgan “Yosh turklar” harpaktiga muqobil holda Xivada “Yosh xivaliklar”, Buxoroda “Yosh buxoroliklar” jamiyatlari yuzaga keldi. Bu jamiyatlar oxir-oqibatda siyosiy partiyalar maqomini oldi. Jadidchilik haraktining bunday siyosiy tashkilotlari qisqa vaqt ichida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Andijon kabi yirik shaharlarda kuchli tashkilotlarga aylandi. Turkiston xalqida jadidlarga bo‘lgan hayrixohlik, ishonch tobora ortib bordi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, XX asr boshlaridayoq milliy ozodlik bayrog‘ini baland ko‘tarib, milliy birlik kuchlarini birligini ta’minlash borasida salmoqli faoliyat ko‘rsata boshlagan Turkiston jadidlari jahon jamoatchiligi e’tiborini o‘ziga jalb qildi. 1906 yilning bahorida Fransiya respublikasi bosh shtabi ikkinchi byurosi (harbiy razvedka) topshirig‘i bilan mayor Lyakost ikki yil davomida Turkistondagi ijtimoiy siyosiy vaziyat bilan yaqindan tanishdi. U o‘zining kuzatishlarini hisobot tarzida “Komitet Asiya Fransays” nomli jurnalda chop etadi. Maqola Evropada katta qiziqish uyg‘otdi. Bu maqolada Turkiston general-gubernatorligi hududidagi ijtimoiy-siyosiy kuchlar va partiyalar faoliyati sharhlab berilgan edi. E’tiborli tomoni shundaki, fransuz razvedkachisining o‘tkir nigohi bilan Turkistonda qaysi partiya, qaysi siyosiy oqim kuchli ekani shunday aniqlab berildiki, bu hol rus siyosiy politsiyasini g‘oyat jiddiy tashvishga soldi. Mayor Lyakost Turkiston o‘lkasidagi eng e’tiborli va kelajagi porloq tashkilot sifatida sotsial-demokratlar (bolshevik va mensheviklar), yoki sotsialist- inqilobchilar (so‘l va o‘ng eserlar), yo kadet va liberallar emas, balki yosh sartlar (rasmiy idoralar Turkiston jadidlarini yosh turklarga qiyoslab “Yosh sartlar” deb atashgan) degan xulosaga kelgan edi. Razvedkachi Turkistonda jadidlar ta’siri kuchli bo‘lgan o‘z firqasiga ega ekani va u 1906 yilning yanvarida Sankt- Peterburgga, Umumrusiya musulmonlarining qurultoyiga vakil yuborganini ta’kidlab, bu firqa xuddi Qozon tatarlari kabi o‘zining milliy dasturiga egaligi va rus istibdodiga jiddiy zarba berishi mumkinligiga ishora qilgan edi.

Jadidchilik harakati muhitida jadidchilik adabiyoti ham yuzaga keldi, mukammal bir shaklga kirdi. Ham nasrda, ham nazmda yangilanish, qoloqlik va jaholatdan kutilish, rus istilosiga qarshi kurash, ma’rifat va hurriyatga erishish,

istiqlolni qo‘lga kiritish g‘oyalari bilan to‘lib-toshgan yangi bir adabiyot shakllandi. Abay bunday adabiyotning ilk namoyandalaridan biri edi. Undan so‘ng Shayx Ahmad Mahdum maydonga chiqqan edi.

O‘rta asrlarda shunday ulug‘ zotlarni etishtirgan Turkiston kabi buyuk bir tabarruk zaminning so‘nggi asrlarda jaholat va hurofot azobida inqirozga yuz tutishi, bu yerda kuchli bo‘lgan o‘rta asrchilik va mustamlakachilik zulmlari, o‘lkadagi yangi uyg‘onish, yangi ma’rifat va adabiyot uchun borayotgan kurash musulmon xotin-qizlar huquqini himoya qilish haqida Ismoil Gaspirali o‘tkir publitsistik maqolalari bilan faol qatnasha boshladi. “Buxoro va Bog‘chasaroy”, “Bog‘chasaroydan Toshkentga” (1893), “Turkistonning yangi tarixi” (1905), “Buxoroda nimalarni ko‘rdim?” (1908), “Turkistondan xat” va boshqalar shu jumladandir. Uning ta’siri bilan Turkistonda ham yangi usul maktablari uchun o‘quv qo‘llanmalari, matbuot va adabiyot namunalari maydonga kela boshladi.

Turkistonda jadidchilik harakatining yirik vakillaridan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1871-1919)dir. U “Turkiston jadidlarining otasi” sifatida tarixda nom qoldirgan. U istiqlol uchun kurashning oldingi saflarida borgan yalovbardorlardan edi. Fayzulla Xo‘jaev Behbudiy haqida bunday degandi; “Siyosiy, ijtimoiy faoliyati, bilimining kengligi jihatidan o‘sha zamon Turkistonidagi jadidlar orasida unga teng kela oladigani bo‘lmasa kerak”.

Behbudiy Gapirinskiy yo‘lga qo‘ygan “usuli jadid” maktablarini Turkistonda qaror toptirishda, ularni darslik va qo‘llanmalar bilan ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatdi. Yangi tipdagi maktablarning milliy-madaniy taraqqiyotimizda muhim omil bo‘la olishi mumkinligi haqida o‘nlab maqolalar yozdi. “Qisqa umumiy geografiya”, “Bolalar maktubi”, “Islomning qisqacha tarixi”, “Amaliyoti islom”, “Aholi geografiyasiga kirish”, “Rusiyaning qisqacha geografiyasi” kabi darsliklar yaratdi. Nashriyot tashkil qilib, darsliklar va qo‘llanmalar, xaritalar bosib chiqargani ma’lum. Bular ilk o‘zbek maktablari uchun tuzilgan darslik va qo‘llanmalar sifatida emas, til-yozuv madaniyatimiz taraqqiyoti nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Behbudiy 1913 yilda “Samarqand” gazetasi va “Oyina” jurnalini chiqardi. Gazeta dastlab 2, so‘ng 4 betlik bo‘lib haftada 2 marta

chiqqani va moddiy tanglik tufayli 45 sonidan keyin to‘xtagani ma’lum. “Oyina” o‘lkadagi o‘zbek tilida chiqqan birinchi jurnal edi. U xalq orasida ancha mashhur bo‘lgan. Boshida haftada bir, 1914 yildan esa har o‘n besh kunda chiqqan.

Munavvar Qori Abdurashidxonov milliy matbuotning asoschilaridandir. U 1906 yil sentyabrda “Xurshid”(“Quyosh”) jaridasini nashr etdi va unga muharrirlik qildi. “Najot” (1917 yil), “Kengash” (1917 yil), “Hurriyat” (1917 yil), “Osiyo”, “Haqiqat”, “Turon” kabi matbuot nashrlarida muharrirlik qildi.

Abdulla Avloniy (1878-1934) o‘zbek xalqining atoqli shoiri, muallimi va mutafakkiri, jadidchilarning etuk vakillaridan biridir. Abdulla Avloniy o‘zi ochgan maktab uchun to‘rt qismdan iborat “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yohud ahloq” kabi darsliklar va o‘qish kitobini yaratdi. Maktab-maorif ishlariga ko‘mak ko‘rsatuvchi “Jamiyati hayriya” tashkil etdi. “Nashriyot” shirkati tuzib, Xadrada “Maktab kutubxonasi” kitob do‘konini ochgan. U 1913 yilda tashkil etilgan professional “Turon” nomli teatr to‘garagining tashkilotchilaridandir.

Abdurauf Fitrat (1886-1938) jadidchilik haraktining yirik namoyondalaridan biridir. U Buxoro jadidchilarining tashkilotchilaridan biri sifatida xalqni ma’rifat va madaniyatdan bahramand qilish uchun astoydil kirishadi. Fitrat adabiyotga shoir va adabiyotshunos sifatida kirib keldi. U “Munozara” nomli drama yaratgan. Shuningdek, “Sayxa”, “Sayyohi hindi”, “Rahbari najot”, “Tarixi islom” kabi asarlarini 1908-1913 yillarda yaratdi. Fitrat o‘z ona diyorini ozod va hur ko‘rishni orzu qildi. U ana shunday ilg‘or g‘oya va fikrlari uchun ko‘pchilik jadidlar qatorida shakkoklik, isyonkorlikda ayblandi, chor ma’murlari esa uni mustamlakachilikka qarshi turganlikda aybladilar, kommunistik mafkura hukmron bo‘lgan qizil saltanat davrida esa millatchilikda, panturkizm g‘oyasi tarafdori, “xalq dushmani” degan uydirma tamg‘a bilan aybladilar.

Turkistonning milliy shoiri, Andijonda jadidchilikka asos solgan Cho‘lpon (1898-1938) shaharda “Turon kutubxonasi” va uning yonida katta bir qiroatxonani tashkil qilgan.

Xulosa shuki, rus mustamlakachilari Turkiston zamini uzra o‘z hukmronliklarini o‘tkazgan kezlarda yurtning jonkuyar, millatsevar, erksevar farzandalri jadidlar harakati ta’sirida milliy istiqlol uchun, mustaqil Turkiston uchun, ekspluatatsiya, zo‘rlik va zo‘ravonlikka qarshi xalqni otlantirdilar. Faqat o‘lkada so‘nggi asrlar davomida ishlab chiqarish kuchlari va taraqqiyotning orqada qolganligi oqibatida, xalq ommasining ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy-nazariy saviyasi ham etarli darajada davr talabiga monand bo‘lmaganligidan bu kurash birlashgan katta kuch sifatida muvaffaqiyat qozonildi. Siyosiy-ijtimoiy tarqoqlik, “o‘zingni bil, o‘zgani qo‘y” kayfiyati milliy kayfiyatga, milliy birlikka putur etkazdi.

Jadidchilik harakatini o‘lka xalqlari ommaviy sur’atda qo‘llab quvvatlamadilar. Bu harakat faqat xalq orasiga ma’rifat va madaniyat g‘oyalarini tarqatishdan nariga o‘tmadi, o‘zining tor biqiq doirasida o‘ralib qoldi, siyosiy kurash partiyasi darajasiga ko‘tarila olmadi va ommani zulm va istibdodga qarshi dasturiy kurashga torta olmadi... Jadidlar harakatining nazariy va siyosiy barkamollik darajasiga o‘sib etmaganlikdan rus bolsheviklari ustalik bilan foydalandilar va ularni ikkiga bo‘lib yubordilar. Jadidlarning bir guruhi bolsheviklarning yolg‘on va quruq va’dalariga ishonib, ular tomoniga o‘tdilar, “Yosh buxoroliklar” va “Yosh xivaliklar” guruhiga uyushdilar. Natijada milliy- ozodlik va istiqlol uchun kurash olib borayotgan kuchlar kuchsizlandi va parokandalikka uchradi.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə