Respublikasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə52/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
fayl 1854 20210917

Musiqa va raqs san’ati. Mustaqillik yillarida musiqa san’atida tub burilish asliga qaytish an’anaviy ohanglardan bahramandlik va ta’sirlanishda namoyon bo‘ldi. Buning uchun, eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el orasida yurish, eng noyob xalq iste’dodlarini izlab topish zarur edi. Shu maqsadda 1992-yili bir qancha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent shahrida mart oyida milliy soz ijrochilarining “Asrlarga tengdosh navolar”, aprel oyida mashhur san’atkorlar asarlari ijrochilarining “Boqiy ovozlar”, Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, iyun oyida Qo‘qon shahrida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning va avgust oyida Toshkent shahrida lapar, yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi. Ular bir necha o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, festivallar o‘tkazilishi an’anaga aylanib, xalqaro miqyosda nomoddiy madaniy merosni asrash yuzasidan olib borilayotgan harakatlar bilan uyg‘unlashib ketdi. Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga ham e’tibor qaratildi. 1996-yil “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi. 2001-yil “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi ish boshladi.

Istiqlol davrida tamomila yangi ko‘rik-tanlovlar, festivallar yuzaga keldi. 1995 yilda Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston - Vatanim manim” mavzuida ko‘rik- tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qildi. 1996-yil mart oyidan o‘tkazilib kelinayotgan “O‘zbekiston - Vatanim manim” mavzuidagi ko‘rik-tanlovi mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Shuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul qilindi. Unda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, “O‘zbekiston - Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Tanlov mustaqillikni madh etuvchi yuzlab qo‘shiqlar yaratilishiga turtki bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil- dagi qarori bilan har ikki yilda bir 1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali o‘tkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlaridan ijrochilar ishtirok etishdi.Mustaqillik yillari musiqa san’atini akademik, an’anaviy va zamonaviy yo‘nalishlarida rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish qatorida uning ta’limiga ham e’tibor berildi. 2002-yilda Toshkent davlat konservatoriyasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirildi. Konservatoriyaning yangi binosi qurildi.

Prezidentning qarori bilan qabul qilingan Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning fao¬liyatini yanada yaxshilash bo‘yicha davlat dasturi ham muhim o‘rin tutib, uning doirasida 2009-2014-yillarda hududlarda 278 ta musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi. “Nihol”, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotlari ta’sis etilishi, “Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivali, “Sozlar navosi” yosh musiqa ijrochilari va boshqa ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib keli- nayotgani yangi iste’dodlarni ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga xizmat qiladi.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə