Respublikasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə51/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
fayl 1854 20210917

Yoshlar tashkiloti. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat yoshlarini birlashtirish uchun “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti tuzildi. Tashkilot yoshlarni o‘z plenumi va konferensiyalari qarorlarini bajarishga safarbar qilishga urinishi, qarorlarda yoshlarning manfaatlari va ehtiyojlari to‘la aks

etmaganligi natijasida 1996-yilda “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi tuzildi. “Kamolot” jamg‘armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko‘magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo “Kamolot” yoshlar jamg‘armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi, deb topildi.

2001 yil Toshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkilot - O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, jamiyatda munosib o‘rnini egallashga ko‘maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o‘z aql-zakovati, kuch-g‘ayratini to‘la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi bo‘lishdan iboratdir. Harakatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar bo‘limlari, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, huquq-tartibot organlarida boshlang‘ich tashkilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari - yoshlarni o‘z saflarida ixtiyoriy ravishda birlashtirgan holda faoliyat ko‘rsatdi.

2017-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati (YoIH) qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Bu qurultoyda “Kamolot” YoIH tashkiloti tugatilganligi va “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” tashkil etilganligi e’lon qilindi. Yoshlarning muammolari hamda tashabbuslari O‘zbekiston Prezidentining to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’tiborida bo‘lishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” raisi bir paytning o‘zida Prezidentning Davlat maslahatchisi lavozimida bo‘lishi ham belgilab qo‘yildi.

Yoshlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi. Millat kelajagi ham ma’nan, ham jismonan baquvvat, sog‘lom yoshlar qo‘lida. O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

1996-yil «Kamolot» yoshlar jamg‘armasi tuzildi. 2001-yil bu jamg‘arma

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirildi. 2017-yil mazkur harakat

faoliyati tugatilib, «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi» tashkil etildi. 30-iyun sanasi

«Yoshlar kuni» sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu qaror ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni, jumladan, qizlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Mustaqillik yillarida yosh iqtidorli qizlarning adabiyot, madaniyat, san’at, fan va ta’lim yo‘nalishlarida o‘z iste’dodini, salohiyat va qobiliyatlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratib bergan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yilda qabul qilgan “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni jamiyat hayotida yetuk mutaxassislar, yetakchi va iqtidorli qizlarning shakllanishiga zamin yaratdi. 80 nafarga yaqin xotin-qizlarning mumtoz qo‘shiqchilik, akademik ijro, estrada, opera, balet, cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy ijrochilik, raqs yo‘nalishlarida “Nihol” mukofoti bilan taqdirlangani tom ma’noda ularga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir. 2017 yilga kelib 14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan qizlardan iborat «Zulfiya» mukofoti sovrindorilarning soni 200 dan oshdi.

Harbiy xizmatning yoshlar uchun mustahkam hayotiy prinsiplar, harbiy xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag‘batlantirishning ahamiyatini, ularning o‘qishni davom ettirishi va mamlakat oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi uchun imtiyoz va sharoitlar yaratishni e’tiborga olib, 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon

qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar uchun respublika oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda test sinovlarida to‘planadigan eng ko‘p ballning 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz berish belgilandi.

Istiqlol yillarida yoshlarning har tomonlama yetuk, barkamol voyaga yetishi uchun mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Xususan, 23 ta qonun va

100 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, yillarga nom berishda ham yoshlarning manfaatlari alohida e’tiborga olindi. Xususan, 2000-yil - “Sog‘lom avlod yili”, 2001-yil - “Onalar va bolalar yili”, 2008-yil - “Yoshlar yili”, 2010-yil - “Barkamol avlod yili”, 2014-yil - “Sog‘lom bola yili”, 2016-yil - “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili”, deb e’lon qilinib, yaxlit chora-tadbirlar dasturlari amalga oshirilgani fikrimiz tasdig‘idir.

Yoshlarga e’tiborning kuchayishi. 2016-yilda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 30 yoshgacha bo‘lgan barcha toifadagi shaxslar yoshlar ekanligi qayd etilgan. “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar mas’uliyatini kuchaytirishga, ushbu sohada sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi.

Prezidentimizning 2017-yil iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab- quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq mamlakatimizdagi barcha harbiy akademik litseylarga “Temurbeklar maktabi” nomi berildi. Yoshlarni yanada rag‘batlantirish maqsadida “Mard o‘g‘lon” mukofoti ta’sis etildi. Shu yil sentabrda o‘quvchilarning aniq fanlarning yuksak marralarini zabt etishiga ko‘maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot- kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab (Al-Xorazmiy maktabi) tashkil etildi. Ushbu maktabga o‘quvchilar 5-sinfdan boshlab yozma va og‘zaki sinov natijalariga ko‘ra tanlov asosida qabul qilinadi.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə