Respublikasi


Markaziy Osiyo hududidagi uch xonlik va madaniy hayot



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə38/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
fayl 1854 20210917

Markaziy Osiyo hududidagi uch xonlik va madaniy hayot. XVIIasrning birinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyo hududida uchta yangi davlat: Buxoro amirligi, Qo'qon va Xiva xonliklari vujudga keldi. O'rta asrlarda butun dunyo madaniyati va ma'naviy hayotiga o'zining muhrini bosa olgan hududlarda iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot butunlay izdan chiqa boshladi. Bu uchala davlatda ham beqarorlik, o'zaro yakdillikka rahna solindi. Jaholatparastlik kuchaydi. Fan va madaniyatga bo’lgan e'tibor susayib, o'zaro iqtisodiy, madaniy va savdo-sotiq aloqalari izdan chiqa boshladi.

XVIIIasr madaniyatining asosiy xususiyati – ma'naviy hayotida o'ta tushkun kayfiyatning hukmronlik qilishidir. Bu davrda tabiiy fanlar rivoji uchun barcha yo'llar berkitib qo'yilgan, hukmdorlar ruhiyatiga zid keladigan barcha g'oyalar va qarashlarga keskin zarba berilgan. Mintaqa madaniy hayotida muhim rol o'ynagan buyuk karvon yo'llarining ahamiyati ham ancha susaygan edi. Din va davlatning kuchi bir joyga birlashtirildi. Shu boisdan endigina shakllanayotgan demokratik fikrlar ana shu qudratli kuch oldida ojizlik qilib qoldi. Jamiyatning yakka mafkuraviy hukmroni hisoblangan din jamiyatning moddiy va ma'naviy

taraqqiyotiga, uchala xonlikda istiqomat qiluvchi xalqning yakdilligiga to'sqinlik qildi.

Bu davr madaniyatining asosiy tomonlaridan yana biri – xalq og'zaki ijodi va xalq tomosha san'atining rivojlanganligidir. Bu davrda xalq baxshilari, sozanda va xonandalari, qiziqchilari va masxarabozlari xalq tomonidan yaratilgan ko'plab hikoyatlar, rivoyatlar, dostonlar, masallar va matallarning haqiqiy targ'ibotchilariga aylandilar. Bu davrda “Yusuf va Zulayho”, “Tohir va Zuhra”, “Bo'z o'g'lon”, “Yusuf va Ahmad” kabi dostonlar vujudga kelgan bo'lsa, “Alpomish” va “Go'ro'g'li” dostonlarining ko'plab variantlari yaratila boshlandi. Qiziqchi va masxarabozlar hamda qo'g'irchoqbozlar esa xalqning nochor ahvolini tasvirlovchi sahna ko'rinishiarim, hukmdorlar, boylar va ularning gumashtalari munofiqliklarini fosh etuvchi kichik-kichik asarlarni namoyish qildilar.

Umuman olganda, xalq og'zaki ijodi va tomosha san'ati targ'ibotchilari hisoblangan baxshilar va san'atkorlar o'zlarining ijodlari hamda tomoshalari bilan uchala xonlikda istiqomat qiluvchi, yagona diniy e'tiqodga. Turmush tarzi va ma'naviyat qadriyatlariga ega bo'lgan elatlarning boshini bir joyga qovushtirishga va milliy o'zligini anglatishga xizmat qildilar.


  1. asr va XIX asrning birinchi yarmida adabiy jarayon quyidagi uch yo'nalishda mavjud bo'lganligini ko'rish mumkin. Birinchi yo'nalish saroy adabiyoti doirasidagi, ikkinchi yo'nalish unga qarama-qarshi yo'nalishdagi va uchinchi yo'nalish – bu azaliy an'analarga sodiq qolgan va uning rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan ijodkorlarning faoliyati shaklidagi adabiy jarayondir.

Birinchi yo'nalishda ijod qilgan shoirlar asosan hukmdor va yirik mulk egalarining madhi bilan shug'ullanganlar. Ikkinchi yo'nalishda ijod qilgan shoirlar esa o'z asarlarida ko'proq xalqni talash evaziga boylik orttirayotgan, elga zulm o'tkazayotgan amaldor va boylarni tanqid ostiga olganlar. Xalqning ularga bo'lgan noroziliklari hamda g'azabini tasvirlaganlar. Masalan, bu davrda ijod etgan Muhammad Sharif Gulxaniy, Maxmur, G'oziy kabilarning asarlari xalqning nochor ahvoli, boy-badavlat kishilar, amaldorlar, riyokor nihoniylarning qilmishlarini tasvirlab beradi.

Uchinchi yo'nalish – azaliy an'analarni davom ettirgan ijodkorlar o'z asarlari orqali o'tgan asrlar davomida shakllanib va rivojlanib kelayotgan poetik ijodning hali noma'lum bo'lgan qirralariga qo'l urib, o'zlarining lirik g'azallari bilan inson ruhiy kechinmalarining sahifalarini ochib beradilar. Bu an'anaga sodiq qolgan shoirlar har uchala xonlik hududida o'ziga xos ijodiy-badiiy jarayonni vujudga keltira olganlar. Bu davrda Qo'qon xonligida Amiriy taxallusi bilan g'azallar bitgan Qo'qon xoni Umarxon, uning rafiqasi, Nodira taxallusi bilan ijod qilgan Mohlaroyim, shuningdek, o'z davrining mashhur shoirlari sanalgan Uvaysiy, Mahzuna, Maxmur, Mushtariy, Fazliy Namangoniy kabilar ijod etganlar. Buxoro amirligi hududida esa “Malik ush-shuaro” nomini olgan Mushfiqiy, Shahrisabzda ijod qilgan Xiromiy o'z davrining yirik iste'dod egalari bo'lganlar. Xiva xonligida Munis Xorazmiy va Ogahiylar mashhurlikda tengsiz shoirlar edi. Munis nafaqat o'zining lirik g'azallari bilan dovrug' taratgan, balki hokimiyat uchun kurashib, xalq boshiga og'ir kunlarni solayotgan, ko'plab kulfatlarning sababchilari bo'lgan hukmdorlar va boylarni tanqid ostiga olgan. Ogahiy she'riyati esa o'zining xalqchilligi, fikrlar nafisligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi.

Bundan tashqari, Ogahiy tarixchi olim sifatida ham mashhur bo'lgan. U XIX asrda Xiva xonligi va uning atrofidagi davlatlar tarixini yoritib beruvchi “Zubdat ut-tavorix”, “Riyoz ud-davla”, “Jomiy ul-voqeoti Sultoniy” nomli asarlar yozgan. Shuningdek, Ogahiy ko'plab tarixiy asarlar, masalan, Muhammad Mahdixonning “Nodirnoma”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Muhammad Mun-Yusuf Munshiyning “Tazkirai Muqimxoniy”, Nizomiddin Ahmad Xiraviyning “Tabaqoti Akbarshohiy”, Rizoqulixon Hidoyatning “Ravzat us-safoi Nosiriy” kabi asarlarini, Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”, Sa'diy Sheroziyning “Guliston”, Xusrav Dehlaviyning “Hasht bihisht”, Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho”, “Solomon va Ibsol”, “Bahoriston”, Badriddin Hiloliyning “Shohu gado”, Vosifiyning “Badoye' ul-vaqoye'” asarlarini hamda falsafiy-axloqiy mavzudagi Kaykovusning “Qobusnoma”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” asarlarini o'zbek tiliga tarjima qildi.

Xulosa qilib aytganda, uchta xonlikning vujudga kelishi, eng avvalo, hududiy va milliy parchalanishning yaqqol namunasi bo'lgan. O'z navbatida, milliy parchalanish milliy yakdillikni yemirib, mahalliychilikning avj olishiga zamin hozirlab berdi. Milliy parchalanish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab milliy va ma'naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulni kuchaytirdi, davlatlarning iqtisodiy va harbiy qudratini yemirib tashladi. Milliy parokandalik Markaziy Osiyo xalqiarini Rossiya imperiyasiga iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy qaramlikka olib keldi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə